Asosiy adabiyotlar: Suvanqulov Y. A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigiyenasi»


Download 23.48 Kb.
bet4/5
Sana22.11.2023
Hajmi23.48 Kb.
#1794550
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 mavzu

Umumiy gigiyena Havo, tuproq, suv, oziqa, molxonalar gigiyenasi, mollarni yaylovda boqish-saqlash, mollarni parvarish qilish, hayvonlarni tashish va haydash, chorva xodimlarini shaxsiy va umumiy gigiyenasini o‘rganadi.
Xususiy gigiyena - qoramol, Cho‘chqa, qo‘y, parranda, ot, quyon va mo‘ynali hayvonlar, itlar, asalari va havza baliqchiligi gigiyenasini o‘rganadi.
Zoogigienistlar turli tashqi muhit omillarining hayvonlar sog‘lig‘iga va mahsuldorligiga qanday ta’sir qilishini o‘rganib, zararli ta’sirlarni bartaraf etish va yo‘qotishni, kasalliklarga qarshi kurashni, mollarni saqlash va boqish sharoitlarni Yaxshilash, odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan insoniyatni quriqlashni kuzda to‘tadigan me’yor va qoidalarni ishlab chiqadilar.
Zoogigiyena o‘z kuzatuvlarini qayd qilib boradigan talab hamda me’yorlarni beradigan fan bo‘libgina qolmay, sanitariya ishi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib atrof – muhitni muhofaza qilish bilan birga uni zarur bo‘lganda o‘zgartirishga ham intiladigan amaliy fandir.
Fanning qisqacha rivojlanish tarixi - har qanday fanning taraqqiyoti ijtimoiy formatsiyalar evolyusiyasi bilan, texnika va madaniyat taraqqiyoti bilan mahkam bog‘langandir. Shu nuqtai nazardan gigiyena tarixi turli davrlardagi ijtimoiy va iqtisodiy shart – sharoitlar ta’sirini aks ettiradigan bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Zoogigiyenaning rivojlanish tarixi X1X asrning yarmidan sistemaga solinib, mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq, odamlarning kuzatishlari va hayot tajribalariga asoslangan amaliy sanitariya chora tadbirlari juda qadim zamonlardayoq amalga oshirilgan. Ba’zi bir gigienik chora tadbirlar mollarni saqlash va ularni parvarish qilish, ularni sog‘lig‘ini saqlash, naslini Yaxshilash kabilar o‘tgan eradan boshlagan. Bu ishda arablarning xizmati katta, ya’ni universitetlarda otlar gigiyenasi borasida darslar olib borilgan, natijada arab ot zotlari kelib chiqqan.
Rossiya sharoitida zoogigiyena fani krepostnoylik huquqi bekor qilinishi, chet davlatlardan naslli mollar keltirilishi davrida rivojlana borgan. Natijada ba’zi bir o‘quv qullanmalari bosmadan chiqarilgan. XX asr boshida G‘arbiy Evropada M.Klimerni «Veterinariya gigiyenasi» o‘quv qullanmasi chiqadi. I.P.Popov, G.I.Svetlov, N.P.CHervenskiylarni «Zootexniya» qullanmasi chiqadi. Bunga qadar zoogigiyena faniga fan tariqasida yaqindan e’tibor berilmagan. 1930 yillarga kelib Chorvachilikni rivojlantirish, olinadigan mahsulotni sifatini Yaxshilash, miqdorini oshirish borasida katta ishlar qilinishi tufayli ilmiy tekshirish institutlarida zoogigiyena laboratoriyalari va institutlarda kafedralari ochildi.

Download 23.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling