Paleografiya va epigrafika fanining predmeti,maqsad va vazifalari
Download 83.5 Kb.
|
EPIGRAFIKA ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yozuvlar haqida umumiy ma`lumot.
EPIGRAFIKA ASOSLARI Reja: Kirish 1. Yozuvlar haqida umumiy ma`lumot. 2. Epigrafika faniga kirish, fanning predmeti 3. Epigrafika fani maqsad va vazifalari 4. Epigrafikaning fan sifatida yuzaga kelishi va uning tadqiqotlar usullari 5. Turkiy epigrafika Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Epigrafika (yun.—bitik) - qattiq jismlar -tosh, metall, sopol va boshqalardagi, asosan, qadimiy va oʻrta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni toʻplash, nashr etish va sharhlash bilan shugʻullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda epigrafik yodgorliklar deb qadimiy bitiklar aytiladi. Uygʻonish davrnda, antik va sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab Epigrafika faqat Italiya, Gretsiya, Shimoliy Afrika va Falastinda topilgan qadimiy yozuvlarni oʻrgangan qadimiy turkiy tillarga oid yozma yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi. 1. Yozuvlar haqida umumiy ma`lumot. Yozuv 5-6 ming yil avval Misr,Mesopotamiya,Xett,Hindiston va Xitoyda kashf etilgan. Shumerda (Mesopotamiya) mil.avv. IV – ming yillikda mixsimon ieroglif Yozuvi kashf qilingan. Shumer Yozuvlari suratli Yozuvlar bo`lib aytmoqchi bo`lgan fikr surat shaklida aks ettirilgan.Lekin suratli so`zlar bilan ko`p narsani ifoda etib bo`lmagan va bu soddalashtirilib ponasimon mixxat Yozuvi kashf etilgan.Mixxat belgili Yozuvlar 600 dan ortiq bo`lgan.Bu Yozuv 3 ming yillikda Shumerda ixtiro qilingan. Mesopotamiyaning Ur,Bobil,Ashur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud bo`lgan. Mixxat Yozuvi Old Osiyoga keyinchalik Evropa davlatlariga keng tarqalgan. Misrda bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat – rasmli ieroglif kashf etilgan. Misr Yozuvida narsa va xodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo`lib zamonlar o`tishi bilan bu belgilar Alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik (m.a.2800-2250 y.y.) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo`lgan.1822 – yil Jak Fransua Shampalon Rozetta shahri yaqinida toshga o`yilgan bir xil mazmundagi Misr va Yunon Yozuvlarini o`qishga muvaffaq bo`lgan (Rozetta tosh hozirgi kunda Londondagi “Britaniya” muzeyida saqlanadi). Misrliklar Yozuvi o`ngdan chapga qarab yozilgan,Shumerliklar Yozuvi esa chapdan o`ngga qarab yozilgan. Hind Yozuvi – mil.avv. 3 – 2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi – rasmdan iborat Yozuv bo`lgan. Xind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib,olimlarning fikricha bu Yozuvlar Shumer va Misr Yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlangan. Xindlar birinchi bo`lib er.avv.3-2 ming yillikda xisob soniga «0» raqamini kiritgan. Hind Yozuvi taxminan 400 yoki 250 – 300 belgi – rasmdan iborat bo`lgan Shumer va Xett Yozuviga o`xshatiladi. Mil.avv. V – asrdan boshlab braxmi , kxaroshtxi , aramey , gupta Yozuvidan foydalanganlar. Xitoy Yozuvi – bundan 3,5 – 4 ming yil avval kashf etilgan , Xitoy ieroglifi dastlab Shan In davrida mil.avv. 2 – ming yillikda kashf etilgan , shunda Yozuvlarning turi 2 mingga yaqin bo`lgan. Xan davrida ierogliflar soni 18 mingtaga etgan. Hozirgacha qisman o`zgarishsiz saqlangan. Dastlab Xitoyliklar suyak , yog`och , cho`p , teri va bambuk daraxtidan tayyorlangan taxtachalarga yozishgan , V – asrdan boshlab ipak shoyi parchasiga yozganlar. Krit – Mikenda mil.avv. 3 – 2 ming yilliklarda – chiziqli Yozuv mavjud bo`lgan, “A” va “B” chiziqli xatga ega bo`lgan. Bu Yozuvni 1953 yilda ingliz olimlari Ventris va Chadvik “B” chiziqli Krit Yozuvlarini o`qishga muvaffaq bo`lgan. Etrusk,Osk,Lotin Yozuvlari mil.avv. VIII – VII asrlarda yaratilgan. “Avesto” (qat`iy qonunlar ma`nosida) miloddan avvalgi IV –asrda to`planib , 21 ta kitob qilinadi , matnlarga yozilgan tafsirlar “Zand” deb ataladi , Xorazm zaminida kitob xolatiga keltirilgan. “Avesto” ning ayrim qismlarini Frantsuz olimi A.Dyuperron tarjima qilishga muvaffaq bo`lgan. “Avesto”ga ko`ra Markaziy Osiyodagi ijtimoiy tuzum : Mil.avv. I – ming yillik boshlarida aholi 4 guruxga bo`lingan : 1.Koxin (ruxoniylar); 2.Jangchilar; 3.Dehqonlar; 4.Xunarmandlar; “Avesto”ga ko`ra ma`muriy tuzilish : Nmana – Katta patriarxal oila (mahalla); Vis – urug` jamoasi (qishloq); Varzana – hududiy qo`shnichilik jamoasi (tuman); Zantu – qabila (viloyat); Dahyu – qabilalar ittifoqi (davlat); Finikiyada mil.avv.IX asr oxiri VIII asr (X asr) boshlarida 25 ta belgidan iborat Yozuv kashf etildi. Yozuv islox qilinib 22 ta belgiga tushirildi. Bu Finikiya Yozuvi deb ataldi. Er.avv.2 ming yillik oxirlarida Suriyada 29 belgidan iborat, Finikiyada esa 22 xarfdan iborat alifbo kashf etlgan, dunyo alifbolari asosan Finikiya alifbosidan kelib chiqqan. Finikiya alifbosi asosida Oromiy Yozuvi Eron Ahamoniylari Yozuvi va Parfiya Yozuvi G`arbiy Osiyoda kelib chiqqan. Oromiy Yozuvi asosida mil.avv. III-II asrlarda So`g`d Yozuvi shakllandi,bu Yozuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qal`ai Mug`dan (1932 yil topilgan,74 ta so`g`dcha,2 ta Xitoycha,2 ta Arabcha,1 ta Turkcha),SHarqiy Turkistonning Turfon shahri yaqinidan,Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligidan topilgan. Oromiy Yozuvi asosida yana Xorazm Yozuvi kelib chiqqan.Bu Yozuvning mil.avv. V-IV asrlarga oidlari Oybuyrqal`adan topilgan. Mil.avv. IV-III asrlarga oidlari Qo`yqirilganqal`adan topilgan. So`g`d Yozuvi va Xorazm Yozuvlari asosida 25 harfdan iborat Toxariston Yozuvi shakllangan,bu Yozuv ko`ndalangiga chapdan o`ngga qarab bitilgan. So`g`d Yozuvi asosida Turk Yozuvi shakllangan,bu Yozuv fanda ko`k turk yoki Runik bitiglari deyiladi, XVII asrdan o`rganila boshlangan.Sibir,Mo`g`iliston (Tunyuquq,Kultegin, Bilga Xoqon,Ongin bitiglari),Oltoy,O`rta Osiyo (Farg`ona, Ettisuv,Zarafshon vodiysi) dan topilgan. 38-40 harfdan iborat bo`lgan. Oromiy Yozuvi asosida yana Kushon (bu Yozuv burchakli, to`trburchakli va aylana shaklda bo`lgan) – Baqtriya Yozuvi shakllangan,bu Yozuv qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan. Oromiy Yozuvi asosida yana Baqtriya Yozuvi , Baqtriya Yozuvidan esa Eftaliylar Yozuvi (25 harfli) shakllangan. So`g`d Yozuvi va Xorazm Yozuvlari asosida yana bir Yozuv Uyg`ur Yozuvi kelib chiqqan,Uyg`ur Yozuvidan Manjur hamda Mo`g`ul Yozuvlari shakllangan. Hozirgi kunda er yuzida 5 ta Yozuv asosida tuzilgan Yozuv sistemalari tarqalgan : 1.Lotin Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 30 % ga yaqini foydalanadi. 2. Fonetik Arab Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining –10 % ga yaqini foydalanadi. 3.Slovyan – Krill Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 10 % ga yaqini foydalanadi. 4.Grafik – Xitoy Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 25 % ga yaqini foydalanadi. 5.Bo`g`inli – Hind Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 20 % ga yaqini foydalanadi. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling