Passiv transport turlari Diffuziya
Download 56.29 Kb.
|
8. Passiv va Aktiv Transport
- Bu sahifa navigatsiya:
- Passiv transport turlari Diffuziya
- Birlamchi aktiv transport
Passiv transportEnergiya talab qilinmaydigan transport turi Konsentratsiya gradiyenti-Moddaning konsentratsiyasi oʻzgaradigan borliq qismi Oʻtkazuvchanlik-Moddaning u orqali oʻtishiga imkon beradigan membrana xususiyati Muvozanat-Bir moddaning borliqda teng ravishda taqsimlanish Passiv transport turlari Diffuziya Diffuziya paytida moddalar yuqori konsentratsiyali joydan past konsentratsiyali joyga umumiy konsentratsiya teng boʻlgunga qadar harakatlanadi. Bu hujayralarga kiradigan va hujayradan chiqadigan baʼzi moddalar uchun ham amal qiladi. Hujayra membranasi yarimoʻtkazuvchan boʻlganligi sababli u orqali karbonat angidrid va kislorod kabi kichik, zaryadlanmagan molekulalar osonlikcha harakatlanishi mumkin. Zaryadlangan ionlar yoki katta molekulalar har xil transport turlarini talab qiladi. Yengillashtirilgan diffuziya Gazlar hujayra membranasining fosfolipidlari orasida oson tarqalishiga qaramay, koʻpgina qutbli yoki zaryadlangan moddalar (masalan, xlorid) diffuziya boʻlishi uchun membrana oqsillarining yordamiga muhtoj boʻladi. Membrana oqsillari oqsil kanallari yoki tashuvchi oqsillar boʻlishi mumkin. Ushbu moddalar uchun konsentratsiya gradiyenti mavjud boʻlsa ham, ularning zaryadlanishi yoki qutblanishi hujayra membranasining gidrofobik markazidan oʻtishga imkon bermaydi. Yengillashtirilgan diffuziya orqali tashiladigan moddalar konsentratsiya gradiyenti boʻyicha harakat qiladi, ammo transport oqsillari ular orqali oʻtayotganda ularni gidrofob sohadan himoya qiladi. Aktiv transport mexanizmlari ikkita turga boʻlinadi. Birlamchi aktiv transport – membrana orqali molekulalarni gradiyentiga qarshi harakatlantirish uchun bevosita kimyoviy energiya manbai (masalan, ATF)dan foydalanadi. Ikkilamchi aktiv transport (kotransport) esa aktiv transport orqali hosil boʻlgan elektrokimyoviy gradiyentdan molekulalarni gradiyentga qarshi harakatlanishida energiya manbai sifatida foydalanadi, shu tufayli bu jarayonda ATF kimyoviy energiya manbaiga ehtiyoj boʻlmaydi. Download 56.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling