Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


TK: Ijtimoiy faolfuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo’layotgan voqea,hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish. FK


Download 1.08 Mb.
bet45/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

TK: Ijtimoiy faolfuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo’layotgan voqea,hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish.
FK: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to’liq yoki qisqartirib va mashg’ulotlikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og’zaki bayon qila oladi;
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: o’rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o’qituvchi yordamida ularga baho bera oladi,asar mazmunidan ta’sirlana oladi; o’qilgan asardagi savollarga javob bera oladi.Mashg`ulotning turi: Yangi bilim beruvchi Mashg`ulot.
Mashg`ulotning metodi: suhbat, tanishtirish, ko’rgazmali, mustaqil ish, amaliy
ishlar, sayr sayohat.
Mashg`ulotning jihozi: Mavzuga doir suratlar.Mashg’ulotning borishi: I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; pen – ruchka, red – qizil.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
1. Dehqonning oilasi qanday hayot kechirar edi?
2. Nima uchun Davlat dehqonning uyidan ketishni xohlamadi?
III. Yangi mavzu bayoni:
M uallif haqida: Yusuf Xos Hojib (XI asr). Yusuf Balasogʻuniy Yettisuv oʻlkasidagi Kuzoʻrda (Balasogʻun) shahrida 1016–1018 yillar orasida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston oʻlkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qoʻl ostida edi. Bu sulola VI – IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari boʻlib, IX asr oʻrtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bugʻraxon (924–955) islom dinini qabul qildi va shu bilan turkiy elatlar ham uzil-kesil islom mintaqa madaniyatiga kelib qoʻshildilar. X asr oxiriga kelib, Somoniylar tanazzulga yuz tutgach, Qoraxoniylar Movarounnahrni tugal egalladilar. Balasogʻun ushbu ulkan mamlakatning shimolidagi poytaxti edi.Shoir haqida maʼlumotlar koʻp emas. “Qutadgʻu bilig” asarini 50 yoshlarda hijriy 462 yili (1069/70) yozib tugatgan Yusuf oʻzi haqida asar muqaddimasida shunday maʼlumot beradi: “Bu kitobni tasnif qiligʻli Balasagʻun mavludligʻ parqiz idisi er turur. Ammo bu kitobni Koshgʻarda tugal qilib, Mashriq maliki Tavgʻachxan uskinga kekurmish, malik ani agʻirlab, ulugʻlab oʻz Xas Hojibliqin anga bermish turur, aning uchun Yusuf Ulugʻ Xas Hojib teb yazmish turur” (Bu kitobni tartib beruvchi Balasogʻunda tugʻilgan, parqiz sohibi (sabr-qanoatli) kishidir. Ammo bu kitobni Koshgʻarda tugal qilib, Mashriq maliki Tavgʻachxon dargohiga keltiribdir. Malik uni yorlaqab, ulugʻlab oʻz (saroyida) Xos Hojiblik (lavozimini) beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulugʻ Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi). Kitobda nomi tilga olingan xoqon Nasriddin Tavgʻach ulugʻ Bugʻro Qoraxon Abu Ali Hasan Xorunxon binni Arslonxon boʻlib, 1075–1103 yillar davomida Qoraxoniylar davlatini boshqargan. “Qutadgʻu bilig” asari unga bagʻishlangan paytda u Koshgʻarda Arslontegin Toʻgʻrul Qoraxoqon Mahmudxon (1059–1075)ning oʻrtoq-qogʻoni sifatida hukm surardi. (Qoraxoniylar sulolasida shunday odat boʻlib, Balasogʻun asosiy xoqon hukmdor boʻlganda Qoshgʻarda uning oʻrtoq-qogʻoni ish yuritardi).

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling