Trubkasimon piroliz pechi 3-rasmda ifodalangan. Piroliz jarayoni 850-870°C sodir bo'ladi.
3-rasm. Piroliz pechining sxemasi: 1-korpus; 2-panel gorelkalar; 3-radiant kameralar; 4-vertikal trubalar; 5-konveksion kamera.
Suyuq yoki gazsimon yoqilg'i 2-gorelkaga yuboriladi va yoqiladi, Piroliz pechining 3-seksiyasi 4-vertikal trubalardan tashkil topgan. Trubalarda piroliz jarayoni sodir bo'ladi va shu yerda temperatura rejimiga alohida e'tibor beriladi. Qisman sovutilgan gaz 5-konveksiya kamerasiga keladi. Bu yerdagi trubalar seksiyasida xomashyo va bug'-ajratgich kerakli temperaturagacha qizdiriladi, shundan so'ng ular trubalarning radiant seksiyasiga boradi va piroliz mahsulotlari keyingi qayta ishlash bosqichiga ketadi.

Zamonaviy piroliz qurilmalari quvvati yuqori bo'ladi (4-rasm). Piroliz jarayoni trubkasimon pechlarda olib boriladi, uning gorelkasiga yoqilg'i va havo yuboriladi. Yonuvchi gazlarning konveksiya seksiyalaridan chiqadigan issiqligi 2,3 va 4-issiqlik almashtirgichlarda piroliz jarayoniga kelayotgan uglevodorod xomashyosini bug'latish va isitish, suv kondensatini isitish uchun foydalaniladi.

Do'stlaringiz bilan baham: |