Panjara davri bu bitta yoriq va bitta shaffof bo'lmagan bo'shliqning kengligi yig'indisi


II-BOB. DIFRAKSION PANJARA YORDAMIDA YORUG‘LIKNING TO‘LQIN UZUNLIGINI ANIQLASH


Download 1.04 Mb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1560400
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DIFRAKSIONPANJARA

II-BOB. DIFRAKSION PANJARA YORDAMIDA YORUG‘LIKNING TO‘LQIN UZUNLIGINI ANIQLASH
Ma’lumki bir jinsli muhitda yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi, ya’ni yorug’lik to’lqin fronti formasida hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi.
2.1. Difraksiya turlari
Ma’lumki bir jinsli muhitda yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi, ya’ni yorug’lik to’lqin fronti formasida hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi.
Agar modda sindirish ko’rsatkichi keskin o’zgaruvchi to’siqlardan iborat bo’lsa, u holda to’lqin fronti formasi o’zgaradi. Bu to’lqinlar o’lchami qancha kichik bo’lsa forma shuncha keskin o’zgaradi va natijada yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonunidan chetlanish ruy beradi.
Bunday chetlanishlar to’plamiga yorug’likning difraksiya hodisasi deyiladi.
Difraksiya hodisasini yorug’likning noshaffof to’siq yaqinida tarqalganda kuzatish mumkin.
Faraz qilaylik, bizga noshaffof to’siq berilgan bo’lsin, agar biz to’siqning markazidagi o’lchami kichik bo’lgan dumaloq (D) tirqishga (S) nuqtaviy yorug’lik manbaidan nurlar tashlasak, orqadagi (E) ekranda yorug’likning yorug’ va qorong’u konsentrik halqalardan iborat difraksion manzarani kuzatish mumkin.

2.1.1-rasm. Difraksion manzarani kuzatilishi.


Tirqishning diametri qancha kichik bo’lsa, difraksion manzara shuncha yaqqol kuzatiladi.


Umuman difraksiya ikkiga bo’linadi. Frenel va Fraungofer difraksiyalari.
To’lqin fronti sferik bo’lgan yorug’likning dastasidan hosil bo’lgan difraksiyaga Frenel difraksiyasi deyiladi.
To’lqin fronti parallel bo’lgan nurlar difraksiyasiga Fraungofer difraksiyasi deyiladi. Yorug’likning difraksiya hodisasi Gyuygens- Frenel prinsipi asosida tushuntiriladi.
Bizga ma’lumki Gyuygens prinsipining moxiyati quyidagicha bo’ladi. To’lqin fronti etib borgan har bir nuqtani yangi to’lqin manbai deb hisoblash mumkin.
Bu prinsip asosida difraksiya hodisasini tushuntirish mumkin., lekin u turli yo’nalishda tarqaluvchi nurlar intensivligining taqsimotini tushuntirib bera olmaydi.
Shuning uchun ham Frenel bu kamchilikni tuzatib, ikkilamchi kogerent to’lqin interferensiyasi tushunchasini kiritib to’ldiradi. Bu prinsipga asosan ikkilamchi to’lqin amplituda va fazalarini hisobga olib, fazaning istalgan nuqtasida natijaviy to’lqin amplitudasini topish mumkin.
Frenel sferik to’lqin frontiga ega bo’lgan nurlar difraksiyasini kuzatib, ularni tushuntirishda to’lqin frontini maxsus zonalarga bo’ladi.
Bu zonalar bir manbadan chiqayotgan yorug’lik bo’lganligi uchun kogerent va zonalar bir-biridan ga farq qiladi.

2.2.2-rasm. Frenel difraksiyasi.

Faraz qilaylik manbadan chiqayotgan yorug’lik nuri diametri (D) ga teng bo’lgan tirqishdan o’tishda difraksiyalanib (E) ekranga tushayotgan bo’lsin.


Ekranning A nuqtasidagi difraksion maksimumlar va minimumlar hosil bo’lishini Frenel qo’yidagicha izohladi.
Manbadan tirqishgacha bo’lgan masofani ( ) tirqishdan ekrangacha masofani bo’lsin va bunday zonalar bir-biridan ga farq qilsin.
(2.1-1)
To’lqin frontining zonalarga bo’linishin markazi A nuqtada bo’lgan sferalar chizish yo’li bilan bajariladi.

(2.1-2)
Bunday zonalarga bo’lishning afzalligi shundaki, qo’shni zonalardan A nuqtalarga yetib keluvchi nurlar qarama-qarshi fazada yetib keladi va zonalar soni (m) juft bo’lsa, barcha zonalardan yetib keluvchi nurlar bir-birini kompensasiyalaydi va natijada A nuqtada qorong’ulik kuzatiladi.
Agarda zonalar soni (m) toq bo’lsa, u holda qo’shni zonalar bir-birini kompensasiyalaydi qolgan toq zonadan yetib kelgan nurlar esa A nuqtada yorug’likni hosil qiladi.
Demak A nuqtadagi difraksion maksimum yoki minimum zonalar sonining toq yoki juftligiga bog’liq ekan. Agar zonalar soni toq bo’lsa maksimumlik, juft bo’lsa minimumlik kuzatiladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling