Pasiyent bilan verbal muloqot ko‘nikmalari. Pasiyent bilan noverbal, verbal muloqot, ahamiyati, turlari (vaziyat jest, ovoz, intonasiya, ritm, mimika) ko‘nikmalari


Download 244.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi244.82 Kb.
#1557874
  1   2   3   4   5
Bog'liq
вербал мулокот



Pasiyent bilan verbal muloqot ko‘nikmalari. 
Pasiyent bilan noverbal, verbal muloqot, 
ahamiyati, turlari (vaziyat jest, ovoz, 
intonasiya, ritm, mimika) ko‘nikmalari


Bemor bilan munosabalda so 'z orqali (verbal) va so 'z yordamisiz-(noverbal)
muloqot ko'nikmalari mavjud. Suhbatdosh bilan muloqot quyidagi o‘lchamlarda yuz
beradi. Bir tarafdan muloqotda verbal nutq rejasi: suhbatdoshlar bir-biriga aytmoqchi
bo‘lgan (ammo ular bunday fikrlamasliklari ham mumkin) so‘zlar, iboralar; 2-tarafdan
esa, inson beixtiyor o‘zining harakatlari bilan suhbatdoshiga bo‘lgan chin munosabati,
kayfiyati, niyatlari, emotsional holatini bildirishi mumkin. Imo-ishoralar, mimika,
intonatsiyalar – muloqotning eng asosiy qismidirlar. Ba'zida, aynan shu vositalar (ular
noverbal vositalar deb ataladi) yordamida so‘zlardan ham ko‘p narsani ifodalash
mumkin. Avstraliyalik mutaxassis A. Pizning ta'kidlashicha, so‘zlar orqali 7 %
ma'lumotni, tovushlar vositalari orqali 38%, mimika, imo-ishoralar, poza (tana holati)
orqali - 55% ma'lumotni berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nima
gapirayotganimiz emas, qanday gapirayotganimiz muhim.
Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal
turlari va uning elementlari


Suhbatdoshimiz tomonidan ifoda etilayotgan noverbal ma'lumotlar – ovozining
intonatsiyasi, qarashlari, mimika, imo-ishoralari, turli tana harakatlari va tana
vibratsiyalari – biz uchun juda muhimdir. Qolaversa, deontologiya faqat bemorga shirin
so‘z gapirib, kulib qarab
turish
degani
emas.
Deontologiyaning ustuvor
yo‘nalishIaridan biri, ishonchdir. Ba’zan hadeb vahima qilaveradigan bemorni
qattiqroq «koyib» qo‘yishga ham to‘g‘ri keladi. Ana shundagina u vrachga ishonadi.
«Agar kasalim haqiqatan ham tuzalmas bolganida, doktor meni urishib bermasdi»,
deb o'ylaydi. Ba’zan davo usuli bemorni qoniqtirmaydi. Ko‘p dori-darmon yozilsa,
unda «Shuncha dori shartmikan yoki kasalim ogirm i, yoki vrach tajribasizmi?»
degan fikrlar paydo bo‘ladi. «Falonchi doktor falonchi bemorni ikkita dori berib
tuzatib yuboribdi», degan so'zlarni ba’zan eshitib turish mumkin.

Download 244.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling