Passiv transport turlari Diffuziya


Birlamchi aktiv transport


Download 56.29 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi56.29 Kb.
#1369373
1   2   3
Bog'liq
8. Passiv va Aktiv Transport

Birlamchi aktiv transport
Hayvon hujayrasining muhim jihatlaridan biri natriy-kaliy nasosining mavjudligi boʻlib, u orqali Na+ hujayradan tashqariga, K+ hujayra ichiga harakat qiladi. Chunki bu transport jarayonida energiya manbai sifatida ATFdan foydalaniladi. Bu birlamchi aktiv transportga misol boʻla oladi.
Hujayra hayot faoliyati uchun natriy-kaliy nasosi nafaqat Na+ va K+ konsentratsiyalarining doimiyligini saqlashda, balki hujayra membranasi boʻylab kuchlanish potensialini hosil qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Membrana kuchlanish potensialini oʻrnatish va saqlashda ishtirok etadigan bu kabi nasoslar elektrogen nasoslar deb nomlanadi. Oʻsimliklarda birlamchi elektrogen nasos natriy va kaliy ionlaridan koʻra vodorod ionlarini (H+) hujayra boʻylab tashiydi
Natriy-kaliy nasosi natriy ionlarini hujayradan tashqariga va kaliy ionlarini hujayra ichiga konformatsion (shakliy) oʻzgarishlarning takrorlanadigan siklida tashiydi. Har bir siklda uchta natriy ioni hujayradan tashqariga chiqariladi va ikkita kaliy ioni hujayra ichiga kiritiladi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda boradi:

  1. Dastlab nasos hujayra ichiga ochiladi. Bu shaklda nasos natriy ionlarini yaxshi bogʻlab olish xususiyatiga ega boʻladi (affiniteti yuqori) va uchta ionni bogʻlab oladi.

  2. Natriy ionlari bogʻlangach, ular nasosning ATFni gidrolizlashiga (parchalanishi) taʼsir koʻrsatadi. ATFning bitta fosfat guruhi nasosga bogʻlanadi va uni fosforillaydi, ADF esa yondosh mahsulot sifatida ajralib chiqadi.

  3. Fosforillanish natijasida nasosning shakli oʻzgaradi, natijada u hujayra tashqarisiga ochiladi. Ushbu konformatsiyada nasos natriy ionlari bilan bogʻlanishga moyil boʻlmaydi (affiniteti pasayadi), shuning uchun uchta natriy ioni hujayradan tashqariga chiqariladi.

  4. Hujayra tashqarisiga ochilgan shaklida nasos endi kaliy ionlarini bogʻlab olish xususiyatiga ega boʻladi (affiniteti oshadi). Ikkita kaliy ionini bogʻlab oladi, bu esa ikkinchi bosqichda nasosga birikkan fosfat guruhining ajralishiga sabab boʻladi.

  5. Fosfat guruhi ajralgach, nasos oʻzining dastlabki, hujayra ichkarisiga ochilgan shaklini egallaydi.

  6. Ichkariga ochilgan shaklida nasos kaliy ionlarini bogʻlashga moyilligini yoʻqotadi (affiniteti pasayadi), natijada ikkita natriy ioni hujayra sitoplazmasiga ajraladi. Endi nasos birinchi bosqichdagi shakliga qaytadi va sikl qaytadan boshlanishi mumkin boʻladi.

Bu murakkab siklga oʻxshab koʻrinishi mumkin, ammo u oqsilning ikki shakli biridan ikkinchisiga oʻtishini oʻz ichiga oladi: bunda uning ichkariga qaragan shakli natriyni bogʻlashga moyil boʻladi (kaliyga affiniteti past) va tashqariga qaragan shakli kaliyni bogʻlashga moyil boʻladi (natriyga affiniteti past). Oqsil ushbu shakllar orasida fosfat guruhini biriktirish yoki ajratish orqali almashinib turadi, bu esa oʻz navbatida tashiladigan ionlarning bogʻlanishi orqali boshqariladi.

Download 56.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling