Pasiyent bilan verbal muloqot ko‘nikmalari. Pasiyent bilan noverbal, verbal muloqot, ahamiyati, turlari (vaziyat jest, ovoz, intonasiya, ritm, mimika) ko‘nikmalari


Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal


Download 244.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi244.82 Kb.
#1557874
1   2   3   4   5
Bog'liq
вербал мулокот

Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal
turlari va uning elementlari


Donolar hikmatlari asnosida so'z atalmish zar-oltin yoinki cho'g' bilan qanday munosabatda
bo'lgan ma'qul? Bu haqda quyidagi bandlar orqali ma'lumot olish mumkin:
1. Bir kishi so'z boshlaganda juda zarurat bo'lmasa tashlab ketmang, oxirigacha eshiting.
So'zlagan vaqtingizda qichqirmang, qizishib ketmang, odob, tarbiya doirasidan chiqmang.
2. Yolg'on aralashtirib so'zlamang, to'g'ri so'zlang, hech kimni g'iybat qilmang, birovning
gapini orttirib, ko'paytirib so'zlamang.
3. Tilingizni yomon so'zlarga o'rgatmang, eshitgan hamma gapni to'g'ri deb ishonavermang,
tekshiring, to'g'ri bo'lsa so'zlang. Nutqingizni juda cho'zib yubormang.
4. Muloqotda biror kishi haqida noloyiq so'zlar aytmang. Boshqalarga gap bermasdan
faqat o'zingizgina so'zlab, hammani bezor qilmang, odamgarchilik so'zda emas, balki amalda
ekanini unutmang.
5. Ota-bobongizni, o'zingizni hadeb maqtab, kerilib yurmang. Kamolotdan, ya'ni
mukammallikdan mahrum bo'lgan odamga quruq so'z bilan maqtanib yurish soyasida kamolot
kelmaydi.
Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari


6. Biror narsa to'g'risida so'rasalar, qo'pollik bilan emas, odob tarbiyasiga rioya qilib javob
bering. Tinglovchi kishi so'zingizni yana qaytarib aytishni so'rasa, yo'q demay, qaytarib ayting.
7. Agar bir voqea to'g'risida gapirmoqchi, fikringizni bayon qilmoqchi bo'lsangiz, avvalo
yaxshilab o'ylab, tarbiya odobiga rioya qilib, muloyimlik bilan so'zga kirishing, so'zingizni qasam
ichib quvvatlamang, o'z fikringizga o'zingiz hayron bo'lib qolmang, o'z flkriga hayron bo'lish -
nodonlar odati, qasam ichib: «Mening so'zim to'g'ri», - deb da'vo qilish yolg'onchilik alomatidir.
8. Zaruriyat bo'lmasa, qayg'u-alamli xabarlarni so'zlamang. Hikoya yo'li bilan bo'lsa ham
odob, tarbiyaga qarshi bo'lgan so'zlarni og'zingizga olmang. Zimmangizga omonat qo'yilgan
sirlarni fosh qilmang.
9. Hech kimni yomon so'zlar bilan tilga olmang, ta'na va tuhmatdan uzoq bo'ling, jamoa
oldida ikki kishining pichirlab so'zlashuvi odobsizlikdir, buni yodingizdan chiqarmang.
10. Ota-bobolarimiz, «Yaxshi so'z-jon ozig'i, yomon so'z-bosh qozig'i» deganlar. 
Bobolarimizning bu hikmatli so'zlariga amal qiling, hamma bilan yaxshi muomalada bo'ling, hech
kimning diliga ozor bermang, yaxshilik qilishni o'zingizga odat qilib oling. To'g'rilik sizga yo'ldosh
bo'lsin, egrilikdan uzoq yuring. 

Download 244.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling