Asosiy adabiyotlar: Suvanqulov Y. A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigiyenasi»


Download 23.48 Kb.
bet1/5
Sana22.11.2023
Hajmi23.48 Kb.
#1794550
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 mavzu


1 MAVZU: KIRISH. UMUMIY ZOOGIGIYENA
Reja:

  1. Zoogigiyena fanining ta’rifi, maqsadi va vazifalari

  2. Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari

  3. Fanning qisqacha rivojlanish tarixi

Asosiy adabiyotlar:

  1. Suvanqulov Y.A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigiyenasi»

Toshkent, 1994
Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Kuznetsov A.F., Demchuk M.V. – «Gigiyena selskoxozyaystvennыx jivotnыx» Moskva, 1991

  2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotnыmi». Minsk, 2007

  3. Kochish I.I., Kolyujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiyena», Moskva, 2008

Tayanch iboralari:
Fanning ta’rifi, maqsadi, vazifalari, o‘rganish usullari, tajriba, fizik, kimyoviy, biologik, fiziologik kuzatuv, sanitariya tekshiruv, havo, tuproq, suv, oziqa, molxona, mikroiqlim ko‘rsatgichlari, tashqi muhit va organizm.


Zoogigiyena fani chorva mollari va parrandalarga tashqi muhitni, ya’ni iqlim, tuproq, suv, o‘simliklar, saqlash va boqish usullarining ta’sirlarini, chorva mollari, parrandalarni saqlash sharoitlarini, Chorvachilik fermalarini sanitariya holatini himoya qilish hamda zararli ta’sirlarning oldini olish usullarini o‘rganadi.
Zoogigiyena ( grek tilida Zoon – hayvon, gigienos – sog‘liq) hayvonlar sog‘ligiga tashqi muhit ta’sirini o‘rganadigan fandir. Sanitariya – gigiyena me’yorlari, talablari va qonun qoidalarini amalga oshirish demakdir. Uning asosiy muammosi – organizm bilan tashqi muhitning o‘zaro munosabati – hozirgi vaqtda muhit bilan organizmning o‘zaro ta’siri va birligi deb talqin qilinadi.
I.M.Sechenov fikricha «Organizmning hayotini quvvatlab turadigan tashqi muhitsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi». Shuning uchun ham organizmning ilmiy ta’rifiga unga ta’sir qilib turadigan muhit ham qushilishi kerak, Chunki organizm Shu muhitsiz yashay olmasligi va chambarchas bog‘ligligini I.P.Pavlov ham ilmiy yo‘l bilan asoslab bergan.
Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining umumiyligi, Shuningdek, ular o‘rtasida bo‘ladigan moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining tinmay bo‘lib turishi bilan isbot etiladi. Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri organizm jarayonlaridan nafas olish, oziqlantirish, issiqlikni boshqarilishi (termoregulyasiyA. va boshqalarni o‘zgartirish bilan namoyon bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning ana Shu ta’sirlari, sifati va miqdoriga bog‘liqdir. Tashqi muhit omillari hayvonlar va parrandalar sog‘lig‘iga Yaxshi ta’sir qilish ham, yomon ta’sir qilishi ham mumkin.
I.Pavlov odam kuchi va sifati odatdan tashqari bo‘lgan omillar ta’siriga uchrab qolganida kasallik kelib chiqadi, Chunki bunda tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi muvozanat buziladi deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Tirik organizmga ta’sir ko‘rsatib turadigan tashqi muhit omillarini, ularning tabiatiga qarab, bir necha guruhga bo‘lish mumkin.
Fizik omillar jumlasiga havoning harorati, namligi, harakat tezligi, atmosfera bosimi, Quyosh nurlari (radiatsiyA., shovqin, tebranish va boshqalar kiradi. Kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv va oziqa tarkibiga kiradigan elementlar va birikmalarning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi. Patogen mikroblar, zamburug‘larni ba’zi turlari, gelmintlar, hashoratlar biologik omillardir. Bular organizmga ta’sir qilar ekan infeksion yoki parazitar kasalliklarni keltirib chiqaradi
Fanning maqsadi - Chorvachilikni rivojlantirishning gigienik ahamiyati, xalq xo‘jaligiga keng joriy qilinishi, turli chorva mollari va parrandalarni saqlashda gigiyena talablarini amalga oshirishdir. Hayvonlarni sogligi va tabiiy chidamliligi, yangi sharoitga moslashishi, tashqi muhit faktorining o‘rni, har xil sharoitlarda hayvonlarni saqlash usullari, Chorvachilik mahsulotlarini etishtirishda zoogigienik chora tadbirlar, tuproq, suv, xavo, oziqa, molxonalar gigiyenasi, zoogigienik tadbir choralarini iqtisodiy samaradorligini o‘rganish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iboratdir.

Download 23.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling