Paxta sanoatida avtomatik loyihalash tizimlari
Download 29.15 Kb.
|
Kaipnazarova Gulziya
TTYeSI PAXTANI DASTLABKI ISHLASH VA URUG’TAYYORLASH M1-20 guruhi talabasi KAIPNAZAROVA GULZIYANING “PAXTA SANOATIDA AVTOMATIK LOYIHALASH TIZIMLARI” fanidan oraliq nazorat ishi 10-variant SAVOLLARI:
Printsipial sxemalarning vazifalari, turlari va ularni bajarishning umumiy tamoyillari. Printsipial elektr sxemada ba’zi-bir elementlarining grafik belgilanishi. JAVOBLARI: 1. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish va avtomatik rostlashda turli elektr va pnevmatik asboblar, apparaturalar qo`llaniladi, ular orasidlagi o`zaro aloqalarni ko`rsatishda, shuningdek, ularni ishlash printsiplarini o`zlashtirishda printsipial sxemalardan foydalaniladi. Printsipial sxemalarda avtomatlashtirish sistemasining ayrim bir bo`lagiga kiruvchi element, modul’, yordamchi apparatlarniing tarkibi va ular orasidagi bog’lanishlarning to`la ko`rsatilishi lozim. Printsipial sxemalarni loyihalash uchun dastlabki material sifatida funktsional sxemani asos qilib olinadi. Printsipial sxemalar Davlat Standartlari va tarmoq ko`rsatma xujjatlari talablariga rioya qilgan holda bajariladi. Printsipial elektr sxemalar quyidagi me`yoriy xujjatlar asosida yaratiladi: DS 2.701-84. Sxemalar. Ko`rinishi va tiplari. Bajarish uchun umumiy talablar. DS 2.710-81. elektr sxemalarda shartli harfiy belgilashlar. DS 2.755-87. Sxemalardagi shartli grafik belgilashlar. RM 4-106-82. Ko`rsatma materiallar. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sistemalari. Bajarishga talablar. Me`yoriy xujjatlar printsipial sxemalarni bajarish qoidalarini, sxema elementlarining shartli grafik va harfiy belgilanishlarini, zanjir qismlrini markirovka qilish yo`llarini belgilab beradi.
Download 29.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling