Параклинические методы исследования в неврологии и нейрохирургии


Tibbiyot sohasida turli kasalliklarning topik tachxisini to‘g‘ri qo‘yishda


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1177471
1   2   3
Bog'liq
01 Taqdimot c6d195f9bda97960f2262020e3084e4c

Tibbiyot sohasida turli kasalliklarning topik tachxisini to‘g‘ri qo‘yishda 
qo‘llaniladigan eng oxirgi tekshirish usullaridan biri magnit rezonans tomografiya 
hisoblanadi. Bu tekshirish usulining asosida organizmning turli a’zolaridan 
o‘tayotgan kuchli magnit maydoni ta’siri natijasida to‘qimalarning atomlarida va 
ayrim kimyoviy (vodorod, fosfor va boshqa) elementlarida tebranish (rezonans) 
hodisani vujudga kelishi yotadi. O‘tayotgan elektromagnit impulslarining ketma-
ket olmashuvi natijasida har bir to‘qimada o‘ziga xos bo‘lgan harakterli signallar 
hosil bo‘ladi. Bu signallar kompyuterda qabul qilinadi, ishlanadi va 
to‘qimalarning qanday konsistensiyali bo‘lishidan qat’iy nazar ekranda ko‘rsatib 
beradi. Magnit rezonans tomografiya usuli yordamida organizmning hamma 
a’zolarini, shular qatori nerv tizimining normal va ularda vujudga kelgan organik 
o‘zgarishlarni - o‘smalarni, kistani, abssessni va boshqa patologik jarayonlarni 
bosh miyaga nisbatan joylashgan yerini, ularning konsistensiyasini ko‘rsatib 
beradi. Undan tashqari yana bemorlarga davolash muolajalarini o‘tqazish
 jarayonida patologik o‘choq bor sohani nazorat qilish imkoniyatini yaratadi.


 
ZAKLYuChENIE: MR-PRIZNAKI SPONDILITA, SPONDILOARTROZA
POYaSNIChNOGO OTDELA POZVONOChNIKA. MNOJESTVENNЫE
SIRKULYaRNЫE GRЫJI DISKOV, STENOZIRUYuЩIE DURALNЫY
MEShOK, LATERALNЫE KOREShKOVЫE OTVERSTIYa NA UROVNYaX OT
L2-L3 DO L5-S1.


ZAKLYuChENIE. MR-KARTINA GEMORRAGIChESKOGO INSULTA LEVOY
VISOChNOY DOLI MOZGA, SUBDURALNAYa GEMATOMA V PODOSTROY-
XRONIChESKOY STADII V LEVOM POLUShARII MOZGA, SOSUDISTAYa
E
NSEFALOPATIYa .


ANGIOGRAFIYa (AG)
• 
Qon tomirlarini kontrast moddalar yordamida rentgen tasvirida
ko‘rinishlariga angiografiya deyiladi. Bu usulda yod moddasining
suvli eritmasidan qon tomirlariga yuboriladi. Ularga verografin,
urografin, kardiotrast, torotrast, amnipak va boshqalar kiradi.
• 
Serebral angiografiyada kontrast moddalar umumiy yoki ichki uyqu 
arteriyasiga, o‘mrov osti yoki umurtqa arteriyalariga yuboriladi. Bu 
muolaja rentgen xonasida bajariladi. Shu vaqtning o‘zida bosh miyani 
bir necha marta rentgen tasviriga tushiriladi.
Angiogrammadagi qon tomirlarning yo‘nalishlarini o‘zgarishlariga qarab 
bosh miyaga nisbatan joylashgan patologik o‘choq aniqlanadi.
Lekin tashxisni aniqlashda bu usul bolalarda kam qo‘llaniladi. 1927
yil. portugal nevrologi Ye. Monis (Egas Moniz) tomonidan taklif
kilingan.


• 
Каротид
• 
Вертебрал
• 
Селектив
• 
Панангиография
Контрастные моддалар: омнипак, ультравист, 
уротраст, верографин и бошкалар.
АГ ВАРИАНТЛАРИ


KAROTID ANGIOGRAFIYa


ELEKTROENSEFALOGRAFIYa
Bosh miya po‘stlog‘ining va uning ostidagi hujayralarda paydo 
bo‘lgan bioelektrik toklarini kalla sathiga
qo‘yilgan elektrodlar yordamida yozib olishga
e
lektroenseflografiya deyiladi. Ba’zi hollarda
neyroxirurgik operatsiya vaqtida bioelektrik toklarni miyaning 
ochilgan sathidan yozib olinadi. Bu usulni elektrokortikografiya 
deb ataladi. Bioelektrik toklarni yozishda maxsus apparat 
elektroenseflografdan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ko‘p kanalli
e
lektroenseflograf qo‘llaniladi.


• 
Elektroenseflogramma (EEG) katta kishilarning uyg‘oq holatida 
murakkab egri chiziq bo‘ladi va quyidagi ritmlar bilan 
harakterlanadi:
• 
1) Alfa ritm 8-13 GTS to‘lqin sekund;
• 
2) Beta ritm 14-30 GTS;
• 
3) Gamma ritm 40-100 GTS.
• 
Bu to‘lqinlar asosan normal holatda bosh miyaning kulrang moddasidan 
yozib olinadi. Alfa ritm ensa bo‘laklarida ko‘p bo‘ladi, beta va gamma 
ritmlari esa peshona bo‘laklarida qayd qilinadi.
Normal holatda yosh bolalarning bosh miyasidan yozib olinadigan
biopotensial to‘lqinlari orasida delta va teta ritmlarini alfa va beta 
to‘lqinlariga nisbatan ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bosh miya yarim 
pallalarining
• 
bo‘laklaridan yozib olinadigan biotoklarning faolligi normada simmetrik 
holatda bir xil manzarada ifodalanadi


delta-volnы
0.5-3,5
kolebaniya/s
teta-volnы 
4-7,5
kolebaniya/s
alfa-volnы
8- 13
kolebaniy/s
beta-volnы
13,5-30
kolebaniy/s








ELEKTROMIOGRAFIYa
• 
E
lektromiografiya muskullarning elektrik potensial kuchini o‘zgarishini yozib 
oladigan usuldir. Muskullarning biotokini bir necha marta ko‘paytirib maxsus 
apparatda yozib olinadi. Bu apparatni elektromiograf deyiladi.
Biopotensiallarni ajratib olish ikki xil elektrodlar bilan, ya’ni
ninasimon va teri ustiga qo‘yilgan elektrodlar yordamida yozib olinadi. Ninasimon 
elektrodlar yordamida alohida bo‘lgan muskul tolalarining elektrik faolligi yozib 
olinsa, teriga qo‘yilgan elektrodlar esa ko‘p
muskullarning bioelektrik faolligini yig‘indisi yozib olinadi.
Muskullarning har xil holatida, jumladan bo‘shashganida, tonusni reflektor 
o‘zgarganida, ularning taranglashgan vaqtida va ixtiyoriy qisqargan holatida 
elektromiografiya qilinadi. Olingan natijalarni jadval yordamida tahlil qilinadi. 
Elektromiografiya yig‘indisida past ko‘lamli o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. 
Muskullarning tonusi reflektor holatda oshganida elektrik faolligi katta bo‘lmagan 
kuchayishi kuzatiladi. Ixtiyoriy kuchayishda esa
baland ko‘lamli tez o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.


МЕТОДЫ ЭМГ


ULTRATOVUSh TEKShIRISh METODI
• 
E
xoensefalografiya (Exo-EG)
• 
Uyku va umurtka arteriyalari ultratovushli 
doplerografiya tekshiruvlari(UZDG).
• 
Transkranial ultratovushli doplerografiya (TKUTDG) 
Bosh suyagi ichidagi yirik kon tomirlarda 
xarakatlanaetgan kon okish tezligini baxolaydi.


EXOENSEFALOGRAFIYa
• 
Exoenseflografiya deb bosh miyaning ultratovush tulkini yordamida tekshirishga aytiladi. Maxsus 
apparat exoenseflograf yordamida tekshirish o‘tkaziladi. Apparatning mexanizmi, oldi tomonida 
ekrani bor va unga datchik ulanadi. Datchik orqali bosh miya qutisi ichiga ultratovush asosan 
chakka bo‘lagining tashqarisidan yuboriladi. Kalla terisida akustik kontaktni yahshi bo‘lishi uchun 
datchik qo‘yadigan joylariga vazelin yoki glitserin suriladi. Bosh miya qutisi ichiga yuborilgan 
ultratovush bosh miya yarim pallalarining o‘rtasida joylashgan tuzilishlarga, ya’ni bosh miyaning 
o‘rog‘iga, III-qorinchaning tashqi devorlari bo‘lgan ko‘ruv do‘mboqlariga, epifiz beziga yetib 
boradi va orqaga qaytadi. Orqaga qaytgan ultratovushning aks sadosi apparatning ekranida shu 
tomondagi bosh miya yarim
pallalarining qalinligini millimetr o‘lchovida ko‘rsatadi. Keyin ikkinchi tomonidan o‘lchanadi va 
ikkala yarim pallalarning farqi aniqlanadi. Normal holatda bosh miya yarim pallalarini qalinlik farqi 
2 mm. dan oshmaydi. Hamma vaqt bosh miya yarim pallasining
ustun (dominant) tomoni kengroq bo‘ladi. Miya qutisining ichidagi hajmli jarayonlar (o‘sma, abssess, 
gematoma)larning tashxisini qo‘yishda exoenseflografiyaning ma’lumotlari qiymatlidir. Bunday 
hajmli jarayonlarda bosh miyaning o‘rta tuzilishi (M-EXO)ni qarama- qarshi tomonga siljishi 2 mm. 
dan ko‘proq bo‘ladi. hajmli jarayonlar bosh miyani ezishi
natijasida o‘rta tuzilishini siljishiga olib keladi va shu tomonda miyaning yarim
pallasini qalinlashini sababi bo‘ladi. Bu usul yordamida bosh miyaning qaysi tomonida
hajmli jarayon borligini tez orada aniqlash imkoniyatini beradi




ChAKALOKLARDA ULTRATOVUSh 
TEKShIRISh METODI
• 
NEYROSONOGRAFIYa
• 
Tug‘ilish davrida ayrim bolalarda bosh miyaning qutisi ichida turli xilda bo‘lgan 
patologik jarayonlar vujudga keladi. Bunday bolalarni klinik- nevrologik tekshirish 
usullari bilan bu jarayonlarni tashxisini aniqlash murakkab masala hisoblanadi va 
paraklinik tekshirish usullarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Ular orasida yetarli darajada 
ma’lumotlar beradigan usullardan biri neyrosonografiya hisoblanadi. Bu usul 
exoenseflograf yordamida maxsus datchik orqali bajariladi. Tug‘ma liqildoq orqali 
yuborilgan ultratovush miya qutisi ichidagi bosh miya yarim pallalarini, 
qorinchalarini, likvor yo‘llarini normal holatda va mavjud bo‘lgan patologik 
jarayonlarni qanday ekanligini va ularni qaysi yerda joylashganini ekranda ko‘rsatadi 
va topik tashxisni aniqlaydi. Neyrosonografiyani qo‘llash vaqtida bolalarga hech 
qanday dori-darmonlar berilmaydi va ularni tabiiy holatda tekshiriladi. Bu usul 
o‘zining fiziologik xususiyatlari bilan boshqa paraklinik tekshirish usullaridan ajralib 
turadi va poliklinika sharoitida ham qo‘llash imkoniyatini beradi


DOPPLEROGRAFIYa

• 
Ultratovush apparati yordamida bosh miya qutisi ichidagi hamma
yirik arteriya va vena qon tomirlarida qonning aylanish tezligini 
baholovchi usulga dopplerografiya deyiladi, Bu
usulning asosida Dopplerning 
(effekti) ta’sir kuchi bo‘lib, 
harakatdagi ichki muhitdan, jumladan, qon 
tarkibidagi
harakatlanuvchi eritrotsitlardan qaytayotgan ultratovushning 
tebranish tezligini kamaytirishga asoslangan. Har bir yirik qon 
tomiriga xos bo‘lgan 
maxsus "darcha" bosh miya qutisining 
suyaklarida bo‘lib, ularga teri ustidan qo‘yilgan datchik orqali 
mo‘ljalga olingan va tekshirilayotgan qon tomiriga ultratovush 
yo‘naltiriladi. Bu usul yordamida uyqu, umurtqa
arteriyalaridagi, ularning tarmoqlaridagi va venalardagi
oqayotgan qonning chiziqli tezligini va qon tomirining
kuchlanishini tekshirish imkoniyatini beradi.


BOLNAYa V

GIPOPLAZIYa LEVOY POZVONOChNOY ARTERII
(DUPLEKSNOE SKANIROVANIE).

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling