Paxta tozalash sanoati mashinalari detallariga termik ishlov berish referat
Jin va linter arralariga termik ishlov berishni o’ziga xos xususiyatlari
Download 60.18 Kb.
|
DETALLARGA TERMIK ISHLOV BERISH
2. Jin va linter arralariga termik ishlov berishni o’ziga xos xususiyatlari.
Termik ishlov berish – avvalo metall va uning qotishmalarini ichki struktura tuzilishini boshqarish usuli bo’lib, bunda metall va qotishmalarni kerakli ma’lum haroratgacha qizdirilgandan keyin ularni har xil tezlikda sovitish tushiniladi. Bu usul texnika-mashinalar ishlab chiqarishda keng tarqalgan usul bo’lib, materlallar xossalarini o’zgartirishning eng samarali imkoniyatlaridan biri hisoblanadi. Ularni texnologik xossalarini yaxshilash uchun termik ishlov berish oraliq jarayon bo’lishi ham mumkin. Lekin ko’pchilik hollarda mashinalar vositalari xossalarini to’plamini vujudga keltirishda oxirgi jarayon hisoblanadi. SHuning uchun metall va uningqotishmalariga termik ishlov berishda har bir jarayonga qattiq e’tibor berib ishlash talab etiladi. Ma’lumki termik ishlov berish uchta turga bo’linadi: Sof termik ishlov berish; Termomexanik ishlov berish yoki (deformatsiyaviy termik ishlov berish); - Kimyoviy termik ishlov berish. Bu usullarning o’ziga mos yo’nalishi va asosiy maqsadiari bor. Har bir termik ishlov berish usuli belgilangan tartib va maqsadiar uchun qo’llaniladi hamda kerakli natijalarga erishiladi. Toshkent to’qimachilik va y yengil sanoat instituti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasida arra tishlarini mustaxkamlashni turli xil usullari tadqiq etilgan va bunda quyidagi variantlar ko’rib chiqilgan. -birinchi variant-elektrokontaktli qizitish orqali tishlarni tishlar uchinin toblash, sungra-suyq azot muxitda (harorat -1700) tishlarni sovuqlik bilan ishlash; -ikkkinchi variant –elektrokontaktli qizitish orqali tishlarni toblash; -uchinchi variant-tishlarni sovuqlik bilan ishlash; -to’rtinchi variant (solishtrish uchun)- qo’shimcha ishlov berilmagan, yani birlamchi tishlar. Xar bir variant bo’yicha arralar tayyorlanadi va tishlarini yeyilishi tadqiq qilindi va olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval
Tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatdiki, sovuqlik bilan ishlash eyilishini faqat 1.1 marta kamaytiradi. Elektrokontaktli toblash eyilishini 1.5 marta kamaytirgan xolda, elektrokontaktli toblash va so’ng qo’shimcha sovuqlik bilan ishlashda yeyilishiga chidamlikni keskin oshiradi yani 2÷3 marta. Ishlab chiqarish sharoitidagi sinovlar va usullari texnik iqtisodiy taxlili eng muqobil, tejamkor va juda samarali usul-elektrokontaktli usul ekanligini ko’rsatadi va tishlar qattiqligi HRC 58-60 atrofida bo’ladi. SHu jarayon uchun linter arralarini tishlarni uchlarini qattiqlash uchun elektrokontaktli toblash usuli ishlab chiqligan. Bu jarayon uchun maxsus agregatda linter arralarini tiglarni uchlarini elektrokontakt usuli bilan toblash yaratilagan. U ikki xolatdan iboratdir. 2-rasm. Elektrokontaktli toblash sxemasi Birinchi xolatda maxsus tekis egov bilan tishni o’tkir uchlari egovlanadi. Egovni arra tishiga siquvchi kuch R=2,0÷2,5 kg(20÷25 N) atrofidadir, natijada tishni uch qismida uzunligi K=0,0÷0,5 mm ga teng bo’lgan kichkina maydoncha xosil bo’ladi (3-rasm). 3-rasm Ikkinchi xolatda VK8 qattiq qotishmadan tayyorlangan elektrod yordamida tishni uch qismi elektrokontakt usuli bilan qizdirish va xavoda sovutish orqali tishni uch tomoni toblanadi. Natijada tishni oldingi yuzasi bo’ylab qattiqligi HRC 60÷62 birlikkacha o’sadi. Agregatni toblash unumdorligi 240 arra/soatdir. SHpindelni aylanish chastotasi: egovlashda 48min-1, toblashda 6 min-1. Tranformatorni agregatni bo’sh yuritishdagi kuchlanishi 46V, toblashda ishchi kuchlanish 26V, toblashda ishchi tok qiymati 200 A gacha bo’ladi. Bu usul arrani ishlash resursini 260÷300 soatgacha oshirishi, (ya’ni 5-6 marta) mumkin. Tishni uchini bir vaqtda egovlash va toblash tishni mustaxkamligini oshiradi, natijada nuqsonli tishlarni qaytarilish soni taxminan 2 marta kamayadi. Download 60.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling