Parsuna lot persona „shaxs; kishi
Download 326.28 Kb.
|
mavzu 1
Portret (fr. portrait, eski fransuzchadan portraire — „chiziq yoki chegarani aks ettirmoq“, parsuna — lot. persona — „shaxs; kishi“) — inson obrazining tasviriy sanʼatdagi eng murakkab janri hisoblanadi. Portret (frans. portrait — tasvir) — 1) tasviriy sanʼat janri; real hayotda mavjud boʻlgan yakka, ikki yoki bir guruh kishilar, rassom tasavvurida paydo boʻlgan xayoliy qiyofalarning tasviri. Rang-tasvir, Haykaltaroshlik, Grafika, shuningdek, Fotografiya sanʼatining muhim janrlaridan biri. Portret asosida aniq shaxsning qiyofasini abadiylashtirish mumkin. Uning muhim tomoni tasvirning tasvirlanuvchi (model, asli)ga aynan oʻxshashligidir. Ijodkor portret orqali tasvirlanuvchi shaxsning maʼnaviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi oʻrnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi va uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida maʼlumot bera oladi. Rassomning kasbiy mahorati, portret ishlash uchun tanlagan materiallari esa uning yaratgan asarlariga takrorlanmas oʻziga xoslik baxsh etadi. Tarixan portretning xilma-xil tur va koʻrinishlari shakllangan: ishlanish usuli, bajaradigan vazifasi, shakli, mazmuniga koʻra, dastgoh (kartina, byust, grafika varagʻi) va monumental (xaykal, freska, mozaika), tantanavor parad va intim, xajviy, satirik portret tarzida tasvirlanuvchining faqat bosh qismi, beligacha, butun boʻybasti bilan old va yon tomonidan ishlanishi mumkin. Shuningdek, turli tarixiy davrlarda nishon, tanga, medallar yuzasiga (medal yasash sanʼati) ishlangan, gemma (gliptika), medalionlarda miniatura portret keng tarqalgan. Bu janrdagi bir asarda koʻpincha bir necha janrlar qoʻshilishi mumkin. Unda tasvirlanuvchi sof holda (zaminsiz, yaʼni atrof muhitni aks ettirmasdan), tinch holatda yoki biror faoliyati bilan maʼlum muhitda ishlanishi mumkin. Shu tufayli shartli ravishda uni portret va prtret-kartina (janrli)ga ajratiladi. Uning keng tarqalgan turlaridan biri — avtoportret. Tasvirlanayotgan kishilar soniga koʻra, yakka, qoʻshaloq va guruh portretlarga boʻlinadi. Mikelandjeloning David haykali bosh qismi detallari rasmini chizish XIX asrning birinchi yarmida fransuz uslubshunosi Aleksandr Dyupyui rasm chizishni o’rganuvchilar uchun bir qator gips modellar rasmini chizishni tavsiya qilgan edi. Bular quyidagilar: birinchisi gips boshning umumiy shakli biror bir detalsiz, ikkinchisi ko’z, quloq, burunlarning umumiy shakli asosida ya’ni, ko’z joyi shar shaklida, burun prizma va hokazo, uchinchisi yuz qismida asosiy shakllar to’liq va oxirgisi bosh qismi to’liq barcha detallar bilan birgalikdagi namunasidir. O’rganuvchi yuqorida ko’rsatilgan namunalarni chizib o’rgangandan so’ng antik davr haykaltaroshligi namunalarini chizishga ruxsat bergan. Hozirgi davrda inson bosh qismini rasmini chizishni o’rganishda dastlab Mikelandjeloning «David» haykalini detallarini chizish asosida olib boriladi. Ular ko’z, burun, og’iz, quloq kabilardan iborat bo’lib, gipsdan taorlangan modellardir (45-51-rasmlar). Shu bilan bir qatorda o’ziga qarab tirik holatdagi qismlar: ko’z, burun, og’iz, quloqlarning turli holatlardagi rasmlarini mustaqil soatlarda, uyda chizish tavsiya etiladi. 45-rasm. Burun rasmini chizish 57 46- rasm. David bosh qismi detallaridan burun qalamtasviri. (oldindan ko’rinishi) 47 - rasm. David bosh qismi detallaridan burun qalamtasviri. 58 48 - rasm. Gipsdan yasalgan ko’z tuzilishi. . 49- rasm. Gipsdan yasalgan ko’zni chizich bosqichlari. 59 50 - rasm. David bosh qismi detallaridan ko’z qalamtasviri. 51 - rasm.Gipsdan yasalgan quloq qalamtasviri. 60 Gipsdan yasalgan bosh (niqob) rasmini chizish Rasm chizish uchun qiyofalar tanlashning ham ma’lum ketma-ketligi mavjud. Odatda monumental (umumlashtirilgan, katta - katta shakllarga ega bo’lgan) xarakterdagi haykallar boshi namunasidan chizish tavsiya etiladi. Bu talabga Yunon (grek haykallari namunalari: «Dorifor», «Gera», «Diadumen») kabi gipsli bosh namunalari talabga javob beradi. Keyinchalik murakkabroq modellar Rim haykallari Lyusiya, Vera, Senika va boshqalarni chizish tavsiya etiladi. II kursdan boshlab Yunon haykaltaroshlik san’atining «Zevs», «Gerkules», «Laokoon», Gomer», «Apollon», Germes kabi ajoyib bosh qismi namunalaridan chizish tavsiya qilinadi. Boshning alohida qismlarini (ko’z, burun, lab, quloq) chizishga o’rgatish uchun Italiya uyg’onish davrini buyuk haykaltaroshi Mikelandjelo Buonarottining «David» haykali uzoq yillar davomida o’quv qo’llanma sifatida foydalanilmoqda. Bu gipsli modellardan bosh qismini chizish topshiriqlari ham o’rganish uchun juda ham asqotadi MIKLANDJELONING “DAVID” HAYKALINI BOSH BO„LAKLARINI TASVIRLASH. Mikеlаnjеlо Buоnаrоtti hаykаltаrоshlik, mе‘mоrchilik, rаssоmlik turlаridа ijоdi qilgаn, lеkin u sаn‘аtning qаysi turidа ijоd qilmаsin shаkliy jihаtdаn tugаl, g‗оyaviy jihаtdаn chuqur, bаdiiy jihаtdаn go‗zаl аsаrlаr yarаtа оlgаn. Uygоnish dаvrining buyuk sаn‘аtkоri Mikеlаnjеlо 70 yillik fаоliyati dаvоmidа sаn‘аt mаydоnidа dаvr ruhi bilаn hаmnаfаs аsаrlаr yarаtgаn. Shu sаbаbli hаm u аsаrlаridа dаvrning yuksаk idеаllаri bilаn bir qаtоrdа bu idеаllаrning inqirоzgа yuz tutа bоshlаgаnini hаm nоzik his etgаn hоldа ko‗rsаtа оlgаn sаn‘аtkоrdir. 100-rasm Mikеlаnjеlо 1475 yili 6 mаrtdа Flоrеntsiya yaqinidаgi Kаprеzе shаhаrchаsidа dunyogа kеlgаn. Uning yoshligi Flоrеntsiyadа o‗tdi. 13 yoshidа u Flоrеntsiyalik Dоmеnikо Girlаndаyо ustаxоnаsigа o‗qishgа kirаdi. Uning qоbiliyati vа yuksаk istе‘dоdi Flоrеntsiya hоkimi Lоrеntsо Mеdichini o‗zigа tоrtаdi. Uni Mеdichilаr sаrоyi qоshidаgi bаdiiy mаktаbgа o‗qishgа оlishаdi. Sаrоydа yosh rаssоm аntik dunyo sаn‘аti nаmunаlаri bilаn tаnishаdi vа ulаrdаn ko‗chirmаlаr ishlаydi. Sаrоydа bo‗lib turаdigаn mаshhur shоirlаr, rаssоmlаr, hаykаltаrоshlаr vа mе‘mоrlаrning yig‗ilishlаridаn vоqif bo‗lgаn sаn‘аtkоrning dunyoqаrаshi shаkllаnаdi. Mikеlаnjеlоning birinchi mustаqil ishlаgаn аsаri ―Zinа оldidаgi Mаdоnnа‖ (1492 y. Flоrеntsiya, Buоnаrоtti muzеyi.), ―Kеntаvrlаr jаngi‖ (1494 y. Flоrеntsiya Buаnаrоtti muzеyi), Rimdа yarаtilgаn ―P‘yetе‖ (Isоgа аzа tutish 1498-1501) hаykаli ungа hаqiqiy shоn-shuhrаt kеltirаdi. Mikеlаnjеlоning shоgirdi Аskаniо Kоndivаning yozishichа ―uning sаn‘аtgа bo‗lgаn muhаbbаti dоimiy ijоdiy izlаnishlаri vа o‗z ijоdidаn lаzzаt оlishgа intilishi turli guruhlаrdаgi nоqulаyliklаrni yoqtirmаsligi uni tаnhо ijоd qilishgа mаjbur etаrdi‖. Bu esа Vаzаri tоmоnidаn yozilgаn fikrlаrgа judа hаm to‗\ri kеlаdi. Vаzаrining fikrichа, Mikеlаndjеlо tоmоnidаn 1504 yildа yarаtilgаn vа Flоrеntsiyaning bоsh mаydоnigа o‗rnаtilgаn, bаhаybаt «Dаvid» hаykаli ―zаmоnаviy аntik grеk vа rim hаykаllаri bаrchаsining shоn-shuhrаtini оlib qo‗ya оlgаn аsаrdir‖. Mikеlаnjеlо bu аsаridа tаbiаtning eng go‗zаl mo‗‘jizаsi - bu оdаm qоmаti ekаnligini, uning tаkrоrlаnmаs go‗zаlligini, kuch -qudrаtini ifоdа etishgа erishgаn.―Injil‖ rivоyatlаridа xudо tоmоnidаn Оdаm Аtоni lоydаn birinchi 156 bo‗lib yarаtilgаn dеgаn fikrgа аsоslаnib, Mikеlаnjеlо hаykаltаrоshlik sаn‘аtini ―Sаn‘аtning birinchisidir‖ dеb tushunаdi. Shu sаbаbli hаm o‗zini hаykаltаrоsh dеb hisоblаr edi. Lеkin rаngtаsvir sаn‘аtidа hаm u o‗z zаmоndоshlаridаn o‗zib kеtgаndi. Pаpа Yuliy II buyurtmаsigа аsоsаn u Vаtikаndа Sikstin kоpеllаsidа 10 mаy 1508 yildаn, 5 sеntyabr 1512 yilgаchа 4 yil mоbаynidа dеvоriy surаtlаr yarаtgаn. Uning 1513 - 1516 yillаrdа yarаtgаn ―Zаnjirbаnd qul‖, ―O‗lаyotgаn qul‖ (1513 y. Pаrij, Luvr), ―Mоisеy‖ (1515 y. Rim, Sаn‘аtshunоslik Pьеtrо in Vinvоli), ―Mаdоnnа Mеdichi‖ (1521-34 y. Flоrеntsiya, Sаn‘аtshunоslik Lоrеntsо), ―Lоrеntsо dе Mеdichi‖ (1525), ―Julоаnо dе Mеdichi‖ (1526-34 y. Flоrоntsiya, Sаn‘аtshunоslik Lоrеntsо), ―Gеrkulеs – Sаmsоn: (1525 y. Flоrеntsiya, Buоnаrоtti muzеyi), ―Dаvid – Аpоllоn‖ (1525-30 y. Flоrеntsiya, Bаrjеllо milliy muzеyi) kаbi ko‗plаb аsаrlаri bizgаchа еtib kеlgаn. Uning ijоdi o‗z dаvridа vа o‗zidаn kеyingi dаvr sаn‘аtkоrlаrigа hаm kuchli tа‘sir qilgаn. Mikеlаnjеlо 18 fеvrаl 1564 yildа umrining 89 yoshidа uzоq dаvоm etgаn kаsаllikdаn so‗ng оlаmdаn o‗tаdi. Rimliklаr buyuk hаykаltаrоshni o‗z shаhаrlаridа qоldirishni hоhlаshsа-dа, birоk Flоrеntsiya hоkimi Gеrtsоg Kоzimо hоhishigа ko‗rа uni аgеntlаri Miklаnjеlоning jiyani bilаn birgаlikdа, mаhsulоt sоlingаn qоplаr ko‗rinishidа uning jаsаdini Flоrеntsiyagа оlib kеlishаdi vа Sаntа Krоchi ibоdаthоnаsigа tаntаnаli rаvishdа dаfn etishаdi. XV-asrda Florensiyada Santa Mariya del Fiore sobori qurilishi uchun qurilish ishlari olib borilardi. Qurilish tugallangan yillar davomida binoning ichki qismini bezash haqida g‗oya tug‗iladi. Bu biznes bilan muvaffaqiyatli va tashabbuskor jun savdogarlari guruhi shug‗ullangan. Ular cherkov qurilishining, shuningdek, uning ichki dizaynining buyurtmachisi va homiysi edi. Jamiyat a‘zolari binoga o‗zgacha go‗zallik va nafosat berish uchun uni Eski Ahddagi 12 ta payg‗ambar haykali bilan bezash zarur, degan fikrga kelishadi. 1464 yilda haykaltarosh Donatello va uning shogirdi Agostino di Duccio tomonidan 2 ta haykal yaratilgan. Gildiyalarga hunarmandlarning ishi yoqdi va ulardan boshqa haykal - Davidga buyurtma berishdi. Buning uchun Florensiyaga Karraradan katta marmar bo‗lagi keltirildi. 1466 yilda Donatello vafotidan keyin uning shogirdi shartnomani bajarishdan bosh tortdi. Davidning yaratilishi Antonio Rossellinoning qo‗liga o‗tdi, ammo u unga berilgan buyruqni bajara olmadi. Ochiq havoda joylashgan bo‗lakni mahalliy aholi ―Dev‖ deb atashgan. Ob-havo va haroratning o‗zgarishi tufayli marmar hajmi qisqardi, uning 157 ustida yoriqlar va O‗yiqlar paydo bo‗ldi. XVI-asrning boshlarida soborning vazirlari Leonardo da Vinchi bilan maslahatlashdilar, u toshni haykaltaroshlik uchun mos deb tan oldi. David haykalini ijro etishni ishonib topshirilgan keyingi usta 26 yoshli Mikelanjelo Buonarroti edi. 1501 yil avgust oyida u shartnoma imzoladi va bir oy o‗tgach, u shaklsiz marmarni ideal inson tanasining durdonasiga aylantira boshladi. Haykaltarosh kunlar davomida yolg‗iz ishladi. Blok ochiq havoda edi, shuning uchun uni yaratish jarayonida Mikelanjelo shiddatli yomg‗ir, qishki sovuq va yoz jaziramasiga chidadi. 1504 yil yanvar oyida Davidning tayyor haykalining ―namoyishi‖ rejalashtirilgan edi. Soborga Andrea de la Robbia, Botticelli, Juliano va Antonio Sangallo, Perugino, Andrea Sovino va boshqalar kabi florensiyalik ustalar kelishdi, ular yosh va shijoatli italyanning yaratilishini qadrlashlari kerak edi. Haykalni begona ko‗zlardan himoya qiladigan panjara olib tashlanganidan so‗ng, yig‗ilgan tanqidchilarning nigohida Mikelanjeloning ideal Davidi paydo bo‗ldi. Kelgan barcha ustalar uning ijodiga qoyil qolishdi va hozir bo‗lgan Sinoriya haykalni yangi respublika Florensiyasining ramziga aylantirishni taklif qildi. David 1504 yil may oyida Donatelloning Judit haykali o‗rnatilgan joyda Piazza della Signoria da qo‗yildi. 1527 yilda Florensiya hukmronligi yana Medicilar oilasi qo‗liga o‗tdi. Shahar binolaridan birini mudofaa qilish natijasida Davidning qo‗li zarb bilan sindirildi. Parchalar haykaltarosh Vasari tomonidan to‗plangan va 16 yil o‗tgach (1543) Kosimo I Medicining buyrug‗i bilan asarni qayta tiklagan. Bir necha asrlar davomida David ochiq havoda turdi. Ob-havoning notekisligi tufayli material yaroqsiz holga keldi. XIX-asrda haykal 2 ta restavratsiyadan o‗tkazildi, ammo ular juda muvaffaqiyatsiz bo‗ldi. 1873 yilda David Akademiya galereyasiga ko‗chirildi va u yerda u uchun maxsus ajratilgan joy - katta tribuna oldi. Piazza Signoriadagi joy ham vayronagarchilikda qolmadi. 1910 yilda bu erda Eski Ahdning ajoyib nusxasi o‗rnatildi. 2003-2004 yillarda Mikelanjelo haykali to‗plangan chang va axloqsizlik qatlamlaridan tozalandi. Ish professional restavratorlar tomonidan amalga oshirildi. Afsuski, Florensiya muzeyining ba'zi mehmonlari ulug‗vor haykalga zarar etkazishadi. 1991 yilda tashrif buyuruvchilardan biri Davidning chap oyog‗i barmoqlaridan bir nechta marmar parchalarini kesib tashlashga muvaffaq bo‗ldi. 158 David haykali tavsifi Mikelandjeloning ―David‖ asari Italiya Uyg‗onish davridagi eng yaxshi san'at asari hisoblanadi. Eski Ahd afsonalaridan marmar yoshlar mukammal ijod va erkak go‗zalligi ideali sifatida tan olingan. Davidning asl haykali 5 m 17 sm balandlikda bo‗lib, unda Go‗liyot bilan bo‗lajak jangga tayyorgarlik ko‗rayotgan yalang‗och yigit tasvirlangan. Mikelanjelo haykali o‗ziga xos yangilikdir, chunki ustaning peshqadamlari qulagan dev ustidan g‗alaba qozongan qahramonning haykallarini yaratdilar. Davidning pozasida konsentratsiya va xotirjamlikni sezish mumkin. Uning yuzidagi ifoda yigitning Go‗liyotdan qo‗rqmasligini anglatadi. Davidning mushaklari tarang: chap qo‗li yelkasiga tashlangan slingni ushlab turadi. Pastdan qurol o‗ng qo‗li bilan olinadi, unda qahramon toshni ushlab turadi. Davidning siymosi u kuchli dushmanga qarshi kurashishga tayyor ekanligini va unga halokatli zarba tayyorlaganligini aytadi. Bugungi kunda Davidning asl haykali Florensiyadagi Tasviriy san'at akademiyasida saqlanmoqda. David - Bibliyadagi qahramon. Injil afsonasiga ko‗ra, yigit Go‗liyotni tosh va sling bilan uloqtirgan, garchi qahramonning yalang‗och tanasi diniy kitobning asoslariga zid bo‗lsa ham. Florensiyada Devid bo‗yi odamdan deyarli 3 baravar katta. Yoshning o‗ng qo‗li assimetrik bo‗lib, tananing qolgan qismining nisbatlariga mos kelmaydi. Ko‗pgina ekspertlar bu "nazorat" Davidning taxallusi - kuchli qo‗lni ta'kidlash uchun ataylab qilingan deb hisoblashadi. Sling Davidning chap qo‗lida bo‗lganligi sababli, qahramon chap qo‗l hisoblanadi. Biroq, haykalning tanasining holati boshqacha fikr bildiradi.. Download 326.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling