Para-aminofenol guruh hosilalariga tibbiyotda kuchli analgetik


Download 19.34 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi19.34 Kb.
#1247606
Bog'liq
Para


Para-aminofenol guruh hosilalariga tibbiyotda kuchli analgetik
va isitma tushiruvchi modda sifatida keng qo'llanadigan parasetamol
va fenatsetin preparatlari kiradi. Ular kimyoviy tuzilishi jihatidan
anilin hosilalaridir. Sof anilinning o‘zi organizmga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Qonda kuchli metgemoglobin hosil qilish xususiyatiga ega
bo‘lishi bilan bir qatorda, uning organizmda harorat tushiruvchi ijobiy
xossasi ham mavjud. Anilinning ushbu xossasini e’tiborga olib,
keyinchalik uning asosida organizmga birmuncha kam toksik ta’sirga
ega atsetanilid (antifebrin) preparati olindi va u isitma tushiruvchi
modda sifatida uzoq vaqtgacha qoMlanildi.
So‘ngra antifebrinning organizmda yana anilinga o ‘tishi va organizmni
zaharlashi ma’lum boMdi. Shu bilan bir qatorda organizmda
hosil bo‘lgan anilinning ma’lum bir qismi p-aminofenolgacha oksidlanishi
va uning analgetik ta’sirga hamda isitma qoldirishga aloqador
ekanligi ham aniqlandi.
Bu keyinchalik p-aminofenol asosida birmuncha kam toksik
yangi dori moddalarini yaratish ustida ilmiy izlanishlarga sabab
boMdi va natijada fenatsetin preparati kashf etildi.
Parasetamol - Paracetamolum
p-atsetaminofenol.
Hidsiz, oq yoki pushti tusli oq kristall kukun Suvda
qiyin; 95 %li spirtda oson eruvchan; a;≪e. jn va
ishqor eritmasi da eriydi; efirda deyarli erinuydi.
Chinligi:
1) azobo'yoq hosil bo'lishi;
2) indamin bo‘yog‘ining hosil bo'lishi;
3) temir (III) xlorid bilan reaksiya.
Miqdoriy tahlil: nitritometriya.
Dori shakli: kukun, tabletka.
Isitma tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi vosita.


Fenatsetin - Phenacetinum
1 -etoksi-4-atsetaminobenzol
Fenatsetin biroz taxir mazali, hidsiz, oq mayda
kukun modda bo‘lib, suvda, efirda va xloroformda
kam eriydi, spirtda eriydi. U 134-136 °C haroratda
suyuqlanadi.
Chinligi:
1) indofenol hosil bo‘lish reaksiyasi;
2) azobo'yoq hosil bo‘lish reaksiyasi;
3) 3-nitrofenatsetin (sariq cho‘kma hosil bo‘lish
reaksiyasi).
Miqdori: nitritometrik usul (gidrolizlangandan
so‘ng).
Ishlatilishi: isitma tushuruvchi va og‘riq qoldiruvchi
vosita.

Parasetamolning chinligi undagi fenol gidroksili asosida temir


(HI) xlorid eritmasi ta’sirida ko‘k-binafsha rangli birikma hosil qilishi
orqali aniqlanadi.
Parasetamol va fenatsetinning chinligini, indofenol hosil qiiish
reaksiyasi bo'yicha aniqlash Me’yoriy hujjatda asosiy reaksi) d
sifatida keltirilgan. Buning uchun avval preparatlarni xlorid kislota
bilan qizdirish yordamida p-aminofenolga o‘tkaziladi:

Download 19.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling