Parmalash, zenkerlash, razvertkalash


-rasm. Spiral parmaning qismlari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana24.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1063205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Parmalash 02

2.2-rasm. Spiral parmaning qismlari 
2 . 3 - r a s m . S pi r a l p ar m an i n g e l em e n t l a r i


74 
Lentalarning eni 0,2—2,6 mm balandligi 0,1-1,2 mm bo’ladi; bu kattaliklar 
parmaning diametriga qarab o’zgarishi mumkin. 
Parmaning uchidagi burchagi 2φ — ikkita asosiy kesuvchi qirra orasida hosil 
bo’lgan burchak (2.3-rasm). Parma uchidagi burchagining qiymati parmalanadigan 
materialning xarakteriga qarab olinadi (23-jadval).
23-jadval 
 
Ko’ndalang qirraning qiyalik burchagi ψ, bu burchak asosiy kesuvchi 
qirralarning va ko’ndalang qirraning 2φ burchakning tanlab olinishi parma o’qiga tik 
tekislikka tushirilgan proeksiyalari orasidagi burchakdir; u 50-55° orasida tanlab 
olinadi. 
 
2.4-rasm. Vintsimon ariqchalari og’ish burchagining o’zgarishi 
Parmalanadigan material 
Burchak 
gradus 
Parmalanadigan material 
Burchak, 
gradus 
Konstruksion po’lat, cho’yan, 
qattiq bronza 
116 -120 
Latun, yumshoq bronza 
130 
Issiqbardosh va zanglamas 
po’latlar 
125 -135 
Alyuminiy, alyuminiy
qotishmalari, elektron, babbit 
130 - 140 
Titan qotishmalari 
90 - 120 
Ebonit, selluloid, marmar va 
boshqa mo’rt materiallar. 
80 - 90 


75 
Vintsimon ariqchaning qiyalik burchagi ω, bu burchak parmaning o’qi bilan 
vintsimon chiziqqa parmaning sirtqi diametri bo’yicha o’tkazilgan urinma orasida 
bo’ladi. 2.4-rasmdan ko’rinib turibdiki, vintsimon ariqchaning qiyalik burchagi 
parmaning chetida eng katta qiymatga erishadi,parmaning markaziga yaqinlashilgan 
sari bu burchakning qiymati kamaya boradi. Vintsimon ariqcha qiyalik burchagining 
qiymati quyidagi formuladan topiladi: 

𝒕𝒈𝝎 =
𝝅𝑫


𝑯
(24) 
bu yerda D - parmaning diametri, m m hisobida; H - vintsimon ariqchaning qadami, 
mm hisobida. Vintsimon ariqchalar qiyalik burchagining qiymati 18 - 30°ga teng 
qilib olinadi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling