Paketi bo‘lishini kuzda tutadi. Hozirda asbob-uskunalari va xodimlari turli bino-larda joylashishi mumkin bo‘lgan elektron ofislar keng joriy etilmoqda


Download 92.37 Kb.
bet4/8
Sana01.01.2023
Hajmi92.37 Kb.
#1074365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MB dan MI

Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHMda ishlab chikilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi (texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgai tizimi dispetcher boshqaruvi tizimi) EHM qabul kilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.

  • Ekspert tizimlari – ET (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita – bilim-lar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma’lu-motlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va ob’ektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, ob’ektlarning ayrim sifat tavsifini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar, streotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan ob’ektlar uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar, kenja maqsadlar, ularga yetishish uslublari va vositalari tuttsheidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.

    Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassis-lar tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.

    Tadqiqotlar amaliyotida ekspert tizimlaridan foydalanish bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, vazifalarni hal etish va murakkab savol-larga javob olish uchun ko‘p mehnat talab qiladigan dasturlashga hojat yo‘q. Agar ekspert tizimi javoblarni sintez qilish uchun yetarli bilimlarga ega bo‘lsa, unda javob beriladi. Bu holat ekspert tizimlarini tayyorgarligi bo‘lmagan, dasturlash sohasidagi noprofessionallarga mos xolga keltiradi. Bundan tashqari, ekspert tizimlarining «intellektualligi» ular bilan ishlash ko‘nikmalarini uzlashtirishni yengillashtiradi. Ikkinchidan, ekspert tizimi odatda har bir odamga u yoki bu natijaga qanday yetib kelganligini tu-shuntirib berishga qobil. Uchindan, bilimlar bazasi bir guruh mutaxassislar bilimlari yig‘indisi asosiga qurilgan ekspert tizimi har bir alohida mutaxassisdan ko‘ra, katta intelluktual qobiliyatlarni o‘ziga jo qiladi. To‘rtinchidan, ekspert tizimi o‘tishga – bilimlar bazasini yangi bilimlar bilan to‘ldi-rishga qobil. Kelajakda ekspert tizimlari o‘z-o‘zini o‘qitishga qobil bo‘ladi va bu hol ularning imkoniyatlarini yanada oshiradi.


    ITAT hozirgi paytda ham ixtisoslashgan mikro­kompyuter tizimlari, ham keng maqsadlarga mo‘ljallangan amaliy paketlar shaklida chiqarilmoqda. Bu oldinda turgan maqsadlar, shuningdek, iqtisodiy tasavvurlar bilan belgilanmoqda.
    ITATni yaratishda ikki yo‘nalish kuzatiladi. Ulardan biri tor doiradagi vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan tizimlarni (ishchi stansiyalarni) ishlab chiqish bilan bog‘liq.. Juda ommaviyligi bilan farqlanuvchi ikkinchi yo‘nalish keng vazifali universal paketlarni ishlab chiqishga aloqador. Bunda ikki yo‘nalish oralig‘ida muayyan qonuniyat mavjud. Shaxsiy kompyuter takomillasha borgani sari ko‘pgina ixtisoslashgan funksiyalar ommaviy xususiyat kasb etadi.
    Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
    Ekspert tizimi – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.
    Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.
    Sun’iy intellekt deganda aqliy hatti – harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi.
    Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi si­fatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qatiy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashhis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.
    Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:

    • yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib bo‘lmay-digan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;

    • dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuv-chilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;

    • yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;

    • foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang – barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;

    • takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foy­dalanuvchi muta-xassisning shaxsiy tajribasidan foy­dalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan eks­pert tizimlarini yaratish imkoniyati;

    • ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakl-lantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi.


    Download 92.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling