Parrandachilikda parrandalarni saqlash va parvarishlash texnologiyasi Reja


Download 21.09 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi21.09 Kb.
#1149654
1   2
Bog'liq
Parrandachilikda parrandalarni saqlash va parvarishlash texnologiyasi

O‘rdaklar-suvda va suvsiz sharoitda boqilib, go‘sht va tuxum etkazib beradi. Go‘sht yunalishidagi o‘rdaklar fermalarda o‘stirilib, 50-55 kunligida og‘irligi 2,2-2,5 kg ga etadi. Inkubatsiya tuxumlari uchun ona o‘rdaklar polda, qalin to‘shamada saqlanib, doimo yayratish maydoniga chiqib yuradi. O‘rdakxona bo‘limlarga bo‘linib, har bo‘limda 25-75 bosh saqlanadi va tug‘ish uchun 50x30 sm kenglik va 20 sm balandlikdagi yashikchalar o‘rnatiladi. O‘rdaklar 1 m2 pol yuzasiga 2 - 3 boshdan joylashtirilib, o‘rdakxona harorati +140S, nisbiy namlik 70-80 % bo‘lishi va yorug‘lik 15-16 soat berilishi zarur.
Ixtisoslashgan xo‘jaliklarda o‘rdak jo‘jalari katakli batareyalarda 10 kunligigacha 30 boshdan saqlanadi. Bu vaqtda harorat +280 -300S va nisbiy namlik 65-70% bo‘lishi lozim. O‘rdak jo‘jalari 30 kunligidan bo‘rdoqiga boqilib, 55 - 60 kunligida tirik vazni 2,1-2,3 kg etadi. Mahalliy ozuqalar bilan boqilib suvda saqlanadigan o‘rdaklar 2 - 3 haftaligidan keyin suvga qo‘yiladi. Havzada suvning harorati +140S bo‘lishi va 1 ga suv havzasiga 200 boshgacha o‘rdak qo‘yiladi. Suvda boqilganda 30% gacha ozuqa kam sarflanadi.
G‘ozlar-yaxshi sifatli go‘sht berib, uning jigaridan tayyorlangan konserva dunyo miqyosida dietik ozuqa hisoblanadi. Ona g‘ozlar mexanizatsiyalashgan g‘ozxonada qalin to‘shamada saqlanadi. G‘ozlar 1 m2 pol yuzasiga 1,5 bosh hisobidan, har bir bo‘limga 25 boshdan joylashtiriladi. Bino yoniga yayratish maydoni qurilib ikkiga bo‘linadi, ya’ni birida oziqlanadi, ikkinchisida dam oladi. Ular yaylov ozuqalarida ham boqilishi mumkin (2 kg gacha o‘t is’temol qiladi). Go‘sht uchun jadal usulda boqilsa 60 - 75 kunligida tirik vazni 4-5 kg ga etadi. Binoning poliga ohak sepilib (1 kg/m2), ustidan qum va uning ustidan to‘shama solinadi. G‘ozlarning yoshiga qarab havoning harorati 5 kunligigacha +250 - 260S, 6-15 kunligida +230 - 240S, 16-30 kunligida +180 - 220S bo‘lishi kerak.
Yozning issiq paytlari bostirma tagiga o‘tkazilib 5 - 6 boshga 1 m2 joy ajratiladi va har bo‘limda 800 - 1000 boshgacha saqlanadi. Havoning sovuq vaqtlarida yopiq binolarda 150 - 175 boshdan guruh holida saqlanib, harorat +140S bo‘lishi lozim. G‘ozlar uchun yorug‘lik kuni 15-17 soat, sun’iy yorug‘lik esa 10 vt/m2 bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar

  1. Suvonqulov Y.A. "Qishloq xo‘jaligi hayvonlari gigiyenasi" Toshkent, 1994 y.

Qo‘shimcha adabiyotlar.
1. Kuznetsov A.F., Demchuk M.V. – «Gigiyena selskoxozyaystvennыx
jivotnыx» Moskva, 1991

  1. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotnыmi». Minsk, 2007

  2. Kochish I.I., Kolyujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiyena», Moskva, 2008

4. Selyanskiy V.I. «Mikroklimat v ptichnikax» Moskva, 1995
Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling