Mustaqil ta’limning mavzulari
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o`qituvchining raxbarligi va nazoratida muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzularni o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish;
bеrilgan mavzular bo`yicha axborot (rеfеrat) tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash;
makеt, modеl va namunalar yaratish;
prezentatsiyalar;
testlar;
ilmiy maqola , anjumanga ma'ruza tayyorlash va x.k..
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha kafеdra profеssor – o`qituvchilari tomonidan ko`rsatma va tavsiyalar, masalalar to`plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma'ruza mavzulari bo`yicha amaliy masala va misollar еchish uchun masalalar kеltirildi
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
Irsiy kasalliklar.
Regional mikrosirkulyatsiyaning buzilishi.
Yallig’lanish mediatorlari.
Issiq urishi. Gipertermik sindrom.
Yog’li infiltratsiya va distrofiya.
Kislorod – ishqor buzilishining asosiy ko’rinishlari.
Immunodefitsit holat OITS.
O’smalarni paydo qiluvchi sabablar.
Irsiy gemolitik anemiyalar.
Toj tomirlar arterosklerozi
Bronxial astma.
Vabo kasalligi.
Dasturning informatsion - metodik ta’minoti
Patologiya fanini o‘zlashtirishda ajratilgan soatlar uchun amaliy mashg‘ulot va ma’ruza darslari ta’limning zamonaviy (xususan interfaol, bumerang, aqliy xujum) metodlari pedogogik va axborot-kommunikatsiya (media ta’lim, amaliy dastur paketlari, elektron-dialektik) texnologiyalarini qo‘llash orqali olib boriladi. - asab tizimi patologiyasi bo‘limiga tegishli ma’ruza darslarida komp’yuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron – didaktik texnologiyalaridan:
Yurak – qon tomir va nafas tizimi patologiyasi mavzularida o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlarida “aqliy xujum”, “guruxli fikrlash”, “blits o‘yini”, pedagogik texnologiyalaridan;
hazm tizimi, ajratish tizimi, moddalar almashinuvi patologiyasi mavzularida o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlarida kichik gurux musobaqalari, guruhli fikrlash, pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |