Parodont kasalliklari bor bemorlar xirurgik operatsiyada suyak to`qimasi plastikasi va transplantatsiyasi. Auto va transplantatsion osteoplastik materiallar


Download 72.24 Kb.
bet3/5
Sana07.03.2023
Hajmi72.24 Kb.
#1248051
1   2   3   4   5
Bog'liq
Parodont kasalliklari bor bemorlar xirurgik operatsiyada suyak to

.

Suyak bilan mustahkam kimyoviy bog‘liqlikni hosil qilish xususiyati GA-keramikaning asosiy ustun tomoni hisoblanadi. GA lahtakli operatsiyalarni o‘tkazish vaqtida parodont to‘qimalarining suyak nuqsonlarini o‘rnini to‘ldirish uchun keng qo‘llaniladi. Bunda tishlarning siljishi kamayadi, yallig‘lanish jarayonining asoratlari kuzatilmaydi, osteo- va sementogenez, tish va milk birikmalari hosil bo‘lish jarayonlari optimallashadi, parodontal cho‘ntaklarning chuqurligi kamayadi. GA ishlatilmaydigan lahtakli operatsiyalarda faqatgina 44 % holatlarda yaxshilanish kuzatiladi. GA turli shakllari o‘rtasida sezilarli o‘zgarishlar (bloklar yoki granulalar ko‘rinishida) aniqlanmagan.

.

Parodont to‘qimalarining yo‘naltirilgan regeneratsiyasi uchun sun’iy membranalar. Parodontdagi lahtakli operatsiyalar davomida birinchi marta membranali to‘siqlar S. Nyman va hammualliflar (1982) tomonidan qo‘llanilgan. Ular kichik teshikli filtrdan foydalangan holda, uni milk to‘qimalari va tish ildizlari yuzasi orasiga joylashtiradilar. Bu orqali milk lahtaklarining ochilgan ildiz yuzalari bilan bog‘lanishi, epiteliyning o‘sib ketishiga to‘siq qo‘yilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida peridontal bog‘lamni hosil qiluvchi to‘qimalarning o‘sishi uchun sharoitlar yaratilgan edi. Ularning ahamiyati shundaki, faqatgina periodontal to‘qimalargina sementoblastlarga aylangan holda, boshqa to‘qimalarning o‘sishiga to‘sqinlik qilib, natijada yangi milk va tish birikmasining shakllanishiga olib keladi.

.

Tog‘aysimon (kollagensimon) membranalar faqatgina S. Card va hammualliflar (1989) tomonidan o‘rganilgan. Material qoramol ko‘richagi qavatidan olinib, xromlangandan so‘ng chok materiali sifatida qo‘llaniladi. Tadqiqotlar vaqtida bunday membranalar epitelial plastning o‘sishiga to‘sqinlik qilib, 4 – 8 hafta muddat ichida parchalanib ketgan. Biroq, nazorat tadqiqotlariga nisbatan ushbu membranalarning yaqqol ustun tomonlari aniqlanmagan. Ushbu materialni tayyorlash va saqlashning murakkabligi, ularni qo‘llanilishini shubha ostiga qo‘yadi.


Download 72.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling