Paraboloid turdagi kichik quyosh konsentratorining ish jarayonini o‘rganish ishdan maqsad
Download 492.23 Kb.
|
3 Ma\'ruza PARABOLOID TURDAGI KICHIK QUYOSH KONSENTRATORINING ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1 – rasm. Quyosh oshxonasining turlari
PARABOLOID TURDAGI KICHIK QUYOSH KONSENTRATORINING ISH JARAYONINI O‘RGANISH Ishdan maqsad D~60 sm bo‘lgan paraboloid turdagi kichik quyosh konsentratori ish jarayoni bilan tanishish va uning fokus nuqtasidagi haroratni aniqlash. Qisqacha nazariy ma’lumot O‘zbekiston iqlim sharoitidan kelib chiqib maishiy va xususiy maqsadlarda quyosh energiyasidan samarali foydalanishning usullaridan biri quyosh oshxona qurilmalarini loyihalash va tayyorlash hisoblanadi. Yerga tushayotgan quyosh energiyasidan sanoatda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda va kundalik turmushda foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan-texnikaning yo‘nalishi geliotexnika deb nomlanadi. Quyosh oshxonasi qurilmasining turlari juda ko‘p bo‘lib asosiy maqsad quyosh issiqlik energiyasidan foydali maqsadda foydalanish hisoblanadi. Arzon narxdagi texnologiyalardan foydalangan holda yuzlab xonadonlarda pishirish yoki isitish tizimidan foydalana oladigan turli xil turdagi qimmat bo‘lmagan isitish tizimlari yoki quyosh oshxonalarini yaratish mumkin. Hozirgi kunga qadar butun dunyo bo‘yicha quyosh oshxonalarining turlari 3 ta katta kategoriyaga ajratiladi. Bu kategoriyalar 1-rasmda ko‘rsatilgan. 1.1 – rasm. Quyosh oshxonasining turlari Ushbu kategoriyalarning konsentrator turi quyosh nurini qabul qiluvchi qurilmaning shakli jihatdan sferik, Frenel va paraboloik turlariga ajratiladi. Quti turidagi quyosh oshxonasida foydalanilayotgan materialga qarab ko‘zguli va ko‘zgusiz turlarga bo‘linadi. Akslantirgichlarning (reflektor) ishlatilish soniga ham qarab bir necha turlarga ajratish mumkin. Qo‘shimcha turli quyosh oshxonasida esa quyosh nurining issiqligi alohida qurilmalarda to‘planadi va havo purkagichlar yordamida issiq havoni quyosh qozoni ostiga yo‘naltiriladi. Bunday quyosh oshxona turlaridan foydalanib uzoq vaqt davomida biror taomni tayyorlashda samarali foydalanish mumkin. Quti turli quyosh oshxonasi dunyo bo‘ylab eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi, chunki tayyorlanishi jihatdan eng oson va arzon qurilmadir. U ovqatni o‘rtacha 700 dan 1400 C da pishira oladi va uning ichiga bir nechta idishlar joylashtira olish mumkin. Quyidagi 2-rasmda quti turdagi quyosh oshxonasining ikki xil ko‘rinishi keltirilgan. Download 492.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling