Pastdargom tumani “Iskandari” mfy 2022-yil yakuni buyicha Yoshlar yetakchisi Pardayev Javohir Sherzod o’g’li hisoboti


Download 20.79 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1092644
Bog'liq
HISOBOD Beshbola MFY



Pastdargom tumani “Iskandari” MFY 2022-yil yakuni buyicha Yoshlar yetakchisi Pardayev Javohir Sherzod o’g’li
HISOBOTI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92 sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugʻrisidagi qaroriga asosan 2023-yil 4-yanvardan Iskandari mahallasida yoshlar yetakchisi lavozimida ish boshladim. Yoshlar yetakchisiga yoʻklatilgan asosiy vazifalar quyidagilar boʻlib:
- “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, oʻlar bilan samarali ish tashkil qilish;
- mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
- yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish;
- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda oʻlarning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;
- huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashish.
Faoliyatim davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Mahalladagi yoshlarni anketa soʻrovnoma asosida xatlovdan oʻtkazilib “Yoshlar balansi”ni shakllantirildi. Ilk xatlov natijalariga koʻra mahallada 1132 nafar 16-30 yosh aniqlangan bulib shundan 567 nafarini xotin-qizlar tashkil etgan. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugʻrisida” gi 312-sonli qaroriga asosan mahallada qayta 14-30 yoshlar xatlovi amalga oshirildi. Unga koʻra mahallada 1132 nafar 14-30 yosh qayta xatlovdan oʻtkazildi. Shundan 567 nafar xotin-qizlar, rasmiy bandlar 83 nafar, talimda bandlar 265 nafar, migratsiyaga ketganlar 69 nafar, norasmiy bandlar 266 nafar, ishlash istagi yuqlar 353 nafar va nogironligi boʻlgan yoshlar 5 nafarni tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 312-sonli qarori nafaqat xatlov jarayoniga balki “Yoshlar daftari”ga ham katta uzgarish va qoʻshimchalarga sabab boʻldi. PQ-92 sonli qarorga asosan 18-30 yoshni qamrab olgan “Yoshlar daftari” endilikda 14-30 yoshga tushirildi. Yoshlarga beriladigan 13 turdagi imtiyoz turlari ham 20 taga yetkazildi. Bu imtiyozlardan foydalanuvchi yoshlar toifalari ham aniq va toʻliq shaklga keltirildi. 20 xil toifaga kiruvchi yoshlarga 20 turdagi yordam turlari Yoshlar yetakchisi tavsiyasi orqali beriladigan buldi. “Yoshlar daftari” bilan ishlash sektor kotiblaridan yoshlar yetakchisiga utkazildi. Bu esa albatta yoshlar yetakchilarining zimmasiga qoʻshimcha masuliyat yuklatildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilayotgan yoshlarning toifalarga tugʻri kelishi va haqqoniyligi yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklatildi.

sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida — mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish boʻyicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini oʻtkazish;


axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida
— “Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi, kibersport chempionati va “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini oʻtkazish;
maʼnaviyat va kitobxonlikni targʻib qilish borasida
— “Zakovat” musobaqasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Xorijiy tillar bilimdoni” va “Yosh poliglot” tanlovlari hamda “Munozara” intellektual va milliy xalq oʻyinlarini tashkil etish;
tadbirkorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash borasida
— “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “Biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bunga misol “Besh tashabbus” olimpiadasi bulib, olimpiadaning 1-mavsumida mahalladagi 450 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Besh bosqichda tashkil etilgan musobaqalar mahalladagi yoshlarda sport va sanatga yanada kuchli qiziqish uygʻotdi. Mahalla va sektor bosqichida gʻolib boʻlgan yoshlarimiz diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Tuman va viloyat bosqichlariga 3 nafar yoshimiz faxrli oʻrinlarni egallashdi. Musobaqa va tanlovlarni tashkil etishda maxalladagi maktab va tuman sport bulimi bilan hamkorlik yoʻlga quyildi.
Prezidentimizning 2022-yil 30-iyun Yoshlar kuniga bagʻishlangan maruzasida “Besh tashabbus” olimpiadasining kuzgi 2-mavsumini utkazish taklifi berildi. Shunga asosan sentyabr oyida besh bosqichli “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumiga start berildi. Olimpiadada 14 ta sport va madaniyat yunalishida mahallamizdan 350 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Gʻolib bulgan yoshlarimiz Yoshlar ishlari agentligi tuman bulimi tomonidan munosib taqdirlandilar.
“Yoshlarning bo’sh vaqti- Yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida mahalladagi yoshlar o’rtasida turli sport musobaqalari tashkil etildi. Kuchalar o’rtasida mini futbol, voleybol kabi sport musobaqalari o’tkazildi. Haftaniing har juma kunida yoshlarni intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual uyinlari ham tashkil etildi. Sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida — mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, yugurish, shaxmat, shashka musobaqalari tashkil etildi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni oʻtkazildi. Mahalladagi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhiyatini kuchaytirish maqsadida bayram va tadbirlarda Harbiy qism xodimlari bilan hamkorlik yoʻlga quyilib, ular tomonidan qurollar kurgazmasi va jangovor chiqishlar namoyish etildi. Mahalladagi tadbirkor yoshlar bilan ham doimiy aloqa oʻrnatilgan.
Rahbar va yoshlar uchrashuvlarida mahalla yoshlarining muammolari eshitilib ularga tushuntirish va amalaiy yordam kursatilgan.
Mahalla binosida onlayn kutubxona tashkil etildi. Yoshlar ishlari agentligi tuman bulimidan 100 dan ziyod kitoblar berildi.
Har bir mahallada “Bir nuroniyga oʻn nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalarini amalga oshirish maqsadida “1+10” loyihasi asosida mahalladagi tarbiyasi ogʻir va notinch oilalardagi 10 nafar yoshni 1 nafar nuroniyga biriktirish orqali yoshlarning ahvoli ijobiy tomonga uzgartirildi. Hozirgi kunda 10 nafar yoshning barchasi doimiy bandligi taminlangan.

Profilaktika inspektori, maktab faollari bilan hamkorlik yulga quyilib voyaga yetmagan yoshlar Oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida yil mobaynida 100 ga yaqin profilaktika tadbirlari va suhbatlar olib borildi.. Haftaning har payshanba kunida profilaktika inspektori, qalqon guruhi azolari bilan hamkorlikda profilaktika kuni utkazilib kelinmokda. Ikki nafar probatsiya hisobida turuvchilar bilan ham muntazam profilaktik suhbatlar olib borildi. Bugungi kunga kelib ikkala yosh ham doimiy bandligi taminlangan bulib, oilasiga foydasi tegmoqda. Yurtimizda utkazilgan Samarkand shahridagi SHOS sammiti vaqtida mahalladagi qalqon guruhi azolari bilan birgalikda kunu-tun navbatchilik olib borildi. Profilaktika inspektori bilan birgalikda bugungi kunda pirotexnikaga qarshi tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda yosh oilalar urtasida ajrimni oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi. Bir nechta yosh oilalar yarashtirildi. Uyida yolg’iz, qarovchisi yo’q keksalar va nogironligi bulgan fuqaro va yoshlar holidan muntazam xabar olinmoqda.
“30- iyul Odam savdosiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan mahallada xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va “Istiqbolli avlod” jamg’armasi bilan hamkorlikda amaliy seminar tashkil qilindi. “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan mahallada, maktabda yoshlar o’rtasida targʻibot tashviqot ishlari amalga oshirildi. Konstitutsiyamizning 30 yilligiga baqishlangan davra suhbatlari oʻtkazildi.
Migratsiyaga ketgan yoshlar bilan tizimli ishlash yo’lga quyildi. Migratsiyaga ketgan yoshlarning xatlovi qilindi. Unga ko’ra mahallamizdan 4 nafar yosh oʻqish va ishlash uchun chet davlatlarga migratsiyaga ketgani aniqlangan. Hozirgi kunda yoshlar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy aloqa urnatilgan. Muntazam ravishda yoshlar bilan telegram orqali suhbat qilinib ularni ahvolidan xabar olinib turilibdi.
Nogironligi bulgan yoshlar ham alohida xatlov qilinib mahallamizda 5 nafar nogironligi bor yoshlar aniqlandi. Imkoniyati cheklangan yoshlar holidan mahalla faollari bilan birgalikda muntazam xabar olinib turilibdi.

Shu yilning paxta yigʻim terim mavsumida ham yosh terimchilarning terimga faol ishtiroki taminlandi. Bu orqali yosh xotin-qizlar xonadonlariga qushimcha daromad keltirishdi. Mahalladagi Yashil makon loyihasiga ham mahalla yoshlari faol ishtirok etmoqda. 2022-yil davomida mahallamiz hududiga 1000 tupdan ziyod turli xil daraxt kuchatlari ekildi. Yoshlarni mahalladagi obonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlariga faol qatnashishga targʻibot tashviqot ishlari olib borilmoqda va yoshlarimiz mahalla ijtimoiy hayotida faol ishtirok etmoqda.




Iskandari” MFY yoshlar yetakchisi: _____J.Pardayev
Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling