Параклинические методы исследования в неврологии и нейрохирургии
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
01 Taqdimot c6d195f9bda97960f2262020e3084e4c
NEYROXIRURGIYADA TEKShIRISh USULLARI REJA • Lyumbal punksiyaga kursatma. Likvor tarkibi normada va patologik xollarda • Radiologik tekshirish usullari • Neyrovizualizatsiya • EEG • Elektromiografiya • Ultratovushli tekshirish usullari LIKVOR TARKIBI Bosh va orqa miyaning suyuqlig‘ini qorinchalar ichida joylashgan qon tomirlar chigali ishlab chiqaradi. Likvor asosan qattiq pardaning vena sinuslari bilan tutashgan to‘rsimon pardaning o‘siqchalari va yuqori yoysimon vena sinusining devorida joylashgan Paxion granulyatsiyalari orqali so‘rilib ketadi. Katta kishilarda likvorni umumiy hajmi 120-150 ml bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda 15-20 ml, bir yoshdagi bolalarda esa likvorni hajmi - 30-50 ml ga yetadi. Bolalarning yoshlari katta bo‘lgan sari likvor hajmi ko‘payib boradi va 60-120 ml ni tashkil qiladi. Likvorning normal holatdagi tarkibi quyidagicha bo‘ladi: likvor rangsiz, tiniq, bemorni yotgan holatida, likvor bosimi 100-200 mm, o‘tirganda esa 250-350 mm. suv ustuniga teng bo‘ladi. Likvorning solishtirma og‘irlig‘i 1000-1007; Ph-7,4-7,6; oqsillar - 0,2-0,3 mg foiz yoki promili foiz, hujayralar - 3-7 (limfotsitlar), qand -42-60 mg foiz (2,3-3,3 milimol), xloridlar - 230-730 mg foiz, kaliy - 14 mg foiz, natriy - 320-350 mg foiz, kalsiy - 6 mg foiz, magniy - 2,7 mg foiz, fosfor - 1,2 mg foiz. Likvor sirkulyatsiyasi ORQA MIYa BO‘ShLIG‘INING PUNKSIYaSI QUYIDAGI HOLLARDA DAVOLASh MAQSADIDA QILINADI: • 1) Bosh miyaning turli xildagi patologik jarayonlarida, jumladan uning jarohatlanishida, gidrotsefaliyada, meningoenseflitda, o‘smalarda miya qutisi ichida likvor bosimi oshib ketadi, ya’ni gipertenziya bo‘ladi. Bunday bemorlarda bosh og‘rig‘i kuchayadi va qusish bo‘ladi. Bosh miya qutisining ichidagi bosimni kamaytirish maqsadida, ko‘rsatmasini e’tiborga olgan holda bemorlarga orqa miyaning bo‘shlig‘i punksiya qilinadi va turli hajmda likvor chiqarilib bosim tushiriladi. Qisqa vaqtli bo‘lsa ham bemorlarda qusish to‘xtaydi va bosh og‘rig‘i kamayadi. • 2) Bosh va orqa miya jarohatlanishida, ayniqsa ular lat yeganda ko‘pchilik bemorlarda subaraxnoidal bo‘shlig‘iga qon quyiladi. Davolash maqsadida orqa miya bo‘shlig‘i punksiya qilinadi. Qon aralash 5-10 ml likvor chiqarib tashlanadi va endolyumbal bo‘shliqqa shuncha hajmda kislorod yuboriladi. Yuborilgan kislorod fagotsitozni tezlashtirishda ishtirok etadi. • 3) Meningit va ensefalitlarda orqa miyaning bo‘shlig‘i punksiya qilinadi. Yiringli likvordan 8-10 ml chiqarib o‘rniga antibiotiklar yuboriladi. Agarda yiringli meningit bo‘lsa endolyumbal bo‘shlig‘iga penitsillin yuboriladi. Tuberkulyoz meningiti bo‘lsa streptomitsin yuboriladi. • 4) Bemorlar bosh va orqa miyaning jarohatlanishini, meningit va ensefalitlarni o‘tkazganlaridan keyin ko‘pincha miya sathida yopishqoqlar va chandiqlar, ya’ni araxnoiditlar yoki surunkali leptomeningitlar vujudga keladi. Bunday holatlarda orqa miyaning bo‘shlig‘i punksiya qilinib, endolyumbal bo‘shliqqa lidaza yuboriladi. • 5) Bosh miyaning jarohatlanishidan keyin paydo bo‘ladigan surunkali leptomeningitlari bor bemorlarning bir qismida tutqanoq huruji bo‘ladi. Bunday bemorlarga davolash maqsadida pnevmoenseflografiya qilinadi. ORQA MIYaNING SUBARAXNOIDAL BO‘ShLIG‘INI PUNKSIYa QILIShGA MONELIKLAR: • 1) Bosh miyaning jarohatlanishi natijasida bosh miyaning shishi taraqqiy qilgan bo‘lsa; • 2) Miya qutisining orqa chuqurchasida gematoma yoki hajmli o‘smalar o‘sayotgan bo‘lsa; • 3) Miyaning chakka bo‘lagida hajmli holat mavjud bo‘lsa; • 4) Gidrotsefaliyaning yopiq xili bo‘lsa; • 5) Bel-dumg‘aza sohasida yotoq yara yoki yallig‘lanish belgilari orqa miya bo‘shlig‘ining punksiya qilinadigan yerida bo‘lsa, orqa miya bo‘shlig‘ini punksiya qilish hayot uchun xavfli hisoblanadi. , LYuMBAL PUNKSIYa KILISh METODIKASI Punksiyani yotgan holatida qilinadigan bo‘lsa bemorning oyoqlarini tizza bo‘g‘imlarida bukib, sonlarini maksimal holatda qorniga yaqinlashtiriladi. Boshini oldinga egadi. Bel sohasiga antiseptik dorilar bilan ishlov beriladi. Oldiniga teri spirt bilan, so‘ngra 3-5 foizli yod eritmasi bilan artiladi. Punksiya qilish joyini aniqlash uchun ikkala yonbosh suyaklarini qanotidan o‘tqazilgan to‘g‘ri chiziq (Yakobson chizig‘i)ning umurtqalarga nisbatan kesishib o‘tadigan yeri IV va V bel umurtqalarning oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Orqa miya bo‘shlig‘ining punksiyasi IV va V, yoki III va IV bel umurtqalarining orqa qirrali o‘siqlari oralig‘ida bajariladi • RADIOLOGIK TEKShIRISh METODLARI • Bosh suyaklari (kraniografiya) va umurtka pogonasi (spondilografiya) rentgenografiyasi ; • Kompyuter tomografiya (MSKT yeki RKT); • Magnitn-rezonans tomografiya (MRT) • Magnitn-rezonans spektroskopiya (MRS) • Pozitron emission tomografiya (PET) • Bir fotonli emission kompyuter tomografiya • Serebral angiografiya • Mielografiya KOMPYuTER TOMOGRAFIYa Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling