Pasiyent bilan verbal muloqot ko‘nikmalari. Pasiyent bilan noverbal, verbal muloqot, ahamiyati, turlari (vaziyat jest, ovoz, intonasiya, ritm, mimika) ko‘nikmalari


Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari


Download 244.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi244.82 Kb.
#1557874
1   2   3   4   5
Bog'liq
вербал мулокот

Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari


Yaxshi so'zlash ham buyuk san'atdir. Har narsaning chegarasi bo'lgani kabi, kishi
faoliyatining barcha qirralari, jumladan, so'zlashish san'atining ham odob doirasi bor.
Yaxshi, shirin, odobli so'zlashish uchun quyidagilarga e'tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo
'ladi:
1. So'zning mantig'i, go'zailigi va boyligi insonning jamiyatda o'z o'rnini topishida,
kishilar hurmatini qozonishida muhim ahamiyat kasb etadi. So'zlari sermazmun, muloyim
kishilarning gapini boshqalar miriqib tinglaydi.
2. Shirinsuhanlik, go`zal notiqlik sanatiga ega bo'lish ham baxtdii -nutqi shirin
kishilarning do'sti, yoru birodarlari ko'p bo'ladi. Shirin va oqil so'z - umr ozig'i va
do'stliknmg mustahkam kalitidir.
3. Shirinso'zlik kishi umrini uzaytiradi. Bu fazilatga badiiy asarlarni o'qish va nutqni
mashq qilish orqali erishish mumkin.
Buyuk allomalar Jomiy, Lutfiy, Navoiy, G'alur G'ulom, Oybeklar ko'plab o'qish, o'r
ganish orqali so'z san'atkorlari bo'lib yetishganlar.
Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari


Kishi xalq og'zaki ijodi namunalaridan, ya'ni ertak, hikoya, rivoyatlarni ko'p o'qisa,
tinglasa ham so'z boyligi ortib, shirinso'z va ma'noli gapiradigan bo'ladi.
4. So'zlashish me'yorini ham bilish kerak. Ko'p gapirish odobdan emas. Sukut
saqlash yaxshi odob, so'zni qisqa, aniq ifodalash katta san'atdir. So'z - gavhardir. Gavhar
esa noyobdir.
Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor,
albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy
sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini
o'rganganidan so'ng, o'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan
muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi. Bemor va shifokor muloqoti
(shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida
aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar
kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi
dalillar zanjiri tashkil etadi.

Download 244.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling