Panja muskullari Qo‘l fatsiyalari va topografiyasi


Chuvalchangsimon muskullar


Download 183.5 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1516570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bilakning lateral guruh muskullari

Chuvalchangsimon muskullar (mm. lumbricales) m. flexor digitorum profundus paylarning bilak suyagi tomonidan boshlanib, II–V barmoqlarning dorzal aponevroziga yopishadi.
F u n k s i y a s i. II–V barmoqlarning I falangalarini bukadi, tirnoq falangalarini esa yozadi.
I n n e r v a t s i a s i: jimjiloq tomondagi ikkita muskulni –n. ulnaris (CVII–thI), bosh barmoq tomondagi ikkita muskulni –n. medianus (CV–thI) innervatsiya qiladi.
Q o n t o m i r l a r i: arcus palmaris profundus tarmoqlari.






rasm. Panja muskullari va sinovial qinlari (orqa yuzasi).
1–vagina tendinis m. extensoris carpi radialis; 2–vagina tendinum mm. abductoris longi et extensoris brevis pollicis; 3–vagina tendinis m. extensoris pollicis longi; 4–connexus intertendineus; 5–vagina tendinis m. extensoris digiti minimi; 6–vagina tendinum mm. extensoris digitorum et extensoris indicis; 7–vagina tendinis m. extensoris carpi ulnaris; 8–retinaculum extensorum.

QO‘L FATSIYALARI VA TOPOGRAFIYASI


Qo‘lning teri osti yuza fassiyasi yaxshi rivojlangan, teri ostida joylashib, qo‘l muskullarini qoplab turadi. Bundan tashqari, muskullarning xususiy fassiyalari har bir muskulni alohida o‘raydi. Jumladan deltasimon (fascia deltoidea) kurak, qirra usti va qirra osti muskullari va kurak osti muskullarining xususiy fassiyalari qin hosil qilib, ana shu muskullarni alohida o‘raydi.
Yelka fassiyasi (fascia brachii) yelka kamari, to‘sh osti (yuza) fassiyasi davomi bo‘lib, yelka suyagining oldingi va orqa tomonlarida joylashgan muskullarni qin hosil qilib o‘raydi. Yelkaning bukuvchi va yozuvchi muskullari orasiga fassiyadan ularni ajratib turuvchi lateral (septum intermusculare brachii laterale), medial (septum intermusculare brachii mediale) to‘siqlar chiqib suyakka yopishadi. Yelka fassiyasi tirsak bo‘g‘imiga o‘tib, bilak fassiyasi (fascia antebrachii) nomi bilan davom etadi. Fassiyaning tirsak bo‘g‘imi sohasidagi qalinlashgan qismi yelkaning ikki boshli muskul payi –aponeurosis m. bicipitis brachii ni hosil qiladi.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling