Parodont kasalliklari bor bemorlar xirurgik operatsiyada suyak to`qimasi plastikasi va transplantatsiyasi. Auto va transplantatsion osteoplastik materiallar
Download 72.24 Kb.
|
Parodont kasalliklari bor bemorlar xirurgik operatsiyada suyak to
.Kollagen tutuvchi materiallar. Yirik shoxli qoramol terisidan tayyorlangan hayvon kollageniga katta qiziqish bildiriladi. Qayta ishlash jarayoni davomida issiqlik peptidlari bilan bog‘liq ravishda uning antigenlik xususiyatlari pasayadi (lekin to‘liq yo‘qolmaydi, bu esa yuqori sezgirlik reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin). V.S. Ivanovning (1987) ta’kidlashicha, kollagen asosidagi osteoplastik materiallar (kollaost, gidroksiapol, kollapol, gapkol, linko-gap, sintost, kolap) suyak bo‘shliqlarida yaxshi modellashib, ularni zich to‘ldiradi, qabul qiluvchi joy bilan yaxshi muloqot o‘rnatiladi va bunda gemostatik funksiyani ta’minovchi g‘ovaklilik xususiyatini saqlab qoladi. Materialning yuqori gigroskopikligi uning tuzilmalarini antibiotiklar, antioksidantlar, yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan to‘yintirish imkonini beradi va bu bilan asoratlarning rivojlanish ehtimolligi pasayadi. Biroq, parodontitga xos yaqqol namoyon bo‘lgan yallig‘lanish va proteoliz sharoitlarida nativ kollagen preparatlari yallig‘lanishga qarshi uzoq muddatli va reparatsiyani tezlashtiruvchi ta’sir etmay, tez so‘riladi. Shuning uchun, biologik muhitda kollagenning yanada stabil bo‘lishi uchun, uni gidroksilapatit (GA) bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, mikrokristallik material asosidagi "Avitene" preparati o‘zida kalsiy-fosfatli keramikani saqlaydi. Pishiqlikni oshirish uchun sintetik tolalar (neylon) qo‘shiladi.Gidroksilapatit. Implantatsiya joyida reparativ osteogenezni tezlashtirish maqsadida kalsiy-fosfatli keramikaning qo‘llanilishi bo‘yicha tadqiqotlar 1920 yildan boshlab o‘tkaziladi. Biroq, yuqori nisbiy maydonga ega bo‘lgan ushbu preparatlarni klinik amaliyotda qo‘llagan vaqtda suyak bitishi jarayonining sekin kechishi yoki umuman bo‘lmasligi aniqlangan. Ushbu sharoitdan kelib chiqqan holda, klinik maqsadlar uchun implantat sifatida qattiq kalsiy-fosfatli keramika namunalarini qo‘llash ustun turdi. Gidroksilapatit asosidagi materiallar shartli ravishda ikkita asosiy turga bo‘linadi: 1) so‘riluvchan gidroksilapatit, u o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: mayda zarrali kukunlar, masalan ostim-100 va so‘riluvchan GA kukunlari, xususan GA-100; 2) yuqori haroratli keramika (so‘rilmaydigan) bo‘lib, uning tarkibiga kukunlar, (gidroksiapol), granulyatlar va blokli keramikalar kiradi. So‘riluvchan GA xona haroratida suyuq fazali reaksiyada sintezlanib, past kristallilik, yuqori sorbsion xususiyat, biologik muhitda nisbatan yuqori so‘riluvchanligi bilan xarakterlanadi. So‘rilmaydigan GA 800-10000S da isitilgandan so‘ng olinib, bunda uning kimyoviy stabil, umuman suvda erimaydigan kondensatsion-kristallik shaklga fazali o‘tishi ro‘y beradi. Mayda zarrali GA tayyorlash jarayoniga kriogen bosqichini kiritish vaqtida olinadi.Download 72.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling