Палеолит даври


Farg‘ona (CHust va Eylaton madaniyat)


Download 496.99 Kb.
bet21/39
Sana19.06.2023
Hajmi496.99 Kb.
#1612881
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Arxeologiya asoslari lotincha (1)

Farg‘ona (CHust va Eylaton madaniyat) Farg‘ona (CHust va Eylaton madaniyat) vodiysining I ming yilliklarda oid moddiy topilmalar 30-yillardan ma’lum. XX asrning ikkinchi yarmida ko‘plab yodgorliklarda arxeologik qazish ishlari olib borildiki, vohaning ushbu davrdagi moddiy madaniyati xo‘jaligi va dehqonchilik madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Farg‘ona vodiysidagi I ming yilliklarga oid madaniyatining CHust va Eylaton bosqichlari ajralib turadi. CHust davridagi manzilgohlar alohida vohalarda rivojlanadi. Hozirgi paytda quyidagi vohalar aniqlangan: O‘zgan, Qorasuv, Tava-Koson, Qoradaryo-Xo‘jabod. Ularning ko‘pchiligi markaziy manzigoxga ega bo‘lganlar. Ularda quyidagi shakldagi manzilgohlar o‘rin olgan. Yirik manzilgoxlar (Ashkol, Dalvarzin) O‘rtacha manzilgoxlar (CHust, Dehqon, Kichik manzigohlar) bu erdagi manzilgohlarning asosiy ko‘pchilligi.
Birinchi turdagi manzilgohlar sitadel, uy-joy va xo‘jalik imoratlar va ochiq maydon joylashgan shahar hamda shahar atrofi qismlaridan iborat. Ularning har biri mudofaa tizimiga ega. Bu turdagi manzilgoh sirasiga kiruvchi Dalvorzin yaxshi o‘rganilgan. Ko‘rinishidan u butun voxaning markazi hisoblangan.
Ikkinchi turdagi manzilgoxlar ikki qismdan iborat bo‘lib, bunday yodgorliklar sirasiga CHust yodgorligini kiritish mumkin. Manzilgohning shimoliy g‘arbiy qismi (1,5ga) mudofaa qilingan. Qolgan asosiy qismi esa mudofaa tizimiga ega emas. Kichik manzilgohlar bir-necha xonadan iborat uy-joy imoratlaridan tashkil topgan. Ular dehqon jamoasining katta patriarxal oilasi yashaydigan manzil bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.
CHustliklar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Dehqonchilikda arpa, bug‘doy va boshqa dukkakli o‘simliklar etishtirganlar. Bu erda sug‘orma dehqonechilik asoslanmagan. CHorvachilikda qoramol, qo‘y, echki boqqanlar. Daryo va ko‘l bo‘ylarida yashagan xalqlar baliqchilik bilan ham shug‘ullanganlar. CHustliklarda bronzaga ishlov berish, ulardan mehnat qurol-yarog‘lar tayyorlash yaxshi rivojlangan. Dalvarzintepa yodgorligidan mil. av. IX asrga oid temir buyum namunasi topib o‘rganilgan bo‘lsada, farg‘onaliklarda temir metallurgiyasi paydo bo‘lgan, degan xulosa yasab bo‘lmaydi. Toshdan mehnat qurollari yasash o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. CHustliklarning sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Ularda bu davrga oid kulolchilik charxi yasalgan sopol buyumlar uchramaydi. Sopol buyumlarining tagi dumaloq shaklda bo‘lib, ularning aksariyatining atrofiga turli naqshlar solingan. Naqshlarning asosiy qismi geometrik (romb, uchburchak) shakllardan iborat.
CHust madaniyatining davomi sifatida Farg‘ona vodiysida Eylaton madaniyati (mil. av. VII-IV asrlar) rivojlanadi. Eylaton madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‘ona vodiysining deyarli barcha hududlarida aniqlangan. Ulardan Eylaton manzilgohida to‘liq bo‘lmasdan keng ko‘lamli qazish ishlari olib borilgan. Manzigoh uchburchak shaklda, mudofaa devorlari (eni 4 m) bilan o‘ralgan. Mudofaa devorlari bir necha burjlarning o‘rni aniqlangan. Manzigoh darvozasi burchaklarida ham burjlar mavjud. Manzilgohda uy-joy qoldiqlari ham aniqlangan. Qurilishda paxsa, xom g‘isht hamda guvaladan foydalanilganlar. Eylaton madaniyati sohiblari mashg‘ulotining asosini arpa, bug‘doy ekishga asoslangan sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Guruch ham shu davrdan ekila boshlaganligi shubhasizdir. CHorvachilik ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Kichik tuyoqli chorva mollari qoramollarga nisbatan ko‘proq boqilgan.
Eylaton sopol idishlari dastlab qo‘lda va keyinchalik kulolchilik charxida yasalgan. Bu davrda temirdan buyumlar yasashlar keng tarqala boshlaydi. Bronza ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. To‘qimachilik ham rivojlanadi.

Download 496.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling