Пастельная Пузыри Базовая Простая Презентация


“O‘zbekinvest” kompaniyasining Ustav vazifalari


Download 25.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1721975
1   2   3   4
Bog'liq
Uzbekinvest

“O‘zbekinvest” kompaniyasining Ustav vazifalari:
- xorijdagi milliy eksportchilarning iqtisodiy manfaatlarini, chet ellik
sheriklarning shartnoma majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik
qiladigan siyosiy, tijoriy va tadbirkorlik xatarlaridan har tomonlama
sug'urta himoyasini taʼminlash;
- eksport kreditlarini sug‘urtalashning xalqaro tamoyillariga muvofiq
texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini moliyalashtirish uchun
kreditlar beradigan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari - tijorat
banklariga sug'urta kafolatlarini taqdim etish;
- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan xorijiy
investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini har tomonlama
sug'urta himoyasini taʼminlash;
- xalqaro, xorijiy, mahalliy, davlat va xususiy sug'urta tashkilotlari,
qo‘shma sug'urta faoliyati va qayta sug'urta operatsiyalari bilan
bevosita hamkorlikni rivojlantirish.


Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari:
“O‘zbekinvest” so‘nggi bir necha yil ichida sug'urta mukofotlari
yig‘ish bo‘yicha yurtimiz sugurta kompaniyalari orasida
reytingning eng yuqori pog‘onalarini egallab kelayotgan etakchi
sug'urta kompaniyasi hisoblanadi.
2016 yilda “O‘zbekinvest” O‘zbekiston korxonalari orasida
birinchi bo‘lib қайта sertifikatlashdan o‘tdi va SGS (Shveysariya)
xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan chiqarilgan sifat
menejmenti tizimining ISO 9001: 2015 yangi versiyasiga
muvofiqligi sertifikatini oldi.


2022 yil dekabr oyida “Moody’s Investors Service Ltd.” tashkiloti
kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini “Barqaror” prognozi bilan
“Ba3” darajasida tasdiqladi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston bank-moliya
sektori tuzilmalari orasida eng yuqori hisoblanadi.
Ahbor-Reyting agentligi 2020 yildagi faoliyat natijalariga ko‘ra
Kompaniyaga milliy miqyosdagi "uzA ++" darajasida “Barqaror” istiqboli
reytingini tasdiqladi.
2022 yil mart oyida A.M. Best Company (AQSh) kompaniyasidan
“O‘zbekinvest”ga “Barqaror” prognozi bilan «bb» xalqaro kredit reytingi
yana bir bor berildi. Shu bilan birga, “O‘zbekinvest” O‘zbekistonda ushbu
agentlik tomonidan xalqaro reytingga sazovor bo‘lgan birinchi va yagona
tashkilot hisoblanadi.


Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 ta filial;
200 dan ortiq tuman bo‘limlari, ulardan 26 ta shahar bo‘limlari;
800 nafardan ortiq sug'urta agentlari.

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling