Patogen zoonoz o’ta xavfli bakteriyalar. Kuydirgi (Sibir yarasi), Toun (o‘lat), brutselloz, qo’zg’atuvchilari. Ularning mikrobiologik xususiyatlari


Download 87.23 Kb.
bet11/11
Sana05.01.2022
Hajmi87.23 Kb.
#228435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Labaratoriya mashg’uloti 15

Brutsellyoz qo’zg’atuvchilari


Brutsellyozga sabab bo’ladigan bakteriyalar shu kasallikdan o’lgan odam murdasidan dastlab 1882 yili kasallik qo’zg’atuvchisini ajratib olgan ingliz olimi Bryus sharafiga Brucella deb atalgan turkumga birlashtirilgandir. Brucella turkumi bir necha turni; Br. Melitensis, Br. Abortus, Br. Suis-ni o’z ichiga oladi.

Morfologiyasi va biologic xossalari. Brusellalar ovalsimon, sharsimon yoki tayoqchasimon shaklda bo’ladigan mayda-mayda (0.3-2mkm) tayoqchalardir. Brusellalar suyuq muxitlarda o’sganida loyqa paydo bo’ladi, zich muxitlardagi koloniyalari qavariq, rangsiz bo’ladi va sadafga o’xshab tovlanib turadi.

Patogenezi va klinikasi. Odam organizmida brusellalar shilliq pardalarva teri orqali, bularda ko’zga ko’rinarli yara – chaqalar bo;lmasa ham kiradi. Limfa oqimi bilan ular regionar limfa tugunlariga etib keladi va bularda o’sha tugunlarning teriga yopishmay turadigan paketlar ko’rinishida kattalashib ketishiga sabab bo’ladigan yallig’lanish prossesini keltirib chiqaradi. Limfa tugunlarida mikroblar qonga o’tib, butun organizmga tarqaladi va ko’mik, jigar, buyrak, taloq, o’pka, tuxumdon, bachadon va boshqa organlarda o’choqlar hosil qiladi.

Mikrobiologik diagnostika. Brutsellozni bir qancha boshqa kasalliklardan (sil, revmatizm, bezgak, tulyaremiya) va boshqalardan ajratib olishga to’g’ri keladi, shu munosabat bilan loboratoriya diagnostikasi ayniqsa muxim axamiyatga ega. Loboratoriya diagnostikasining serologik, allergik, mikrobiologik, va biologik usullarida foydalaniladi.

Epidiomiologiyasi. Qora mol va qo’y – echkilar, ba’zan cho’chqalar, otlar, tuyalar, mushuklar, itlar va bosahqalar odam uchun asosiy infeksiya manbai bo’ladi. Brusselyoz sut va sut mahsulotlari orqali, shuningdek go’sht orqli alimental yo’l bilan yuqadi.
Download 87.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling