Paxta eksporti o’rnini tayyor toqimachilik mahsulotlari egallamoqda


Download 21.13 Kb.
Sana06.08.2020
Hajmi21.13 Kb.
#125624
Bog'liq
KIRISIW-1


Respublika toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish oʻrinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilgʻor “klaster modeli”ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Fan va ta’limning ishlab chiqarish bilan uyg‘unligi barcha sohalarda taraqqiyotni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 53-sonli va 2018 yil 31 martdagi “ Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi 253-sonli qarorlari huquqiy bazasi shakllantirildi.

2019 yilning otgan davri mobaynida (yanvar-aprel) 514,9 mln $ miqdorida toqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi amalga oshirildi. Bu korsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan 21,2% ga osib, umumiy eksport hajmining 9,8% ini tashkil qildi. Eksport qilingan toqimachilik mahsulotlari tarkibidan paxtadan yigirilgan ip (58,2%), tayyor toqima matolar va tikuvchilik kiyimlari (22,2%) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 246 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 47 та davlatiga eksport qilindi. 2020 yilning yakuniga qadar 91 ta paxta-to‘qimachilik klaster loyihalari amalga oshiriladi.



Paxta eksporti o’rnini tayyor toqimachilik mahsulotlari egallamoqda.
Eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan yengil sanoat korxonalariga soliq imtiyozlari berildi yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan xomashyoni qayta ishlash asosida bozor talablariga mos to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 20202025 yillarga mo‘ljallangan maqsadli parametrlari tasdiqlandi. Shuningdek, qarorga ko‘ra,

2020-yil 1-yanvardan: - yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar,

2021-yil 1-yanvardan: - eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.


2023-yil 1-yanvargacha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
2023yil 1yanvargacha yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
- “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari O‘zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to‘laydi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishga qaratilgan 17 ta Prezident va hukumat qarorlari qabul qilindi. Ularning samarasi o‘laroq so‘nggi uch yil ichida to‘qimachilik sohasida ishlab chiqarish deyarli ikki barobar ko‘paydi va paxta tolasini qayta ishlash hajmi 2016 yildagi 410 ming tonnadan 2019 yilda 760 ming tonnagacha, mahsulot eksporti qiymati 2 milliard dollargacha oshdi To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida ishlovchilar soni 160 mingdan 250 ming kishiga ko‘paydi. Har yili mavjud korxonalarni kengaytirish va yangi quvvatlarni ishga tushirish hisobiga qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, shu jumladan ishchi kuchi ko‘p bo‘lgan hududlarda yiliga 15 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanmoqda.
Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling