Parallel qayta ishlash jarayonida kompyuter qurilmalarining roli. Ma’lumotlarni taqdim qilinishi va buyruqlarni bajarilishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Parallel qayta ishlash jarayonida kompyuter qurilmalarining roli
Tizimli nazorat IDE shinasi Optik disklar Qattiq disk BIOS Mikrosemasi Funksiyaviy nazorat Markaziy protsessor Kesh xotira 3-rasm.Kompyuterning umumiy sxemasi. Ketma-ket portlar (COM) Parallel portlar (LTP) USB portlari Diskovot PS/2 porti klaviatura, sichqoncha 5 Qo’shish va ayirish operatsiyasini bajaradigan qurilma summator deb nomlanadi, ko’paytirish operatsiyasini bajaradigan qurilmaga esa ko’paytirgich deyiladi. Bu qurilmalar arifmetik-mantiqiy tarkibida bo’lib, mantiqiy operatsiyalarni bajaradi. Qo’shish operatsiyasi ko’paytirish operatsiyasiga nisbatan tezroq bajariladi. Istalgan mantiqiy operatsiya qo’shish/ayirish operatsiyasiga nisbatan tez bajariladi. Har bir kompyuterda standart operatsiyalarning bajarilish davomiyligi bir-biridan farq qiladi. Keng qo’llaniladigan taqsimlangan resursli hisoblash tizimlari arxitekturasiga ko’p protsessorli tizimlar, klasterli hisoblash tizimlari, vektorli protsessorlar, VLIW protsessorlari, superskalyar protsessorlar kiradi va ular muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Ko’p protsessorli tizimlar Ko’p protsessorli tizimlarning 2 xil turi bor: 1. Umumiy xotirali 2. Taqsimlangan xotirali Umumiy xotirali tizimlarda protsessorlar soni ko’p bo’ladi ammo ular yagona, umumiy xotiraga ega bo’ladilar. Umumiy xotirali tizimlarning tipik vakili sifatida simmetrik protsessorli SMP(symmetric multiprocessors) tizimni olish mumkin. SMP tizimida har bir protsessor bir xil unumdorlikga ega va umumiy xotiraga barcha prosessorlarning murojaat huquqi hamda murojaat vaqti davomiyligi ham bir xil bo’ladi. Quyida SMP tiziming strukturasi keltirilgan. Barcha zamonaviy kompyuterlar uchun operatsion sistema uning ajralmas qismi hisoblanadi va uning dasturiy davomchisi sanaladi. Bir kompyuterning o’zida bir nechta opertasion sistema bo’lishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuterlar uchun MS-DOS, Windows, Unix operatsion sistemalari keng ommalashgan. Ularning har biri o’ziga xos xususiyatiga ega va mustaqil ravishda o’z vazifasini bajaradi. 6 Protsessor_n Kesh Protsessor_1 Protsessor_2 . ……………….………………………… . 4-rasm.SMP tizimi strukturasi. Taqsimlangan xotirali tizimlar – parallel superkompyuterlar bo’lib, ularning tipik vakili MPP (massive parallel processing) hisoblanadi. MPP tizimi ko’p miqdorda protsessor va xotiraga ega. Bu tizim yuqori tezlik ega kanal orqali bog’langan, ajratilgan mashina (tugun) massivi qilib qurilgan, superkompyuter modeli sifatida foydalaniladi. Har bir mashina (tugun) faqatgina lokal xotiraga murojaat qiladi. Bunda har bir mashina ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish yo’li orqali o’zaro bog’liq bo’lmagan jarayonlarni parallel ravishda bajaradi. Quyida MPP tizimining strukturasi keltirilgan. Asosiy xotira Arbitr shinasi Kesh Kesh Kiritsh- chiqarish Tizimli shina 7 Ssh K/CH Shina Xotira K/CH Shina Xotira K/CH Shina Xotira K/CH Shina Xotira 5-rasm. MPP tizimining strukturasi. Yuqoridagi ikkala sinf kompyuterlari ko’p hollarda ishchi sinf kompyuteri mikroprotsessorlari yordamida quriladi. Hisoblash klasteri va hisoblash tarmog’i Hisoblash klasteri kommunikatsion muhit bilan bog’langan, ko’plab tugunlardan tashkil topgan tizim sanaladi. Bunda tugunlar lokal yoki global tarmoqdagi kompyuter vazifasini bajaradi. Har bir tugun lokal xotiraga ega biroq umumiy operativ xotira mavjud emas. Klaster tarkibida turli xil unumdorlikdagi va har xil arxitektura asosida qurilgan tugunlar bo’ladi. Agar tugunlar unumdorligi va arxitekturasi bir xil bo’lsa bunday klasterlar bir jinsli deyiladi, aks holda esa har xil jinsli klasterlar deyiladi. Klasterlarning arxitekturasi MPP superkompyuterlar arxitekturasiga o’xshash bo’ladi. Aloqa kanali Kesh Kesh Kesh Kesh Protsessor Protsessor Protsessor Protsessor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling