Parafinlar. Organik sintez uchun texnik jixatdan muxim bo‘lgan parafinlarni (to‘yingan uglevodorodlarni) quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Past parafinlar (C1dan C5 gacha). Yuqori parafinlar (C10 dan C40 gacha). Past parafinlar


Download 381.17 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi381.17 Kb.
#1548113
  1   2   3
Bog'liq
3-маъруза (1)


MAVZU: Parafin va olefinlar ishlab chiqarish. Aromatik birikmalar ishlab chiqarish.
Reja:
1.Parafinlar, turlari.
2.Olefinlar. Past va yuqori olefinlar.
3.Aromatik birikmalarni ajratish va tozalash.
4.Aromatik uglevodorodlar fraksiyalari.
Parafinlar. Organik sintez uchun texnik jixatdan muxim bo‘lgan parafinlarni (to‘yingan uglevodorodlarni) quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.Past parafinlar (C1dan C5 gacha).
2. Yuqori parafinlar (C10 dan C40 gacha).
Past parafinlar. Parafin uglevodorodlari: metandan (CH4) to butangacha bo‘lgani (C4H10) oddiy sharoitda gazsimon moddalar, pentanlardan C5H12 to C16H34 gachasi past temperaturada qaynaydigan suyuqliklardir
Yuqori parafinlar. To‘g‘ri zanjirli uglerod atomidan iborat parafinlar organik sintezda xom-ashyo sifatida muhim o‘rinni egallaydi. Ularni C16-gacha bo‘lgan vakillari xona sharoitida suyuqlik, C16-dan yuqorilari esa qattiq moddalar hisoblanadi. Ularni suyuqlanish temperaturasi uglerod zanjiri ko‘payishi bilan ortib boradi, n- parafinlarni suyuqlanish temperaturasi tarmoqlangan izomerlarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Neft mahsulotlaridan ajratish vaqtida n-parafinlar aralashma xolida ajraladi. Ular orasida yumshoq va qattiq parafinlar muhim ahamiyatga ega.
Yumshoq parafinlarning tarkibi C11-C20 uglevodorodlardan iborat bo‘lib, ular 200 dan 320-350 0C interval orasida qaynaydi.
Qattiq parafin C20- C35 uglevodorodlaridan iborat bo‘lib, ular 300-350 dan 450-500 0C qaynaydi.
1-rasm. C1 -C5 uglevodorodlarini ajratish texnologik sxemasi:
1- kompressor; 2,5,6,7,8,9-rektifikatsiya kolonnalari; 3-deflegmatorlar; 4-qaynatgichlar 10-drossel ventil
Gazlarni fraksiyalarga ajratish moslamalari. Yo‘ldosh gazlarni ajratish uchun absorbsiya, adsorbsiya, kondensatsiya va rektifikatsiya usullaridan foydalaniladi. Ularni orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani rektifikatsiya bo‘lib, bu usul yordamida 2-4 MPa bosim ostida sovuqda yo‘ldosh gazlar individual komponentlarga ajratib olinadi.

Download 381.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling