Uchinchi bosqich. Termostatdan qo’zg’atuvchini sof kulturasi olinadi. Qiyalantirilgan GPA o’lat qo’zg’atuvchisi nozik oqish kulrang parda hosil qilib o’sadi. Ajratib olingan sof kultura bilan 13 –sxemada keltirilgan sinamalar qo’yiladi.
To’rtinchi bosqich- Qo’yilgan sinamalar termostatdan olinib natijalanadi. I.restis boshqa ierseniozlardan ( jadvalga qaralsin). identifikasiya qilinadi va yakuniy javob beriladi.
Biosinama. Bu usul begona mikroflora bilan ifloslangan materialdan sof kultura ajratib olish uchun ishlatiladi. O’ta sezgir laboratoriya hayvonlari oq sichqon va kalamushlar hisoblanadi. Ular bo’lmasa dengiz cho’chqachasi qo’llaniladi. Albatta tekshiriluvchi material hayvonning terisiga surkalishi va teri orasiga kiritilishi zarur. Agar materialda begona mikroorganizmlar bo’lmagan taqdirda material hayvonning qorin pardasiga yuboriladi.
Hayvonlar o’lgandan so’ng (materialni yuborish turiga qarab 3-7 kun) yorib ko’riladi, organlaridagi patologik o’zgarishlar aniqlanadi. Organlardan tamg’a surtmalar tayyorlanilib Gram usulida va metilen ko’ki bilan bo’yab mikroskopda ko’riladi va oziqli muhitlarga ekilib 16–sxema bo’yicha bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi.
O’lat qo’zg’atuvchisini diagnostikasidagi jadal usullar.
1. Immunoflyuoressent usul qo’zg’atuvchini turli patologik materiallarda, atrof muhit ob’ektlarida, ektoparazitlarda borligini 2 soat ichida aniqlash imkonini beradi. Bu maqsadda, turga xos o’latga qarshi atitelalar flyuoressent moddalar bilan nishonlanadi. Materialda o’lat qo’zg’atuvchisi bo’lsa nishonlangan AT unga birikib lyuminesent mikroskopda yashil nur tarqatadi.
2. Tekshirilayotgan materialda o’lat qo’zg’atuvchisi borligini, qo’zg’atuvchini AT si yuklatilgan eritrositar diagnostikumlar bilan PGAR orqali ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari oxirgi yillarda antitelolarni neytrolizasiya reaksiyasi (ANR), IFA va I. restis ni o’sishini tezlashtiruvchi oziqli muhitlardan diagnostikada foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |