Paint muxarriri haqida ma`lumot


Download 115.5 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi115.5 Kb.
#197539
  1   2   3   4
Bog'liq
GRAFIK MUHARRIR


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI
Fransuz bo’limi 112-guruh



Mavzu: Grafik muharrirlar


Bajardi: G’oyipova N.
Tekshirdi: Rashidova S

Buxoro 2008

Reja:
1. Paint grafik muxarriri haqida ma`lumot.

2. Paint bosh menyusining bo`limlari.

3. Grafik tasvirlar hosil qilish.
PAINT GRAFIK MUXARRIRI HAQIDA MA`LUMOT
Paint muxarrir grafigi dasturli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan. U quyidagi buyruqlar ketma-ketligini bajrish bilan ishga tushiriladi.
Pusk Programma Standartnie Paint
Ayrim xollarda Paint yorlig`i WINDOWS ish stoliga ko`chirilgan bo`ladi. Bunday xolda Paint yorlig`i ustida sichqoncha tugmasini bosish orqali dasturni tezda ishga tushirish mumkin. Shundan so`ng ekranda Paint dasturining ishchi oynasi (darchasi) ochiladi. U bir necha soxalardan iborat.
Oynaning asosiy qismini ish o`rni egallaydi. Uning chap yonida uskunalar paneli joylashgan. (2 - rasm)Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar tugmalari (ramziy belgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tugmalari tanlanganda panelning pastida ushbu uskunaning xossalarini qo`shimcha sozlash uchun darcha paydo bo`ladi.


2 - rasm 3 - rasm

Ish soxasining pastida ranglar paletrasi joylashgan. U rasm chizishda ishlatiladigan ranglar to`plamini o`z ichiga olgan. (3 - rasm)



Ranglar paletrasi ranglari o`zgarib turuvchi kvadratchalardan iborat. Rangni o`zgartirish uchun sichqoncha belgisini tanlangan rang ustiga olib kelib, tugmasini bosish kerak. Agar chap tugmacha bosilsa asosiy rang (yuqori kvadratcha rangi), o`ng tugmacha bosilsa fon rangi (quyi kvadratcha rangi) o`zgaradi. (3- rasm)

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling