Paketi bo‘lishini kuzda tutadi. Hozirda asbob-uskunalari va xodimlari turli bino-larda joylashishi mumkin bo‘lgan elektron ofislar keng joriy etilmoqda


Download 92.37 Kb.
bet7/8
Sana01.01.2023
Hajmi92.37 Kb.
#1074365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MB dan MI

Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:

  • tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;

  • ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mav­judligi;

  • ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshashligining bo‘lishi;

  • muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;

  • masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;

  • predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash.

Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan talab-larni bajarish ekspert tizimini qo‘llashning zarur hamda yetarli sharti sanaladi.
Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan muhim bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: konsepsiyalash, rea­lizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modernizatsiyalash.
Konsepsiyalash bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni yechishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va protseduralar zarurligini hal etadi. Bosqich-dagi asosiy vazifa masalani yechish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat. Konsepsiyalash muammoni to‘liq tahlil etyshni talab etadi.
Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ish-lanma jarayonidagi ishtirokchilar tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib chiqiladi, talab etiladigan «vaqt-mashina» resurslari baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.
Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o‘ziga xos rasmiy tiliga utkaziladi. Bu yerda ko‘rib chiqilayotgan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.
Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi.
Ekspert tizimi faoliyatining to‘g‘riligini test­dan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin.

Download 92.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling