Parallel ulash


Download 219.32 Kb.
bet3/7
Sana25.04.2023
Hajmi219.32 Kb.
#1397460
1   2   3   4   5   6   7
1 / R = 1 / R1 + 1 / R2 + 1 / R+ … + 1 / Rn
munosabatni hosil qilamiz. Qarshilikka teskari bo’lgan kattalik o’tkazuvchanlik deb ataladi. Hosil qilingan formulani bunday o’qish kerak: parallel tarmoqlanishdagi o’tkazuvchanlik uning tarmoqlaridagi o’tkazuvchanliklarning yig’indisiga teng.
4. Voltmetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak? Voltmetr zanjirning ma’lum’qismidagi kuchlanishni o’lchash uchun mo’ljallangan. U zanjirning shu qismiga parallel ulanadi. Uning ulanishi zanjirdagi tok kuchini sezilarli o’zgartirmasligi kerak. Shuning uchun voltmetrning qarshiligi kata bo‘lishi kerak. Aks holda, undan o’tayotgan tok parallel tarmoqlanishdagi umumiy tok kuchini orttiradi.

Eng oddiy elektr zanjir ham bir necha asbob va qurilmalardan iborat bo’ladi. 54-rasmda tok manbai, kalit, ampermetr, lampa va reostatdan iborat bo’lgan elektr zanjir tasvirlangan. Manbadan chiqqan elektr toki kalit, ampermetr, lampa va reostat orqali о tadi. Asboblarning bunday ulanishi ketma-ket ulash deyiladi. Ketma-ket ulashni o’rganamiz.


1. Ketma-ket ulangan zanjirda tok kuchi. Asboblar ketma-ket ul- angan zanjirning istalgan nuqtasida tok kuchi bir xil bo’Iadi. Agar shunday bo’lmaganda edi, elektr zaryadlar biror joyda to’planib qolardi. Bu suvquvur tarmog’idagiga o’xshaydi: bir joydan qancha suv oqib o’tsa. boshqa joydan ham shuncha suv oqib o’tishi kerak.

Zanjirning hamma nuqtalarida tok kuchi bir xil bo’lishiga tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Ketma-ket ulangan zanjirning turli joylariga ampermetrlar ulaymiz. Bu 55-rasmda uchta ampermetr yordamida ko’rsatilgan. Bu ampermetrlar bir xil tok kuchini ko’rsatadi.
Shunday qilib,
I1 = I2 = I3 = … In . (1-formula)


Download 219.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling