Tizim arxitekturasini aniqlash, protsessorlarga kichik vazifalarni biriktirish, va ular ishlashini mutanosiblashtirish. Ta'kidlash joizki, protsessorlarga kichik vazifalarni biriktirishni boshqarish faqat tarqatilgan xotirali hisoblash tizimlari uchun mumkin; ko'p protsessorlar uchun (umumiy xotirali tizimlar) vazifalarni muvozanatlash odatda operatsion tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Tezlashuvga erishish Agar hisoblash vazifasida, ma'lumotlar parallelligi bo'lmasa, nu vazifani bir nechta mustaqil vazifalarga bo'lish mumkin bo’ladi. Har bir protsessor alohida vazifani bajaragan holda, vazifalarning parallelligi kuzatish mumkin bo’ladi. Vazifalar soni protsessorlar soniga ta'sir qiladi. Protsessorlarning bir xil yuklanishini ta'minlash va ular o'rtasida ma'lumotlar almashinuvini kamaytirish orqali vazifalar bajarilishini sezilarli tezlashuvga erishish mumkin.. bunda Tn – n ta prossesorda vazifaning bajarilish vaqti,
T(n)T(n)>T(1), agar algoritmning parallel versiyasini amalga oshirish xarajatlari ortiqcha bo'lsa.
Algoritmning samaradorligi Tezlanish parallel algoritmning samaradorligi bilan bog'liq. Parallel algoritmning samaradorligi quyidagicha aniqlanadi: Agar algoritm maksimal tezlanishga erishsa (Sn=n), unda En=1.Amaliyotda prossesorlar sonining ortishi samaradorlikni kamaytiradi. Parallel algoritm samaradorligini tahlil qilishda ishlatiladigan protsessorlar soni muhim omil hisoblanadi. Kompyuterlarni sotib olish, texnik xizmat ko'rsatish va ishga tushirish xarajatlari hisoblab chiqiladi. Muammoni hal qilish uchun algoritm qancha ko'p protsessor ishlatsa, natija shuncha qimmatga tushadi.Parallel algoritmning umumiy qiymati vaqt murakkabligi va o'sha algoritmda ishlatiladigan protsessorlar sonining hosilasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |