O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IX-X asrlarda Samoniylar davrida
maktab va ta’lim-tarbiya tarixida uyg’onish davri. REJA
q. Samoniylar davridagi ta’:lim-tarbiya w. Muxammad In Musa al-Xorezmiyning yoshlarga tabiy va matematik bilim berish fikrlari. e. Abu Nasr al-Farabiy ta’lim-tarbiya haqida r. Abu Rayxon al-Beruniyning ta’lim-tarbiyaviy va ilmiy qaroshlari t. Ibn-Sinoning ta’lim-tarbiyaviy fikrlari.
Foydalanilgan adabiyotlar q. Xoshimov K, Nishonova S, Inomova M, Pedagogika tarixi T-qooy w. Zunnunov A, O’zbekiston pedagogikasi tarixi T-qoou y e. Aleu ov U, Qoraqalpog’itonda ta’lim-tarbiyaviy uylarning yaratilishi va rivojlanishi. N-qooey r. Yuldoshev J, Xasanov S, Avestoda axloqiy ta’:limiy arashlar, T-w00q t. IrisovA. Abu Ali Ibn Sino hayoti va ijodiy merosi. T-qoo0 y. Obidov A, Abu Rayxon Beruniy va yangi nazariya. T-qooq u. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. T-w00t
IX asr oxiriga kelib Markaziy Osiyoda Somoniylar hukmronligi shakllandi, keyin Toxiriylar, Xorazmshoxlar, Gaznaviylar davlatlari faollik ko’rsatadi. Buxoro, Samarxand, Mari, Ko’hna Urganch, Xiva kabi shaharlar o’z davrining madaniyat markazlari sifatida shuhrat qozondi. Bu markaziy shaharlar ulkan musulmon Sharqining turli o’lkalarini Garb va Sharq, Shimol va Janub mamlakatlarini bog’lab turuvchi :ana’nalarini davom ettirgan holda aloqa manbay sifatida mashhur bo’ladi. Markaziy Osiyo feodal davlatlari o’sha musulmon davlatlar bilan yaqindan aloqada bo’ladi, Erli olimlar boshqa o’lkalarga borib ilm olish, hamkasblari bilan yaqindan muloqatda bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Abu Nasr Farabiy-o’rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri qadimgi yunon falsafasining Shardagi eng yirik davomchisi va targ’iotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida iue yili tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida tahsil oldi, so’ng Arab xalifaligining markazi Bag’dod shahriga borib u erda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarining mutolaa qilish, turli tillarni o’rganish bilan shug’ullandi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiachisi, shoiri, omusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U {Aql haqida risola}, {Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak}, {Substantsiya haqida}, {Falsafa manbalari}, {Logikaga kirish}, {Masalalar manbai} kabi qy0 dan ortiq risolalar yaratdi. Umrining so’ngi yillarida Damashkda yashadi. ot0 yili vafot etdi.
Farabiyning pedagogik ta:limtlari o’z davri uchun ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo’lib, insonparvarllik g’oyalari bilan sug’orilgan. Uning uqtirishicha insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa etuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish uni baxt-saodatga eltish har qanday jamoa boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor. Farabiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi mumkin. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni-bilimli bo’lishga, to’g’rilikni, haqiqatni sevishga jasur do’tlarga sadoqatli bo’lish kabi fazilatlarni egallashga iytimog’i lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak. Olim ta:lim faqat o’z va o’rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba ilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish- harakat, kasb-hunarga o’rganishdan iborat deb hisoblaydi. Demak, Farabiy ta:lim va tarbiya berishni ir-biridan farq iladi. Ta:lim so’z bilan bir narsani o’qtirish, o’rganish bilan amalga oshiriladi, yoshlar nazariy bilimlarni shu ta:lim yordamida egallaydilar. Tarbiya esa amaliy faoliyatda namoyon bo’ladi, yoshlarga u ma:lum ish-harakat, kasb- hunar, odob orqali singdiriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy ilim bilan amaliy harakat-odat, malaka, faoliyat birlashib boradi, etuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi. Farabiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta’:lim oluvchi shaxsga yakka holda yondashuvni, uning tabiy, ruhiy va jissmoniy hislatlarini nazarga olish zarurligini ta:qidlaydi. U bu haqida shunday yozadi: {u barcha tabiiy hislatlarni, ularni oliy kamolatga etkazish shu yoki kamolatga yaqin bo’lgan darajaga ko’tarishga xizmat iluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muhtojdir. Insonlar turli ilm, hunar faoliyatga moyilligi va qobiliyatligi bilan taiatan farq qiladilar. Teng tabiy hislatlarga ega bo’lgan odamlar esa o’z tariyasi (malakalari) bilan tafovut qiladi. Tarbiyasi jihatdan teng bo’lganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi bilan bir-birlaridan far qiladilar}. Tarbiya jarayoni Faraiyning fikricha tajribali pedagog o’ituvchi tomonidan tashkil etilishi, bosharilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yunaltirilishi lozim, chunki {har bir odam baxtni va narsa-hodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga uning uchun o’qituvchi lozim} Farabiy insonga hos bo’lgan va uning ma:naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutning rivojlanishini ta:lim-tariyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. Farabiy insonni dunyo taraqqiyotining eng mukammal va etuk yakuni deb biladi. Shunga ko’ra, u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan masad asosiy o’rinda bo’lishini aytadi. Farabiy ta’lim-tarbiyada tabiyat hodisalaridan foydalanish va bu yo’lda boshqa kishilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lib, jamiyatning ichki tartib-qoydalarini to’g’ri o’rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni etishtirish zarurligini ta:qidlaydi. Farabiy insonning ma:naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va axloqiga e:tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha, insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog’i lozim. Demak, ta’lim- tarbiyaning birdan-bir vazifasi jamiyat talablariga to’la-to’kis javo bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. {Ideal shahar aholi ilmining fikrlari} hamda {Baxt-saodatga erishuv haqida} nomli risolalarida olimning bu fikrlari aniq ifodalangan. Farabiy ta’lim-tarbiya ishiga kirishish, uni oshlashdan avval odamlarning shaxsiy hislatlarini ilish lozimligini aytadi. Uning fikricha insonning hoqish, itiyor, ifoda, yaxshilik va yomonlik kabi hislatlarini, nimaga qobiliyati borligini aniqlamay turib ishga kirishish kutilgan natijani ermaydi.
Olimning o’qtirishicha, kimki eng go’zal va foydali kashf etish fazilatiga ega bo’lsa va kashf etgan narsasi chindan ham o’zining va boshqalarning istagiga muvofiq bo’lsa, u hayrli va foydali bo’ladi. Farabiy ta’lim-tarbiya usullari haqida shunday yozadi: {Amaliy fazilatlar va amaliy san:atlar kasb-hunar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yul bilan hosil qilinadi: birinchi yul-qanoabaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb-intilish, harakatga aylantiriladi Ikkinchi yul (yoki usul)-majbur etish yulidir. Bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlarga nisbatan ishlatilardi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir. Ammo ulardan qaysi biriki, nazariy bilimlarni o’rganishga astoydil kirishsa hamda fazilati yaxshi bo’lib, kasb-ho’narlarni va juz:iy san:atlarni egallashga intilishi bo’lsa, bunday odamlarni majbur etmaslik, maqsad ularni fazilat egasi qilish va kasb-hunarga ahllarga aylantirishdir} Tarbiya berish usuli, Farabiyning fikricha ikki turli bo’ladi. {Avvalgi usul-sana’tni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga intilish usuli. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa, muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi}. Farabiy bilimdon, ma’:rifatli etuk odamning obrazini tasvirlar ekan bunday deydi: {Har kimki ilm-hikmatni o’rganaman desa uni yoshligidan boshlasin, sog’-salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, barcha qonun-qoydalarni bilsin bilimdon, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin} Bu fikrlardan Farabiyning ta’lim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy-axloqiy tarbiyaga aloxida e:tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning etiqodicha, bilim, ma:rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola etuk bo’lib etishmaydi. Olim, daraxtning etukligi uning mevasi bilan bo’lganidek, insonning barcha hislatlari ham axloq bilan yakunlanadi, deydi. Farabiy o’z davridagi yoshlarni ta’:lim, bilim, hunar egallashlari, faoliyat ko’rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi hususida fikrlar bildirdi. U fikrlar hozir ham ta’lim-tarbiyada g’oyat muhimdir. Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqiyotiga katta hissa qo’shgan zo’r iste:dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o’lmas ilmiy asarlari jahon tarixida va taraqqiyotida benihoyat yuksak ahamiyatga molikdir. Abu Rayhon Beruniy oue yili r sentyabr: (hijriy eyw yil w-zulhijja) kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga keladi. Bulajak olimning yoshlik chog’lari jamiyatning eng kuyi doirasida kechgan, o’sha paytlaridayoq turmushning achchiq-chuchugini tatib ko’rgan. Arab istilosi davridan boshlab (VII asr) Xorazmda ikki mustaqil hokimiyat-shimoliy qismda Majdakxon, Garbiy qismda Gurnanj (ko’hna Urganch) shahri yuzaga keladi. X asrga kelib bu erda Ma:muniylar sulolasi hukmronlik qildi. oot yili Gurganj amiri Ma:mun ibn Muxammad Kotni bosib oladi, hukmdorini o’ltirib, o’zi Xorazm shohi bo’ladi. Orol bo’yidagi davlatlar, Volga buyi, Shimoliy Kavkaz, Kiev Rusi bilan aloqa o’rnatadi. Abu Rayhon Beruniy ana shunday tariixiy voqealar yuz berayotgan davrda yashadi. U yoshlikdan ilm-fanga qiziqadi. Xorazmda shuhrat qozongan olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo’lida ta’lim oladi, fanning turli sohalari bilan shug’ullanadi, butun Sharqning fan va madaniyatini o’rganadi, ona tilidan tashqari arab, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal egallaydi. Hindistonda sanskrit tilini o’rganadi. Abu Nasr ibn Iroq Beruniyni abu Rayhon deb ataydi. Beruniy oot yili Kotda afrigiiylar hokimiyatiga barham berilgach, Xorazmdan chiqib ketib, Eronning Ray shahrida istiqomat qiladi. Jurjon (Gurgon) shahriga kelib, bu erda {O’tmish yodgarliklari}, {Kamtarlar yoki oq kiyimdagi kishilar tarixi} asarini yozadi.
Ray shahri hukmdori Qobus ibn Vashmar (q0qw yilda o’ldirilgan) Abu Rayhon Beruniyni o’z himoyasiga oladi, vazirlik lavozimini taklif qiladi. Ammo, olim Abu Abbos Ma:mun ibn Ma:mun II (q00o-q0qu) Beruniyni Urganchga chaqirtiradi, unga katta hurmat ehtiromda bo’ladi. Beruniy saroyda to’plangan olimlarga rahbarlik qiladii, shoh Ma:mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faoliyat ko’rsatadi. Beruniy Xorazmda ekani paytida zamondoshi, buyuk tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sino bilan birga ilmiy ishlar olib boradi. q0qu yili Xorazmni Mahmud Gaznaviy bosib olgach Beruniy boshqa Xorazmlik olimlar qatorida Gaznag’a olib ketiladi va umrining oxirigacha shu erda qoladi. Beruniy o’n uch yil davomida Maxmud Gaznaviy hukmi ostida bo’ladi. Gaznadalik paytida u geografiya va geodeziyaga oid {Tahdid} asarini yozadi. q0wo yili astronomiya va astrologiyaga oid {Tafhimi avoil san:aat attanjam} (Astronomiya san:a’ti asoslari) darsligini yozadi. q0e0 yili {Hindiston} deb nomlanuvchi mashhur asarini yaratadi. {Aql va ma:rifatda hali unga o’qshash biror kishini davron yarata olgani yuq}-deb yozgan edi XIII asr tarixshunosi Ekut. Beruniy q0ri yili dekabrda Gazna shahrida vafot etadi. Beruniy o’z didaktik qarashlarida tabiyat, jamiyat hodisalariga, turmush voqealariga qolisona baho berish-inson tabiyatini bildiruvchi omil ekanligini ta:qidlab, kishilarni voqealarga mustaqil va ongli munosabatda bo’lishga undaydi. Olimning ta:qidlashicha, sezgi o’z qo’zg’otuvchi a’:zolar orqali yuzaga keladi. Qo’zg’otuvchilar bir me:yorda bo’lsa, yoqimli va zararsiz, agarda me:yordan ortiiq bo’lsa, dardli va halokatli bo’ladi. Ko’rish sezgisini nur qo’zg’atadi, eshitish, hidlash havo bilan burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo’ladi, ta’m-ozuqaning ma’zasi bilan vujudga keladi. Bu to’rt sezgini his etuvchi maxsus a’zolar tanada mavjuddir. Beshinchi sezgi esa, butun badanda voqeadir. Beruniy inson ana shu xususiyatlari bilan barcha mavjudotlardan ustunligini ta’kidlab, inonning asosiy vazifasi mehnat orqali ko’zlagan maqsadiga erishish, yaxshilik ko’rishdir, degan g’oyani olg’a suradi. Beruniy {Mening qalbim ikki biqinim o’rtasida turib, ko’zlarning ko’rgani, quloqlarning eshitganini anglaydi,}-der ekan u bilim eshitish va ko’rish orqali egallanishi va u qalbga bog’liqligini ta’kidlaydi. Beruniy yaratgan har bir ishining kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliiqtirmaydigan bo’lishiga etibor beradi. Beruniy yozadi: {Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir, hadeb bir narsani o’qiy berish zerikarli bo’ladi va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli-tuman bog’lorda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’don o’tar-o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Kishi ularning hammasiini ko’rgisi va tomosha qilgisi keladi {Har bir yangi narsa rohat bag’ishlaydi} deb behuda aytilmagan}. Beruniy mehnatni ullug’laydi, ayniqsa, olimlar mehnati tufayli ilmiy yodgorliklar bunyod etilishini ta’kidlaydi. Uningcha, yozish xabar turlarining biri bo’lib, uni boshqa turlardan ko’ra sharafliroq sanash mumkin: qalamning abadiy izlari o’lmaganda , xalqlarning xabarlarini bilib bo’lmaydi. Beruniy kishilar hayotidagi yomonlikni qoralaydi. Uning fikricha, bu illatni yuqotishning asosiy yo’li uning ildizlarini topish va kesib tashlashdir. Yomonlikning shohobchalari ko’p, ammo ularning asosiy uch narsa: ta’ma, g’azab, yuz ilmsizlikdir. Agarda bu asoslar kesib toshlansa shohobchalar quriydi. Bu asoslarning negizi esa ishtaha va g’azadir. Ishtaha insonga eng kuchli va eng halokatli dushman bo’lib, insonni ovqatlarni tanovul qilish lazzati va uch olish zavqi bilan aldaydilar. Olimning tushuntirishicha bu illatlar ranj va gunohga olib keladi. Ularning ta:siriga berilib ketgan kishi inonlilik qiyofasini yuqotadi. Beruniy rostguylik, to’g’riso’zlikni ulug’laydi, yolg’onchilikni odamlar o’rtasiga nizo soluvchi illat sifatida qoralaydi. Beruniy rostguylikni adolat bilan barobar quyadi. Uning fikricha, xalq adolatni sevgani kabi, rostguylikni ham sevadi. Ammo uning mohiyatini yoqimliligini bilishni istamaydigan kishi uni sevmaydi. Beruniyning ma’rifat va bilimdonlik darajasi, kishilarning mulohaza yuritish holati to’g’risida bildirgan fikriga ko’ra, har bir narsani aniq sinchiklab o’rganish, bilish, bundan so’ngina bir xulosaga kelish kerak. Beruniy bu ishda tajribaga asoslanishni alohida uqtiradi, nodonlik, erinchoqliq, ilmsizlikni tanqid qiladi. Beruniy muruvvat va futuvvat (shafat)ni yuksak hislat ekanini ta’kidlar ekan, bu fazilatlar kishining asl zoti, kelib chiqishiiga bog’liq emasligini, kishining qilg’an hayr va yaxshiligi muhim ekanligini uqtirdi. Beruniy o’z didaktik fikrlarinii yakunlab dedi: Karamning nihoyasi o’zni fido etishdir, Shavqatlilar ichida eng shavqatlisi ham ertalab ham kechqurin. Dushmanga zarba, do’stga foyda keltirgan kishidir. Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi, ilm-fanning gullab yashnashida, odamning baxti esa, uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra hayr-ezgulika intilishi, sun:iy obru, shuhrat qozonish uchun muruvvat va shavqat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidladi. Beruniy olga surgan insonparvarlik g’oyalari, ta’lim-tarbiya xususidagi fikr-o’gitlari mutasqillik davrida ham yoshlarni barkamol qilib etishtirishga xizmat qiladi. Ibn Sino butun musulmon Sharqining qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashur namoyandalaridan biridir. Ibn Sino o’rta asr fanining turli sohalari-falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslik, badiy adabiyot buyicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi, uning rivojiga katta hissa qushdi, o’z davridda {Shayx urrays} (Olimlar raysi) unvoni bilan taqdirlandi. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona (hozirgi Vobkent tumani) da oi0 yili tugildi. U davrda Buxoro Somoniylar davlatining markazi bulib, shaharda hunarmandchilik savdo-sotiq sohalarida eng rivojlangan, iqtisodiy, ilmiy va madaniy tomondan tarakkiy etgan mashur shaharlardan hisoblanardi. Ibn Sino maktabda o’qidi, turli ustozlardan saboq olib o’z davri ilmlari-matematika, mantik, astronomiiya, qonunshunoslik, fizika, falsafa asoslarini egalladi, xususan tibbiyot ilmini egallashga qiziqdi, tabiblik bilan shug’ullandi. U o’z davrining etuk olimlari-Au Rayhon Beruniy, Masihdi, Ibn Iroq Abu Xayr Xammar bilan muloqatda bo’ldi. Ibn Sino o’z asarlarini usha davr ilmiy-adabiy tillari-arab va fors tilarida yozadi, rt0 dan ortiq asar yaratdi, Ibn Sino q0eu yili vafot etadi. Ibn Sino {Tib qonunlari} asarida inson hayoti, uning faoliyati faqat uni urab olgan tabiat va tabiy hodisalardan tashqaridagi narsalarga muhtojlik sezadiki, u narsalarni faqat mehnat qilish bilan yaratadi, lekin bu narsalarni faqat o’z mehnati bilan amalga oshira olmaydi, ularni yaratish uchun jamoa a’zolari o’zaro yaxshi munosabatda bulishlari kerak. Bu munosabat til, ma’nali ovozlar orqali yuzaga keladi. Yaxshilik odamlarni inoqlikka, yomonlik esa kelishmovchilikka olib boradi. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, yaxshi odat, yaxshi xulq va yomon xulq haqidagi tushuncha, bilimlar insonda shu asosda shakllanib boradi. Inson ongli suratda harakat qiladi va u harakat natijasini biladi, ya:ni u kelajakni uylab harakat qiladi. Aniq maqsad bilan harakat qilish insonni va jamoani yomonlikdan saqlaydi, yaxshi ishlar qilishga yullaydi, unda ishonch tuygusini hosil qiladi. Ibn Sino yaqshilikka olib boruvchi axloq qoidalarni egallash, insonning axloqiy munosabatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar orqali ta’lim-tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini alohida qayd qiladi. Ibn Sino yosh bolalarni tug’ilgandan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida e:tibor beradi. Bola tug’ilgandan boshlab oyoqda turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. U tartib o’z vaqtidda ovqatlantirish, shumiltirish, uxlatish, yurgaklash kabi tartiblardan iborat. Bularni ham ma’lum qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar asta-sekin tebratish, musika eshittirish, ashula aytishdan iborat bulib, ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musika uning ruxiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini turli xil sharoitda ma’lum izchillik va tartib bilan olib borish haqida onalarga juda yaxshi maslahatlar beradi. Bolalarning uspirinlika o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, u davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulq-atvorining bir xil muvozanatda bo’lishi uchun uni kekin g’azalanishdan, qattiiq qurquvdan va uyqusizlikdan saqlash zarur. Bu tadbir uni yoqimli xulq- atvorli qilib tarbiyalash imkonini beradi. {Bola xulqini mungadillikda saqlashga alohida etibor berish kerak. Undan ikki manfa’t bor. Biri-bolaning ruxi uchun bo’lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi xulqli bo’lib usadi va keyinchalik u unga ajralmas malaka bo’lib qoladi Ikkinchisi-uning badani uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlaridan bo’ladi. Shuningdek agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli quritadi}. Bola y yoshga to’lgandan sung uni maktaga berish kerak, o’qitish, bilim berish, urgatish ham asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Bolaning kitob o’qishga haddan tashqari berilishi uning sog’ligiga sa’lbiy ta’sir qiladi. Bolaning o’spirinlikka o’tish davridda bolaga og’ir jismoniy ish topshirilmasligi kerak. Ish topshirishda bolaning hoqishi, istagi hisobga olinishi lozim. Bolaning kun tartibi ularning tanasi va nafasining salomatligini saqlash va usishini ta’minlashga qaratilgan bulmog’i lozim. Bularning hammasi bolaning tanasi va ruhiyati muvozanatini saqlash uchun xizmat qilishi lozim. Bolalar tariyasi-bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir. Bola balog’atga etguncha, ota o’z vazifasini bajarib borishi lozim. Avvalambor otaning majburiy vazifalaridan biri o’z farzandiga yaxshi nom berishidir. Bolani emizish davri tugab, mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga kirishuvi zarur. Maqsadga erishish uchun tarbiyada ba’zan maqdash, ba’zan jazolash ham kerak. {Bola baquvvat bulib, so’zlashuv nutqini yaxshi tushuna boshlagan so’ng, u savod urganishga qobil buladi, shundan so’ng savodga urgata borish mumkin. Avvalombor axloqiy va aqliy tarbiya ularni yaxshi egallagan, irodali, dono, va dinga ishongan o’qituvchi va tarbiyachi tanlash kerak bo’ladi. U sog’lom, tozalikni sevuvchi, sofdil va odamlarga yaxshi munosabatda bo’la oladigan bulishi kerak. Ibn Sino bolalarni bitta-bitta, alohida o’qitishdan ko’ra, jamoa tartibda o’qitishni afzal deb biladi va uning ustunligi haqida gapirib shunday yozadi: {O’quvchilar o’qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. O’z bilimlari bilan gururlanadilar, bir-birlarining bilimlariga havas qiladilar. Gurur va o’ziga etibor tarbiyalanuvchilarning bir-birlaridan orqada qolmaslikka undaydi. o’quvchilar birga bo’lganda, doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o’z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar} Ibn Sino bolalarga Quronni va grammatik qoidalarni urgatib, dinning maqsadlarini tushuntirib bulgandan sung, ularni ma’lum hunarga jalb etishni, hunar asoslarini egallashlariga etibor berishni, ular hunarni egallab, o’z hayotlarini ta’minlay olishlariga e:tibor berishni tavsiya etadi. O’qituvchi bolani hunarga urgatishda uning qobiliyati, iste:dodi, imkoniyatlarini e:tiborga olishi kerak, barchani birdaniga bir hunarga urgatib bo’lmaydi. Ayrim bola tilni urganadi. Ayrimlari shoir bo’lib etishadi yoki notiklik san:a’tini egallaydi. Ilmlarning turli sohalaridan kimdir tilni urganish, kimdir boshqa ilmni urganishga kirishganidan sung, ba’zilarining tibbiy fanni, ba’zilarining geometriya ilmini tanlagani ma’lum buladi. Demak o’qituvchi bolalarga ta’lim berishga kirishishdan avval o’quvchiining xulq-atvorini urganishi va bilimlarini tekshirib kurishi kerak buladi. Avvalo u o’quvchining nimaga e:tibor berishini tekshirib kurishi, sungra unga hunar yoki ilm turini tavsiya etishi kerak. Ibn Sino {Tib ilmlari qonuni} asarida bola katta bo’lib, etilgan chog’ida jismoniy tarbiiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishiicha, odamning yigitlik, etuklik yoshida hamda ulg’aygan yoshida sog’lik-salomatligini saqlash uchun zarur bulgan jismoniy mashg’ulot bilan shug’ullanishi kerak. Ulug’ mutaffakkir jismoniy tarbiya-deb inson salomatligi uchun zarur bulgan badanni turli xil mashg’ulot harakatlarga urgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha jismoniy mashg’ulotlar bilan o’z vaqtida va mustahkam shug’ullanib boruvchi odam hech qanday davolanishga muhtoj bo’lmaydi. Jismoniy mashg’ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy mashg’ulotlar ortiqcha bo’lmasliigi kerak aks holda badanning tezda charchab qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg’ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib tezda ishdan chiishiga sabab buladi. Har bir inson o’zining xulq-atvori, imkoniyatlari, qobiliyati, hoqishiga qarab jismoniy mashg’ulot turini belgilab olishi kerak. Ibn Sino aql va aqliy tarbiyaning tabiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda: o’simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon buladi. Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o’qituvchining o’nga ilim, hunar urgatishi zarurligini uqtiradi. Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir. Chunki ilm odamni ma’naviy yuksaklikka kutaradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bulib xizmat qiladi. Uning fikricha ta’lim-tarbiya avvalo aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan urgatishni jismoniy tarbiyani o’z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak. Eng muhim axloqiy boyliq Ibn Sinoning ta’kidlashicha adolatdir. Adolat muvozanat, atrof muhit tushunchalari bilan bog’liq. Axloqiy tushunchalar alga, aqliy bilimga asoslanishi lozim. Lekin inson qanchalik bilimdon, olim bo’lmasin, axloqiy talablarga tayanmasa u odosizlik va yomonlikka yul quyadi. Ibn Sino o’zining {Qush tili} asarida ikkiyuzlamachilik, yolg’onchilik kabi hislatlarni qoralaydi, inson ustidan har qanday zurovanlikni inkor etadi. Ibn Sinoning yozishicha, insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri o’zining yomon axloqiy xislatlarini anglab, ularni yuqotishga intilishidir. Uning yaxshi xislatlari ichida boshqalarga e:tibor va g’amqurlik bilan munosabatda bo’lishi maxsus o’rin tutadi. Kimki o’zining axloqini tarbiyalash uchun o’z oldiga quygan vazifaini bajarib, o’z xulqini tuzatishga intilsa, unga hech narsa qurqinchli emas. Kimki o’z xatosini tuzatsa unda boshqalarning tarbiyasi haqida g’amqurliq qila olishi mumkin. Boshqa odamni tarbiyalomaqchi va uning axloqini tuzatmoqchi bo’lgan tarbiyachi, avvallo uni yaxshi urganishi va barcha vazifasini bajara olmaydi. Ya:ni bemorning kasalini bilmay turib, uni tuzatishga kirishgan odamday bulib qoladi. Tarbiya tarbiyalanuvchini yomon axloqiy hislatlardan ozod qilish, unga yaxshi axloqiy fazilatlarni singdirish jarayonida amalga oshiradi. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy-ruzg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila, ota-onaning asosiy vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qadir bo’lgan ota-ona tarbiyachi bulishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, gururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatda bulish unga nasihat qilshdir. Nasihat qilishda suhbotdoshga nihoyatda hurmat bilan yondoshish uni kamsitmaslik kerak. Ortiiqcha so’z aytib uni zeriktirmaslik zarur. Bir xil nasihatlarni qaytara berishlik ta’sir qilmaydi. Ibn Sino shunday yozadi: {Sening fikrlaring bolaning yuragiga etib borib, unga uylab, fikr yuritib kurishga imkon bersin. Agarda sening suhbotdoshing yoki dusting sening so’zlaringa va nasihatinga e:tibor bermayotganini sezang, suhbotni boshqa vaqtga kuchir}.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling