Muloqotning ikkinchi ko'rinishi noverbaldir, yani so'z yordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti-harakat, imo-
ishoralar, tana vaziyati, mimika bilan yuzaga keladi. Noverbal muloqot verbal muloqotni to’ldirishi, uni ta’sirchanligini ta’minlashi
muloqotni natijasini qanday bo’lishini ta’minlashi mumkin.Shifokor o’z xatti xarakatini, mimikasini nazorat qila olishi kerak.
Bemorlar bilan muloqotda ularda kuzatiladigan noverbal muloqot belgilarini to’g’ri talqin qilish davolashning asosiy
qismlaridan biridir.
Noverbal muloqot ko’nkmalari:
1. Kuzatuvchanlik ko’nikmasi;
2.Suxbatdoshlar orasidagi masofa;
3. Qo’l tekkizish;
4.Gavda xolati va vaziyati;
5.Konfidensallik;
6.Ko’z qarash va yuz ifodasi(mimika);
7.Paralingvistik muloqot;
8. Imo-ishoralar:
1). Ritmik imo-ishoralar
2). Emotsional imo-ishoralar
3). Ko‘rsatish imo-ishoralari
4). Tasvirlash imo-ishoralari
5). Ramziy imo-ishoralar
Mimika orqali inson qanday xis tuyg’ularni boshdan kechirayotganligini anglash mumkin. Xis tuyg’uni ifodalash uchun internet
orqali ko’pincha tayyor “smaylik” shablonlaridan foydalaniladi. Suxbatdoshning yuz ifodasidan xam uning kayfiyati, emotsiyasi
maqsadi va fikri xamda xattoki niyatini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: