1. O‘rta Osiyoda dastlabki tangalarning paydo bo‘lishi. Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari. Qadimgi So‘g‘d tangalari


Download 24.2 Kb.
bet4/6
Sana19.09.2023
Hajmi24.2 Kb.
#1681454
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
seminar Mavzu-2

Qadimgi Xorazm tangalari. Xorazm vohasi qadimiy dehqonchilik madaniyati o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Xorazm (qadimgi fors manbalarida – Xuvarazmish, «Avesto»da – Xvairazm, arab manbalarda – Xvarizm nomlari bilan atalgan) qadimiy tarixga ega bo‘lib, «quyoshli yer», «serhosil yer» ma'nolarini anglatadi. Qadimiy Xorazm madaniyati mil. avv. VII–VI asrlarda mahalliy tub joy aholi sak-massagetlarning janubiy dehqonchilik tamadduni asosida shakllangan. Mil. avv. VI asr mobaynida Xorazm o‘lkasi ahamoniylar va yunon-makedonlar ta'siriga tushib qolgan.
Mil. avv. II asrda Xorazmda ham tangalar zarb qilina boshlangan. Xorazmning birinchi tangalari – Yevkratid tangalariga taqlid qilingan kumush tangalar hisoblanadi. Ularda yozuvlarning biroz buzilganligi, orqa tomonida o‘ziga xos belgi – tamg‘a tasvirlanganligi farqli jihat hisoblanadi. Keyinchalik old tomonidagi Yevkratidning tasviri mahalliy hukmdorning surati bilan almashtirilgan, xiralashgan yunon bitigi bilan bir qatorda podshoning ismi va unvoni haqida ma'lumot beruvchi xorazmiy tilidagi yozuvlar, tanganing tersida esa suvoriy tasviri paydo bo‘lgan.
Ayrim tadqiqotchilar Beruniy ma'lumotlariga asoslanib, tangada tasvirlangan siymo xorazmshohlar sulolasining asoschisi suvoriy tangri Siyovush desa, boshqalar bu tasvirda podsho-tangri berilgan deydilar.
Keyinchalik butun kumush tangalarda mavjud bo‘lgan chavandoz-hukmdorning tasviri va tamg‘alar yetti asr mobaynida, ya'ni Xorazm tangasi zarb qilinish tugagunga qadar zarb qilingan. Faqat tasvirning shakli o‘zgarib turgan xolos.
O‘rta Osiyo tangashunosligida uchragan bu ajoyib voqea bir suloladan kelib chiqqan xorazmshoxlarning izdoshligi, qadimiy an'analarga sodiqligidan dalolat beradi.
Xorazm podsholari Bravik va Savushfanlarning kumush tangalari bundan oldinroq zarb etilgan tangalardan shakl jihati, qalinligi, shoh tasviri va yozuvlarning mazmuni, birmuncha zamonaviy zarb qilinish usuli bilan ajralib turadi. Savushfan tangalarining o‘ng tomoni chetga qarab turgan, peshonasida yarim oy, o‘ziga yarashiqli toj kiygan, soqoli olingan shohning o‘ta ta'sirchan tasviri berilgan. Shohning bo‘ynida ikki qator marjon, boshi uzra tillaqosh tasmalari hilpirab turgan holda tasvirlangan.
Tangada «Siyovushdek dongdor» ma'nosini bildiruvchi so‘g‘d yozuvi bor. Tanganing ters tomonida Xorazm suvoriylarining an'anaviy tasviri hamda «Siyovush podsho hazratlari» degan xorazm tanga zarb qilish uslubiga xos yozuv bor. Xorzamshohlar tomonidan chiqarilgan so‘nggi tangalarda arab yozuvlari paydo bo‘lib, bu o‘z o‘rnida Xorazmda arab xalifalarining ta'siri kuchayganligi, so‘nggi xorazmshohlardan biri islom diniga kirganligidan darak beradi.
Bu kabi shoh va suvoriy tasvirli an'anaviy xorazm tangalarini zarb etish milodiy VIII asrgacha davom etgan.
Shunisi yana qiziqki, ushbu davrda Xorazmda yapaloq holatga keltirilgan misdan obinon shaklidagi yassi tangalar ham zarb qilingan.

Download 24.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling