Paxta terimi turining ip sifatiga ta’siri
Download 282.86 Kb. Pdf ko'rish
|
paxta-terimi-turining-ip-sifatiga-ta-siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
- Keyword
Paxta terimi turining ip sifatiga ta’siri Kadam Jumaniyazovich Jumaniyazov Fazliddin Otaqulovich Egamberdiyev fazliddin.123456789@mail.ru Sarvarjon Abduhakim o’g’li Karimov Jizzax Politexnika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada mashinada va qo‘lda terilgan paxta tolalaridan tayyorlangan xomaki mahsulotlar pilta, pilik hamda yigirilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlari keltirilgan. Ipning sifat ko‘rsatkichlari Jizzax viloyati “Jizzakh textile” MChJ xorijiy qo’shma korxonasidagi mavjud laboratoriya uskunalaridan foydalanilgan holda tahlillar o‘tkazildi olingan tahlil natijalari xalqaro me’yor ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlil qilinib natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: Paxta tolasi, ip, qo‘l terim, ifloslik, chiziqiy zichlik, kalta tola. The effect of cotton picking type on yarn quality Kadam Jumaniyazovich Jumaniyazov Fazliddin Otakulovich Egamberdiev fazliddin.123456789@mail.ru Sarvarjon Abduhakim ugli Karimov Jizzax Politexnika instituti Abstract: This article presents the quality indicators of machine and hand- picked raw cotton, sliver, roving and spinning yarns. The quality of the yarn was analyzed using the existing laboratory equipment of the foreign joint venture Jizzakh Textile LLC in Jizzakh region. The results of the analysis were compared with international standards. Keyword: Cotton fiber, yarn, hand pick, dirt, linear density, short fiber. Kirish. Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini keng joriy etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni keng amalga oshirilmoqda. Paxta tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda peshqadam mamlakatlar Hindiston va Xitoy bo‘lib, ularda ishlab chiqarilayotgan tola miqdorining 24,8% ni tashkil qiladi. Mamlakatimizda ham 3 mln tonna paxta "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 232 yetishtirilib qaryib 1 mln. tonnaga yaqin tola olinadi. Dunyoda tabiiy tola va tayyor to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabning yuqori darajadaligi, raqobatbardosh yuqori darajadagi sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni talab etadi. So‘nggi yillarda respublikamizda to‘qimachilik, yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish hamda tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sohada paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil qilish, mahsulot ishlab chiqarishning paxta tolasi, yigirilgan ip va kalava, to‘quv-trikotaj mahsulotlari va tayyor tikuv buyumlarigacha bo‘lgan bosqichlarini o‘z ichiga oladigan ishlab chiqarish komplekslarini yaratish va rivojlantirish, keng assortimentdagi, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda aholini ish bilan ta’minlash, o‘zimizda yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlash salmog‘ini oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Hozirgi kunda yigirish korxonalarida mahsulot ishlab chiqargunga qadar bir nechta texnologik jarayonlardan o‘tadi. Ularga tarash, piltalash, piliklash, yigirish va qayta o‘rashdir. Bu jarayonlarning har biri yigirishda juda muhim rol o‘ynab, texnologik jarayonlar parametrlarini va yarim mahsulot sifatini nazorati katta ahamiyat kasb etadi. Ipning qanaqa yigirish tizimida va qanday usulda yigirilishdan qat’iy nazar sifat ko‘rsatkichlari har xil mezonlar bilan baholanadi. Har bir sifat ko‘rsatkichlari: chiziqiy zichligi, kvadratik notekisligi, nepslar soni, uzish kuchi, buramlar soni chiziqiy zichlik bo‘yicha uzilish kuchi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari belgilangan xalqaro standart talablari bo‘yicha sinov laboratoriya uskunalarida aniqlanadi. To‘qimachilik sanoati xalq xo‘jaligiga keng iste’mol mollari gazlama, trikotaj, tikuv iplari, gilam va boshqalar yetkazib berish bilan birga ishlab chiqarish vositalari kord iplari, uzatish tasmalari, izolyatsion materiallar va x.k. yaratuvchi sanoat hisoblanadi. Uning mahsulotlari xalq xo‘jaligining mudofaa, tibbiyot, avtomobil, poyabzal kabi ishlab chiqarish tarmoqlarida ham keng qo‘llaniladi. To‘qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulot va ishlatiladigan xom ashyo turiga qarab ko‘p tarmoqlarga bo‘linishi ma’lum. Ular orasida ip ishlab chiqarish alohida o‘rin tutadi. Respublikamiz yigiruv korxonalari jahonga mashhur «Rieter» (Shveysariya), «Zinser» (Germaniya), «Marzoli» (Italiya), «Toyota» (Yaponiya) firmalarida ishlab chiqarilgan tezkor, serunum pnevmomexanik yigirish mashinalari mamlakatimiz korxonalarida samarali ishlatilmoqda. Pnevmomexanik yigirish usulida ishlab chiqarilgan ipning tuzilishi uning shakllanishi o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 233 Pnevmomexanik yigirish usulida tolalar yigirish kamerasiga uzluksiz diskret oqimi ko‘rinishida uzatiladi. Uzatilgan tolalar markazdan qochma kuch ta’sirida kameraning qiya sirtiga tushadi va asta sekin o‘yiq qismiga sirg‘alib tushib o‘z o‘qi atrofida o‘raladigan tolali ponasimon piltacha hosil bo‘ladi. Moslama sirtida xarakatlanayotgan tolaga aerodinamik, inersion va ishqalanish kuchlar ta’sir etib, ip shakllanish jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Download 282.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling