Past haroratli qiya ho’llanadigan sirtli quyosh suv chuchutgichlarida bug’lanadigan sirt bilan kondensatsiyaladigan sirt orasidagi masofani optimallashtirish


Download 1.18 Mb.
bet14/17
Sana21.06.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1637645
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
DIPLOM ISHI1

8 - rasm. Iyun oyining bo’lutsiz kunlarida vеrtikal sirtga bir soatda tushuvchi tugri quyosh radiatsiyasining eng
katta mikdori

9 - rasm. Dеkabr oyining bo’lutsiz kunlarida vеrtikal sirtga bir soatda tushuvchi tugri quyosh radiatsiyasining eng katta mikdori

radiatsiya mikdori tugrisida tasavvur bеradi (7,8-rasm). Bu ma'lumotlar turli gеografik kеngliklar sharoitida qanday holatda joylashtirish maksadga muvofikligini ko’rsatadi.


Quyosh suv cho`chitgichlari asosan "issiq quti" printsipida ishlaydi. Ulardan bir turi qiya pog’onali Quyosh suv chuchitgichlaridir. U ichi qoralangan va kuzga tutilgan sho’r suv turuvchi bir qator pog’onalar mavjud. Qurilma sho’r suv uzatuvchi va ortiqcha sho’r suv chiqarib olinuvchi jumrakli quvurlar, shuningdek hosil bo`luvchi disstil suvni to`plashga imkon beruvchi nov bilan ta`minlangan. Qurilma gorizontga nisbatan biror burchak ostida janub tomonga qaratib qo`yiladi. [1]
Quyoshdan kelayotgan nurlanishning muayyan oqimi chuchitgichga tushgach, uning tiniq qoplamasi (shisha) orqali o`tib qurilmaning tubi va sho`r suvda yutiladi. Sho`r suv qiziydi va buglanadi. Buglar shishada kondensatsiyalanib toza suvga aylanadi hamda uning qiya sirti bo`ylab novga tushadi va u orqali yigib olinadi. Bunday qurilmalarning har bir kb. m.hisobidan kuniga 4-5 l distil suv hosil qilish mumkin.
Quyosh suv chuchitgichining samaradorligi eng avvalo uning tiniq qoplamasi orqali o`tib qurilma ichiga kiruvchi Quyosh nuri energiyasining miqdoriga bogliq. SHu sababli ham qurilma shishasi orqali o`tuvchi nur energiyasi miqdorini hisoblash amaliy ahamiyatga ega. O’quv mashgulotlarida Quyosh suv chuchitgichlarni hisoblashga doir laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida qurilma tiniq qoplamasidan quyosh energiyasini hisoblashga oid fikrlarni bayon etamiz.
Qurulma shishasi orqali unga tushayotgan quyosh nurlarning barchasi o’tmaydi. Uning bir qismi shisha sirtidan qaytadi, bir qismi shisha va romlarda yutiladi ularni qizitadi. Shisha va romlar tomonidan yutiladigan nurlar shishaning tozaligiga, romlarning o’lchamlari va materialiga bog’liq bo’ladi. Shishalangan sirt orqali Quyosh nurlarining kirish koeffitsienti Kk1 τ2 τ3 (17) Ifoda orqali aniqlanishi mumkin. Bu erda τ1- shishaning Quyosh radiatsiyasini o’tkazish koeffisienti τ2- SHishalangan sirtning kirlanish koeffisenti τ3-romlardan sozlanish koeffisenti .Quyosh radiatsiyasi hisobidan qurilma ichiga kiruvchi issiqlik miqdori
Qk=Qqr*Kn=qnorm*cosθ*Kn (18)
ifodadan aniqlanadi. Bu erda to’gri quyosh radiatsiyasi miqdori; qnorm -quyosh nurlariga tik joylashgan sirtga tushuvchi radiatsiya intensivligi; ө- nur yo’nalishi va nur tushuvchi sirtga o’tkazilgan normal orasidagi burchak;
cos ө ning miqdori nurning tushish burchagiga, joyning geografik kengligiga bog’liq bo’lib janubga qaratilgan qiya sirtlar uchun I.K.Razumov formulasi yordamida quyidagicha hisoblanadi. [2]
cosθ=(cosδcosφ+sinδsinφ)cosψ+(cosδsinφ-sinδcosφ)sinψ (19)
Nurlar yo’nalishiga normal holda joylashtirilgan sirtga tushuvchi quyosh radiatsiyasining intensivligi 38°-64° geografiya kengligida
qnorm=q*sinh/( sinh+c) (20)
formula yordamida topiladi. Bu erda h`-Quyoshning balandligi, grad. q0 -Quyoshning doimiysi, u 38°-64° geografik kengliklarda 1.8 kal/sm2 min deb
olinadi.
C- atmosfera tiniqligini ifodalovchi emperik koeffitsienti bo’lib ifoda orqali hisoblanadi. P-atmosfera orqali quyosh nurlari tik holatda o’tayotgan hol uchun tiniqlik koeffisenti. Ko’pchilik aktinometrik stantsiyalarning hisoblariga qo’ra u 0.7-0.8 ga teng bo’ladi. Kk - kirish koeffitsienta shishalangan romli sirt orqali qurilma ichiga o’tuvchi quyosh nurlari energiyasini shu sirtga tushuvchi quyosh energiyasiga nisbatini ifodalaydi. Shishaing quyosh radiaksiyasini o’tqazish koeffieenti τ1 shishà qalinligi bo’ylab o’tuvchi quyosh energiyasi miqdorini unga tushuvchi umumiy energiya miqdoriga nisbatini ifodalaydi va nurlarning shisha sirtiga tushish burchagiga bog’liq bo’ladi.
Quyosh radiaksiyasini kirish koeffieentini miqdoriy jihatdan belgilovchi asosiy omillar bo’lib shishaning fizik xossalari va shishada kirlarning to’planib qolish xarakteri va vaqti, ya`ni joyning klimatik va topografik xususiyatlari, qurilma tiniq qoplamasining olamni qaysi tomoniga va qanday burchak ostida quyilganligi hamda quyoshning balandligi hisoblanadi.
Quyosh nurlariga tik o’rnatilgan holda qurilmaning shishalangan sirtiga tushayotgan quyosh radiasiyasining o’rtacha 9-10 foizi shishada yutiladi, 8-10 foizi shishadan qaytadi va 80-83 foizi qurilma ichiga kirishi mumkin.
Soyalanish koeffisentini topish uchun qurilma sirtining soya tushmagan qismini umumiy sirtiga nisbati olinadi.
Hisoblashlar ko’rsatadiki, shishaning quyosh nurlarini o’tkazish koeffieenti 0.9, kirlanish koeffieenti 0.9 va soyalanish koeffitsienta 0.81-0.85 ni tashkil etadi. Shunday qilib, quyosh nurlarining qurilma ichiga kirish koeffieenti 0.68-0.70 ni tashkil etadi. Yuqorida qayd etilgan hisoblashlar quyosh suv chuchitgichlarning issiqlik - fizik ko’rsatgichlarini aniqlashga muljallangan tadqiqot ishlarida foydalanilishi maqsadga muvofiqdir.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling