Pasient bilan verbal va noverbal muloqot va uning elementlari


Verbal muloqot bar’erlari


Download 19.41 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi19.41 Kb.
#1763169
1   2
Bog'liq
Pasient bilan verbal va noverbal muloqot va uning elementlari-fayllar.org

4. Verbal muloqot bar’erlari

  • Stilistik- Gapni jumlalarini to’g’ri tuza olmaslik(“o’sha”,”anavi” kabi so’zlarni o’rinsiz ishlatish,ega kesimsiz yoki mavxum jumlalardan iborat gaplar);

  • Semantik- Sheva yoki jargonga oid gaplar;


  • Mantiqiy- Bemor saviyasiga, dunyoqarashiga, bemor mantig’iga, tassavuriga sig’maydigan, mos kelmaydigan fikrlar;


  • Punktuatsion - Gap tuzilishida vergul, undov, so’roq, nuqtaga riyo qilmaslik;


  • Orfografik- Jumlalar talaffuzida tovushlarni noto’gri ifodalanishi;


5. Noverbal muloqotni axamiyati va uning elementlari.

Muloqotning ikkinchi ko'rinishi noverbaldir, yani so'z yordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti-harakat, imo-ishoralar, tana vaziyati, mimika bilan yuzaga keladi. Noverbal muloqot verbal muloqotni to’ldirishi, uni ta’sirchanligini ta’minlashi muloqotni natijasini qanday bo’lishini ta’minlashi mumkin.Shifokor o’z xatti xarakatini, mimikasini nazorat qila olishi kerak.


6. Noverbal muloqot elementlari.

Bemorlar bilan muloqotda ularda kuzatiladigan noverbal muloqot belgilarini to’g’ri talqin qilish davolashning asosiy qismlaridan biridir.


Noverbal muloqot ko’nkmalari:
1. Kuzatuvchanlik ko’nikmasi;
2.Suxbatdoshlar orasidagi masofa;
3. Qo’l tekkizish;
4.Gavda xolati va vaziyati;
5.Konfidensallik;
6.Ko’z qarash va yuz ifodasi(mimika);
7.Paralingvistik muloqot;
8. Imo-ishoralar:
1). Ritmik imo-ishoralar
2). Emotsional imo-ishoralar
3). Ko‘rsatish imo-ishoralari
4). Tasvirlash imo-ishoralari
5). Ramziy imo-ishoralar
Mimika orqali inson qanday xis tuyg’ularni boshdan kechirayotganligini anglash mumkin.Xis tuyg’uni ifodalash uchun internet orqali ko’pincha tayyor “smaylik” shablonlaridan foydalaniladi
7. Noverbal muloqot elementlarini qo’llashga tavsiyalar.
Noverbal muloqotni samarali bo’lishi uchun quydagilarga axamiyat berish kerak:
- Mimikalarga, ayniqsa, noxush tuyg'uni ifodalovchi mimikalarga e'tibor qiling va ularni nazorat qiling;
  • Qo'lning beo'xshov xatti-harakatlarini qilmang;


  • Chuqur «uh» tortmang;


  • Ko'z qarashlaringizni nazorat qiling;


  • Burun jiyirmang, qosh chimirmang, tish kavlamang, quloq qichimang, saqich chaynamang (aks holda bemor hamiyati ozor chekishi mumkin);


  • Behuda kulavermang;


  • Vaziyat taqozosidan kelib chiqib, eng maqul masofada turing;


- Gavdangizni bemorni tekshirish uchun va u bilan suhbatlashishga qulay holatda tuting (kasalliklarning spesifik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda), juda uzoq masofada muloqot qilmang;


  • Suhbat vaqtida erkinlik yarating, bemorni diqqat bilan tinglang, savollar va mulohazalar bilan chalg'itmang, shoshilmang;


  • Bemordan nigohingizni (ko'zlaringizni) olib qochmang;


  • Uning so'zlariga qiziqishingizni bildirib turing;


  • Suhbatning asosiy mohiyatini ilg'ab oling;


  • Muloqotni ko'zlaringiz bilan qollab turing;


  • «Xa» ma'nosida boshingizni irg'ab turing;


  • Ma'lumotlami tushunishga harakat qiling;




http://fayllar.org
Download 19.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling