Paleografiya va epigrafika fanining predmeti,maqsad va vazifalari
Epigrafikaning fan sifatida yuzaga kelishi
Download 83.5 Kb.
|
EPIGRAFIKA ASOSLARI
4. Epigrafikaning fan sifatida yuzaga kelishi
va uning tadqiqotlar usullari Epigrafika fani bilan mashg'ul bo'luvchi olim qadimgi zamondagi tanggalar va muhrlar nusxasini o'qish va atroflicha o'rganib keldi. Bu fan amalda bo'ladigan kundalik ishlarimizda duch keladigan ayirim maxsus fanlar yordamida o'rganib boradi. Epigrafika boshqa manbalarni o'rganuvchi fanlar; Numizmatika, Sfragietikalar bilan birgalikda faoliyat olib boradi. Epigrafika yodgorliklar fanga yangi ismlar, voqealar bilan tarixshunoslik fanini to'ldirib boradi. U yana manbashunoslik, tarixshunoslik fanlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Epigrafika yodgorliklar ichida eng ko'p uchraydigan numizmatika fani predmeti tangalar; oltin, kumush va misdan yasalgan bu tangalar tarixiy voqealar haqida so'zlab beradi. Epigrafika yodgorliklar ichida eng muhimi-bu qadimgi davlatlar xukumronlari qo'llagan muhrlar va ulardan olingan nushalarni o'rganish ko'pincha yangi axborotlarni bizga etkazib kelgan. Bu yodgoliklarning hammasi zamon sinovidan o'tib bizgacha etibkelishini o'zi bir mo'jiza bo'ldi. Tangalar va muxrlar Real-bo'lib o'tgan tarixiy voqealarni tasdiqlab beradilar. Epigrafika yodgorliklar tarkibiga qarab quyidagi guruxlarga bo'linadi: 1. Tarixiy-geografik yodgorliklar. 2. Etnografik yodgorliklar. 3. Me'moriy yodgorliklar. Epigraf mutaxasis o'zi yashab turgan joydagi yodgorliklarni o'rganib chiqishi kerak bo'ladi. U har qanday yozuvi bor yodgorlikdan nusxa olishi, uni o'rganishi va kitobiga yozib borishi kerak bo'ladi. Birinchi turdagi yodgorliklarni alohida ajratib olib uni o'qishi kerak bo'ladi. Bunday vaziyatda olim-tadqiqotchi matnni o'qiy olmasa uni mutaxasisga o'qib tarjima qlib berish uchun beradi. Etnografik / yozuvlari bor buyumlar/ bromlar ham aloxida tarixiy ma'lumotlar beradi. Ular yozuvi bor idish-tovoqlar, belbog'-chorsular, falak va choyshablar, qiyiqlar, mehrob panolari, darpardalardan iborat bo'lishi mumkin. Me'moriy yodgorliklar esa bino peshtog'iga, shiftlarga toqilarga, tovodan derezalariga yozilgan lavxlar. Qabrtoshlar, qayroqlar, sandiqsimon qabrtoshlar, peshtoqdagi turli xildagi xat uslubi bilan bitilgan Arab xatlari, devorlardagi, mehrobdagi Islomiy naqshlardagi gullik kufiy xatlar ham epigrafik yodgorliklardir. Epigrafik yodgorliklarlarni to'plash va ularni sharhlash ishlarini mahsus ta'lim olgan tarixshunos mutaxasislar bajaradilar. Bunday yodgorliklarni eng avvalo turlarga ajratiladi.Keyin ularni ilmiy-sharxlanadi va uning ilmiy qiymati belgilanadi. Bu yodgorliklar fanining turli sohalariga oid yozuvlar, texnologik usullari ham noyob hisoblanib epigrafika yodgorligini yig'ib to'plab boriladi. Har bir soha epigrafik yodgorliklarlari suratga olinib, tarjima qilinadi va nashr qilishga tayyorlanadi. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling