Parallel dasturlash algoritmlari


Bir nechta qoida / bitta ma’lumotlar oqimi MISD


Download 0.56 Mb.
bet3/12
Sana22.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1108719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Parallel dasturlash algoritmlari

Bir nechta qoida / bitta ma’lumotlar oqimi MISD
Bir vaqtda faqat bir xil ma’lumotlar ustida amal bajarish avval g’alati tuyulishi mumkin, chunki qandaydir bir sonni kvadratga ko’tarish, ikkiga ko’paytirish, o’nga bo’lish kabi dasturlar kamdan-kam uchraydi. Lekin bu holatga boshqa nuqtai-nazardan qarasak, bunday tipdagi mashinalarda sonning tub yoki murakkabligini tekshirishni takomillashtish mumkinligini ko’ramiz. Agar protsessorlar soni N ta bo’lsa, unda biz ixtiyoriy 1 va N2 orasidagi sonlarning tub yoki murakkabligini MISD – mashina orqali bitta operatsiyada tekshirishimiz mumkin. Agar X son murakkab bo’lsa, unga to’g’ri kelmaydigan bo’luvchisi bo’lishi kerak. Sonning tubligini tekshirish uchun X2 sonni birinchi protsessorga ikkiga bo’lishga, ikkinchisini uchga bo’lishga, uchinchisini to’rtga va hokazo (K-1) protsessorni K ga bo’lishga buyruq beramiz. Demak bunda N tub sonmi yo’qmi degan savolga javob berish uchun N ta protsessorga har biriga 2 ga, 3 ga … N ga bo’l deb buyruq berish kerak bo’ladi. Bu masalani yechishda bizning yo’limiz qo’l kelishi mumkin.


Bir nechta qoida / bir nechta ma’lumotlar oqimi MIMD
Bu kategoriya kategoriyalar orasida ancha murakkabidir. MIMD –sistemalar holatida biz o’z qoidasini amalga oshira oladigan bir nechta protsessor bilan ish ko’ramiz. Bundan tashqari, bir nechta ma’lumotlar oqimi ham mavjud va har qaysi protsessor o’z ma’lumotlar to’plami bilan ishlay oladi. Bu amaliyotda MIMD – sistema har qaysi protsessorda o’z dasturini yoki o’sha dasturning alohida qismlarini yoki SIMD – konfiguratsiyaday vektorli amallarni bajara olishini anglatadi. Ko’pchilik parallelizmning yangicha yondashuvlarida, masalan komyuter klasterlari yoki multiprotsessorli sistemalarning asosida MIMD – kategoriya yotadi.

Parallel kompyuterlar tizimlari arxitekturasida ikkita jihat asosiy rol o’ynaydi:



  • Protesssorlar va ularning xotiralari o’zaro qanday bog’langanligi;

  • Protsessorlarning qanday o’zaro ta’sir qilishi.

Parallel algoritmlarni muhokama qilganda biz ana shu jihatlar haqida gapiramiz. Negaki u yoki bu yechimlar turli masalalar uchun turli samaradorlikka ega bo’lishi mumkin.


Kuchsiz bog’langan mashinalarda ham protsessor o’z xususiy xotirasiga ega. Lekin protsessorlar o’rtasidagi aloqa tarmoq kabellari orqali amalga oshiriladi.


Kompyuterlar klasterlarining arxitekturasi quyidagicha:

  • Klasterning har bir kompyuteri alohida kompyuter tizimi va mustaqil ishlay oladi.

  • Parallellik bosh boshqaruvchi kompyuter orqali masalani kompyuterlarga taqsimlash hisobiga amalga oshiriladi.

Shina aloqali mashinalarda barcha protsessorlar umumiy markaziy xotiradan foydalanadi. Protsessorlar o’rtasida o’zaro ta’sir shunday amalga oshiriladiki, bunda ulardan biri axborotni umumiy xotiraga yozadi, boshqalari esa shu yerdan o’qib oladi.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling