Parallel ulash


Ketma-ket ulangan zanjirdagi kuchlanish


Download 219.32 Kb.
bet4/7
Sana25.04.2023
Hajmi219.32 Kb.
#1397460
1   2   3   4   5   6   7
2. Ketma-ket ulangan zanjirdagi kuchlanish. 56-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig’amiz. Lampa, isitkich, spiral va reostatga ulangan voltmetrlarning ko’rsatishlari har xil. Ammo U1, U2, U3 va U4 kuchlanishlarni qo’shib, ularning yig’indisi umumiy kuchlanishga teng bo’lishini ko’ramiz:
U1 + U2 + U+ U4 = U.
To’rtta iste’molchi emas, balki n iste’molchi ketma-ket ulangan bo’lganda ham, butun zanjirdagi kuchlanish alohida qismlardagi kuchlanishlarning yig’indisiga teng bo’ladi:
U = U1 + U2 + U3 + … Un . (2-formula)
Shunday qilib, ketma-ket ulangan zanjirdagi umumiy kuchlanish uning har bir qismidagi kuchlanishlar yig’indisiga teng.
3. Ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligi. Tajribalardan quyidagilarni bilib oldik:
a) ketma-ket ulangan zanjirning hamma qismlaridan o’tuvchi tok kuchi bir xil. (1-formula)
b) ketma-ket ulangan zanjirning alohida qismlaridagi kuchlanishlar yig’indisi butun zanjirdagi kuchlanishga teng. (2-formula)
Ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligini topish uchun butun zanjirga va uning har bir qismiga Om qonunini qo’llaymiz:
U = RI; U1 = R1I; U2 = R2I; U3 = R3I; … , Un = RnI.
Kuchlanishlarning topilgan qiymatlarini (2) formulaga qo’yamiz:
RI =R1I + R2I + R3I + … + RnI.
Oxirgi munosabatni I ga qisqartirib:
R = R1 + R2 + R3 + … + Rn.
formulani hosil qilamiz, ya’ni ketma-ket ulanganda zanjirning qarshiligi unga ulangan iste’molchilar qarshiliklarining yig’indisiga teng.

Download 219.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling