Pandemiya va undan keyingi sharoitda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarida bakalavriat ta’lim yo'nalishlari talabalarining amaliyot o‘tashiga alohida e’tibor qaratilgan


Download 0.59 Mb.
bet2/6
Sana28.09.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1688896
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ergasheva

Texnika xavfsizlik qoidalari
RADIKS kompaniyasida texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalari:
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ro‘yxati
- Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi har bir korxonada ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlari hisobga olingan holda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining hamda ushbu omillar ta’sirini kamaytirish yoki ularni to‘liq bartaraf etish tadbirlarining ro‘yxati tuziladi.
- Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi har bir korxona GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish omillari, ularning tasnifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi hamda kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
- Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish xodimlariga OST 64-031-87 SSBT “Tayyor dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlari. Tabletka turidagi dori-darmon shakllarini ishlab chiqarish. Xavfsizlik talablari”ga, OST 64-7-472-83 SSBT “Tayyor dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlari. Ampuladagi inyeksion eritmalarni ishlab chiqarish. Xavfsizlik talablari”ga muvofiq, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining quyidagi guruhlari ta’sir etishi mumkin:
a) jismoniy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari guruhi:
- harakatlanuvchi mashinalar va mexanizmlar;
- yuruvchi buyumlar va materiallar;
- ish zonasining havosidagi miqdori yuqori bo‘lgan chang va gaz;
- uskunalar va materiallarning harorati yuqori bo‘lgan yuzasi;
- ish zonasining harorati yuqori bo‘lgan havosi;
- ish joyidagi darajasi yuqori bo‘lgan shovqin;
- yuqori darajali tebranma;
- namlik darajasi yuqori bo‘lgan havo;

- odam badani orqali ulanishi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektr zanjiridagi darajasi xavfli bo‘lgan kuchlanish;


- yorug‘lik lipillashi (pulsatsiyasi);
- yuqori darajali statik elektr;
- tabiiy yorug‘lik mavjud emasligi;
- yuqori darajali ultrabinafsha radiatsiyasi;
- yuqori atmosfera bosimi.
b) kimyoviy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari guruhi:
- nafas olish yo‘llari va teri qoplamasi orqali ta’sir etuvchi zararli suyuq, qattiq, bug‘simon moddalar va aerozollar;
-nafas olish yo‘llari, teri qoplamasi va ko‘zga ta’sir etuvchi o‘yuvchi suyuq, qattiq va bug‘simon moddalar.
v) psixofiziologik zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari guruhi:
-sezgi organlarining haddan tashqari kuchlanishi;
-mehnat monotonligi.
-Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
Mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘ta xavfli kasblar va ishlar
-Har bir korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim.
-Texnologiya, qo‘llanilayotgan uskunalarning o‘zgartirilishi, yangi ishlab chiqarishlar tashkil etilishi munosabati bilan xavfli ishlarning yangi turlari vujudga kelgan taqdirda kuzatuv hamda nazorat organlarining talabiga ko‘ra ro‘yxat qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
- ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari

(shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);


- ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
- shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik elektr, uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratidan himoya qilish vositalari;
- mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
- Farmatsevtika ishlab chiqarishi xodimlari “Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlari”ga muvofiq, yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
- Yakka himoya vositalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- maxsus kiyim-kechak;
- maxsus poyabzal;
- maxsus bosh kiyimi;
- nafas a’zolarining himoya vositalari;
- qo‘lni himoyalash vositalari;
- bosh uchun himoya vositalari;
- yuzni himoyalash vositalari; bu
- eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;
- ko‘zni himoya qilish vositalari.
- Tayyor dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishda yakka tartibdagi himoya vositalari zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining manbasi bo‘lmasligi hamda mahsulot ifloslanishini yuzaga keltirmasligi lozim.
- Korxona ma’muriyati xodimlarni belgilangan me’yorlarga muvofiq, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va ta’mirlash bo‘yicha zaruriy shartlariga rioya

qilinishini ta’minlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.


Ishlab chiqarish jarayonida sanitariya-gigiyena meʼyorlariga qatʼiy rioya qilish kerak.Korxonaga kirishdan oldin korxona mas'ul shaxsga telefonlar topshirilib korxona uchun maxsus oyoq kiyimlar kiyilib,dezinfeksiya qilinadi va korxona ichiga kiriladi.Ishlab chiqarish jarayonini boshlashdan oldin har kuni dush qabul qilish,haftasiga kamida 2 marotaba sochlarni yuvish kerak,
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotganda kosmetika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.Zargarlik buyumlarini taqish mumkin emas.Qoʻllar va tirnoqlar boʻyalgan holatda boʻlmasligi kerak. Shaxsiy buyumlar va isteʼmol qilish vositalari olib kirish mumkin emas.Shaxsiy dori-darmon saqlash mumkin emas,kasal holatda ishlash taqiqlanadi.
Korxona uchastkasida kirishdan oldin koʻcha kiyimlar almashtirilib, maxsus kiyimlar ya'ni maxsus Radiks belgisi tushirilgan koʻk koʻylak,koʻk shim oq naski,oq oyoq kiyim,va koʻk kalpachok kiyiladi.Qoʻllar sovunlab yuvilib,maxsus quritish vositasida quritilib,70% spirt yordamida dezinfeksiya va abravotka qilinadi.Maskalar taqiladi va maxsus oʻtish joyidan oʻtib,maxsus oyoq kiyimlar kiyilib,ishlab chiqarish sexi tomon yoʻl olinadi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling