Parafinlar. Organik sintez uchun texnik jixatdan muxim bo‘lgan parafinlarni (to‘yingan uglevodorodlarni) quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Past parafinlar (C1dan C5 gacha). Yuqori parafinlar (C10 dan C40 gacha). Past parafinlar
Download 381.17 Kb.
|
3-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1,3-8,8 8 Izopentenlar 20,1-38,6
- Manbalar Miqdori, % Riformat 68 Piroliz benzini
- Komponent Piroliz benzin Riformat Xom benzol Benzol
- Ksilollar 4 18 6 Etilbenzol
- Parafinlar kam yuqori kam
- Aromatik birikmalarni ajratish va tozalash.
- Aromatik uglevodorodlar fraksiyalari
Yuqori olefinlar. C6-C18 olefinlar suyuqlik bo‘lib, ularning qaynash temperaturasi uglerod atomlari soni va zanjir tuzilishiga bog‘liq. To‘g‘ri zanjirli olefinlarni qaynash temperaturasi: n-C6H12 ...................63,5-68 0C; n-C7H14 .................93,8-98,2 0C; n-C8H16 ................. 121-126 0C; n-C10H20 ................170-175 0C Tarmoqlangan tuzilishli olefinlar to‘g‘ri zanjirli olefinlarga nisbatan past temperaturada qaynaydi. Reaksiyaga kirishish qobiliyati yuqori bo‘lganligi sababli olefinlar organik sintezda xom-ashyo sifatida muhim o‘rinni egallaydi. Sanoatda olefinlarni olishda neft fraksiyalari yoki uglevodorod gazlarini parchalash usulidan foydalaniladi.
Organik sintez sanoatida aromatik uglevodorodlar olefinlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Tabiiy manbalar asosida olinadigan aromatik uglevodorodlar orasida benzol, toluol, ksilollarning, mezitilen, durolning ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda aromatik uglevodorodlar, shuningdek benzol olishning asosiy manbalari quyidagilar:
Dunyo bo‘yicha olinadigan aromatik uglevodorodlar manbalari
Turli xomashyolar tarkibi, % Aromatik uglevodorodlar asosida olinadigan mahsulotlar Aromatik uglevodorodlar qutbli erituvchilardan dietilenglikol, fenolda yaxshi eriydi. Ular qattiq sorbentlarga (aktivlangan ko‘mir, silikagel) yaxshi yutiladi. Ushbu xossalari hisobiga aromatik uglevodorodlarni sanoatda ekstraksiya, ekstraktiv haydash va adsorbsiya yo‘li bilan ajratish mumkin. Aromatik uglevodorodlar boshqa uglevodorodlar sinfiga nisbatan zaharli hisoblanadi. Qonni zaharlash xususiyatiga ega. Aromatik uglevodorodlarni qo‘llash sohalarining turli tumanligi, ularni organik sintez uchun naqadar muhim mahsulot ekanligidan dalolat beradi Natijada kokslash mahsulotlari 85-90 0C gacha soviydi va ularni bir qismi kondensatsiyalanadi. SHundan so‘ng koks gazi 30-35 0C gacha 3-sovutgichda sovutiladi, u erda smolaning qo‘shimcha miqdori kondensatsiyalanadi. Sovutgichdan chiqayotgan gaz tarkibidagi smolani ajratish uchun 4-elektrofiltrdan o‘tkaziladi, so‘ngra 5-gaz purkagich orqali keyingi bo‘limga yuboriladi. Kondensat 2-gaz yig‘uvchi trubalar, 3-sovutgich va 4-elektrofilrdan o‘tib 6-separatorga keladi. U erda organik va suv qismlariga bir-biridan ajratiladi. Organik qismi toshko‘mir smolasidan tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibi yuqori kaynovchi organik moddalardan iborat, ushbu smola haydash sexiga yuboriladi. Suvli qismning (ammiali suv) bir qismi gaz yig‘ish trubalariga kokslash mahsulotlarini birlamchi sovutish uchun, qolgan qismi esa ammiak va piridinli moddalarni yig‘ish uchun 7-moslamaga yuboriladi. U erga kelgan gazning tarkibida uchuvchan organik birikmalar bo‘ladi (benzol, toluol), ularni yig‘ish uchun 8-sovutgich orqali 9-adsorberga yuboriladi. Adsorber yutish moyi bilan sug‘oriladi. Absorberdan chiquvchi «qaytar» koks gazidan koks pechlarini isitish uchun foydalaniladi. To‘yingan yutilish moyi absorberning pastki qismidan 10-isitish moslamasiga keladi, isigandan so‘ng 11-desorberga yuboriladi. U erda rektifikatsiya jarayoni natijasida engil aromatik birikmalar xaydaladi (xom benzol). Xom benzoldan tozalangan yutilish moyi o‘z issiqligini 10-isitgichga uzatadi; 12-sovutgichda soviydi va yana koks gazidagi benzoldan uglevodorodlarni absorbsiyalash uchun foydalaniladi Katalitik riforming jarayonida olinadigan katalizatdan aromatik uglevodorodlar olish uchun foydalaniladi. Sanoatda aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun ekstraksiya usulidan foydalaniladi (3-rasm). Uglevodorod fraksiyasini 1-chi ekstraksiya kolonnasining pastki qismiga yuboriladi, u erda uglevodorod yuqoriga ekstragent tomonga harakat qiladi. Ekstragent kolonnaning yuqori qismidan yuboriladi. Oqimlarni usti va tagida hosil bo‘lgan bo‘shliq separator vazifasini bajaradi. Kolonnaning tepasidan keladigan rafinat o‘zi bilan ekstragentning bir qismini olib keladi, uning rekuperatsiyasi uchun rafinat 2-chi skrubberda suv bilan yuviladi, shundan so‘ng undan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. 1-kolonning pastidagi to‘yingan ekstragent 3-isitgichda issiq regenirlangan ekstragent yordamida isitiladi va 4-kolonnaga yuborildi, u erda aromatik uglevodorodlarni suv bilan ekstraktiv haydash jarayoni sodir bo‘ladi. 5-separatorda suv ajratiladi va uni 4-kolonnaga qaytariladi, aromatik uglevoorodlar aralashmasi esa oxirgi rektifikatsiya jarayoniga jo‘natiladi. Ekstragent sovutilgandan so‘ng 4-chi kolonnaning pastki qismidan ekstraksiya uchun yuboriladi, uning bir qismi esa regeneratsiya (qayta tiklash) uchun 6-chi kolonnaga chiqariladi. U erda ortiqcha suv xaydab olinadi va kondensatsiya mahsulotlaridan tozalanadi. Ushbu usul yordamida ajratilgan aromatik uglevodorodlar miqdori 93-99% tashkil qiladi. Aromatik birikmalarni ajratish va tozalash. Aromatik uglevodorodlarni ekstraksiya usuli bilan ajratish texnologik sxemasi: 1,4 rektifikatsiya kolonnalari; 2-skrubber; 3-issiq almashtirgich; 5-separator; 6-ekstragentni rekuperatsiyalash kolonnasi; 7- deflegmatorlar; 8-qaynatgichlar. Aromatik uglevodorodlar fraksiyalari. Aromatik xomashyoning ikki asosiy: koks kimyoviy va neft kimyoviy turi mavjud. Ular bir-biridan oltingugurt organik birikmalar miqdori jihatidan farq qiladi. Neft kimyoviy mahsulotlar tarkibida oltingugurt faqat 0,0001-0,002% bo‘ladi, koks kimyoviy mahsulotlar tarkibida taxminan 100 marta ko‘p oltingugurt bo‘ladi. Oltingugurt miqdori ko‘pligi sababli katalizator ham ko‘p sarflanadi yoki uning tez zaxarlanishi sodir bo‘ladi. Boshqa aralashmalarga olefinlar va parafinlar kiradi. Ksilol fraksiyalari ksilol izomerlari va etilbenzol nisbatlari jixatidan farq qiladi. Turiga qarab benzol va toluol tartibida 99,0 dan 99,9%-gacha asosiy mahsulot bo‘ladi. Ksilol fraksiyalarining taxminiy tarkibi quyidagicha: % mass: Etilbenzol o-ksilol m-ksilol n-ksilol Koks kimyoviy ksilol........... 10-12 52-60 14-20 8-12 Neft ksiloli........................ 20-24 40-45 18-20 14-16 Download 381.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling