Paxta terimi turining ip sifatiga ta’siri
Download 282.86 Kb. Pdf ko'rish
|
paxta-terimi-turining-ip-sifatiga-ta-siri
Tadqiqot metodologiyasi. Paxta tolasining va undan yigirilgan ipning sifatini
aniqlashda Uster Statistics 2018 me’yorlari bilan qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Paxta tolasining asosiy sifat ko‘rsatkichlarini USTER HVI 1000 o‘lchov tizimi yordamida aniqlanadi. Bu tizim tezkor va olingan jadvallar va diagrammalar dunyo bo‘yicha qo‘llaniladigan tizim xisoblanadi. Bu tizimda qo‘llaniladigan uskunalar USTER TESTER 5 va USTER AFIS PRO 2 bu laboratoriya uskunalarida paxta tolasi va ulardan tayyorlangan xomaki mahsulotlar hamda yigirilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi. 1-rasm. “USTER” firmasining AFIS PRO 2 sinov laboratoriya jihozi Paxta tolasi va yarim maxsulotlar tarkibidagi tolalarning xossalari “USTER” firmasining AFIS PRO 2 sinov loboratoriya jixozlari yordamida aniqlanadi. Laboratoriya jihozida bir vaqtning o‘zida uzunlik L(n), tugunaklar (Neps/g), kalta tolalar miqdori (SFC n, SFC w), chiziqiy zichlik (Fineness), yetilgan (pishgan) tola miqdori (Muturity), o‘lik tola miqdori (IFC), chang miqdori (Duct Cnt), ifloslik (Trash Cnt) ko‘zga ko‘rinadigan yirik aralashma (VFM) larning qiymatlarini aniqlash imkonini beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan laboratoriya jihozi yordamida olingan ip sifat ko‘rsatkichlari Jizzax viloyati “Jizzakh textile” MChJ xorijiy qo’shma korxonasidagi laboratoriyada tajribalar asosida o‘rganildi. Tahlil va natijalar. Sinov tajriba ishlari “Jizzakh textile” xorijiy qo‘shma korxonasidagi USTER AFIS PRO 2 laboratoriya jihozida mashinada va qo‘lda terilgan paxta tolalarining o‘lchovchi standart ASTM standartiga binoan tolaning (tolani uzunlik, pishib yetilganlik, ifloslik darajasi va nepslar) sifat ko‘rsatkichlari "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 234 aniqlandi va 1-jadvalga jamlandi. 1-jadval Tolaning sifat ko‘rsatkichlari № Ko‘rsatkichlar Variantlar Qo‘lda terilgan Mashinada terilgan 1 uzunlik L(n) 0,81 0,82 2 toladagi tugunaklar soni (Cnt/g) 69 63 3 kalta tolalar miqdori (SFCn) 24,2 22,4 4 chiziqiy zichlik (Fineness) 167 168 5 yetilgan (pishgan) tola miqdori (Muturity) 0,9 0,9 6 o‘lik tola miqdori (IFC) 7,1 6,4 Tolaning sifat qo‘rsatkichlari aniqlash uchun tuzilgan jadvalda qo‘lda va mashinada terilgan paxta tolalarning sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilingan qo‘lda terilgan paxta tolasining shtapel uzunlik ko‘rsatkichi, mashinada terilgan paxtaning uzunligi L(n)0.01 % ga ko‘p. Qo‘lda terilgan paxta tolasining toladagi tugunaklar soni, mashinada terilgan tugunaklar sonidan (Cnt/g) 19.6% ga ko‘p. Qo‘lda terilgan paxta tolasining kalta tolalar miqdori, mashinada terilgan paxta tolasining kalta tolalar miqdoridan (SFCn)7.8% ga ko‘p. Qo‘lda terilgan paxta tolasining chiziqiy zichlik ko‘rsatkichi, mashinada terilgan paxta tolasining chiziqiy zichlik ko‘rsatkichidan (Fineness) 0.5% ga kam. Qo‘lda terilgan paxta tolasining pishgan tola miqdori, mashinada terilganniki (Muturity) bilan teng. Qo‘lda terilgan paxta tolasidagi o‘lik tola miqdori, mashinada terilgan paxta tolasidagi o‘lik tola miqdoridan (IFC) 10% ga ko‘pdir bu holatda ko‘rishimiz mumkinki paxta tolasini mashinada va qo‘lda terilganda ularning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish uchun paxta tozalash va yigirish korxonalarida o‘rnatilgan tola tozalash tizimlarini takomillashtirish yangi resurstejamkor texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali sifat tolaning darajasini oshirishimiz mumkin. Qo‘lda va mashinada terilgan paxta tolasidan tayyorlangan xomaki mahsulotlarning chiziqiy va kvadratik notekislik ko‘rsatkichlari, xalqaro Uster Statistics 2018 me’yorlari bilan qiyoslandi va olingan natijalar 1-jadvalga jamlandi. Ushbu jadval tahlili shuni ko‘rsatdiki, mashinada terilgan paxta tolasidan tayyorlangan xomaki mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari qo‘lda terilgan paxta tolasidan tayyorlangan xomaki mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari (chiziqiy notekislik, kvadratik notekislik, kesim bo‘yicha 1 metr uzunlikdagi yarim tayyor mahsulotning variatsiya koeffitsenti, kesim bo‘yicha 3 metr uzunlikdagi yarim tayyor mahsulotning variatsiya koeffitsenti) bir biriga yaqin ekanligini ko‘rsatdi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 235 1-jadval Mashinada va qo‘lda terilgan paxta tolasidan tayyorlangan xomaki mahsulotlarning chiziqiy va kvadratik notekislik ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar Variantlar Mashinada Qo‘lda Q ayt a t ar al g an pi lt a P il ta la nga n pi lt a P il ik Q ayt a t ar al g an pi lt a P il ta la nga n pi lta P il ik Chiziqiy notekislik, U% 2.88 1.88 3.19 2.55 1.78 3.05 Kvadratik notekislik, CVm % 3.61 2.38 3.99 3.18 2.27 3.87 Kesim bo‘yicha 1 metr uzunlikdagi yarim tayyor mahsulotning variatsiya koeffitsenti, CVm 1m % 1.42 0.33 2.11 1.21 0.33 1.97 Kesim bo‘yicha 3 metr uzunlikdagi yarim tayyor mahsulotning variatsiya koeffitsenti, CVm 3m % 1.20 0.18 1.73 1.01 0.18 1.42 Sinov jarayonining keyingi bosqichida yigirish rejasiga muvofiq har ikki variant bo‘yicha tayyorlangan piliklardan chiziqiy zichligi 19,6 teks bo‘lgan qayta tarash ipi namunalari olindi, hamda ularning chiziqiy va kvadratik notekisliklari hamda neps ko‘rsatkichlari Uster Tester 5-S800 jihozida o‘rganildi. 2-jadvallarda yigirilgan har ikki variant bo‘yicha chiziqiy zichligi 19,6 teks (Ne=30) qayta tarash ipining sifat ko‘rsatkichlari keltirilgan. 2-jadval Ipning tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlar № Ko‘rsatkichlar Variantlar Mashinada Qo‘lda 1 Chiziqiy notekislik, U% 8.63 8.66 2 Kvadratik notekislik, CVm % 10.89 10.93 3 10 metr uzunlikdagi ipning kvadratik noteksligi, CVm 10 % 3.74 2.20 4 Ingichka joylari (-50%), 1 km ga to‘g‘ri keladigan 0.0 0.0 5 Qalin joylari (+50%), 1km ga to‘g‘ri keladigan 8.9 9.0 6 Tugunaklar (nepslar +200%), 1km ga to‘g‘ri keladigan 40.1 44.1 7 Tukdorligi, N 5.10 6.18 2-jadvalda qo‘lda va mashinada terilgan paxta tolalaridan yigirilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlari va ularning qiyosiy tahlil natijalari hamda Uster Statistics 2018 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 236 me’yoriy ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan qo‘lda terilgan paxta tolasidan yigirilgan ipning chiziqiy notekisligi, mashinada terilgan paxta tolasidan yigirilgan ipning chiziqiy notekisligi 0,3 % ga kam ekanligi. Qo‘lda terilgan paxta tolasidan yigirilgan ipning kvadratik notekisligi esa mashinada terilgan ipning kvadratik notekisligi esa 0,3% ga ko‘pligi aniqlandi. Mayda va yirik nepslar solishtirilganda qo‘lda terilganda neps miqdori 40,1 ta, mashinada terilganda esa 44.1 ta, ya’ni 9 % ga ko‘pligi aniqlandi. Shuningdek, yirik (+280 %) nepslar miqdori esa 28.4 % ga kamligi (12.3; 8.8) aniqlandi hamda tukdorlik darajasi mashinada terilgannikidan qo‘lda terilganniki 17.5 % ga ko‘pligi aniqlandi. Tahlil natijalaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki qo‘lda va mashinada terilgan paxta tolasidan tayyorlangan xomaki mahsulotlar va yigirilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlari orasidagi farqdan mashinada terilagan paxtadan olingan ip sifat ko‘rsatkichlari pastligini bu usulda terilgan paxtani tozalash samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa. Mashinada va qo‘lda terilgan paxta tolalaridan tayyorlangan xomaki mahsulotlar va yigirilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlari Jizzax viloyati “Jizzakh textile” MChJ xorijiy qo’shma korxonasidagi mavjud laboratoriya uskunalarida tahlillar o‘tkazilib natijalar xalqaro me’yor ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlil natijalari olindi. Qo‘lda va mashinada terilgan paxta tolasidan yigirilgan ip chiziqiy zichligi 19,6 teks (N e =30) karda iplari hamda ularning sifat ko‘rsatkichlari tahlilidan shunday xulosa qilish mumkinki mashinada terilgan paxta tolasidan olingan ip sifat ko‘rsatkichlaridan kamligi buning uchun paxta tozalash va yigirish jarayonida tozalash samaradorligini yanada oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu esa soha olimlari oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Download 282.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling