Paxta tozalash sanoati mashinalari detallariga termik ishlov berish referat


Download 60.18 Kb.
bet1/4
Sana17.11.2023
Hajmi60.18 Kb.
#1782533
  1   2   3   4
Bog'liq
DETALLARGA TERMIK ISHLOV BERISH


DETALLARGA TERMIK ISHLOV BERISH


Reja:



1. Detallarga termik ishlov berish
2. Jin va linter arralariga termik ishlov berishni o’ziga xos xususiyatlari.
3. Jin va linter arralar tishlariga termik ishlov beruvchi dastgoxni tuzilishi va ishlash tamoyili, asosiy ko’rsatikichlari.

Respublika halq xo’jaligining har xil tarmoqlari uchun tayyorlanadigan detallar, asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalar va mashinalar materlallariga asosan metall va uning qotishmalari kiradi. Ana shu materlallaridan tayyorlanadigan va ishlab chiqarilayotgan ko’pchilik mashina detallarining sifati, ishonchliligi, eyilishga chidamliligi va uzoq ishlash muddati bir necha barobarga oshadi. Ushbu materlallarning tuzilishini o’zgartirish va xossalarini oshirish faqat – termik ishlov berish natijasida amalga oshiriladi.


Paketlarda arralarni termorixtovka qilish. Opravka 1 ga arralar paketi 2 yig’iladi, keyin suyuqlik bilan ishlovchi press yordamida siqiladi va shu xolatda pona 4 bilan qobiq 5 ga qayd qilinadi. Arrali paket metall sig’im 3 ga joylashtiriladi va arra tishlari kuyib ketmasligi uchun chuyan xoklari bilan to’ldirib termik pechkaga solinadi (1- rasm). 5000S gacha istiladi va 9 soat ushlanib, arralar to’g’rilanadi.
Oldingi bosqichdagi qiyshiqlik qiymati 1,5 mm dan 0,41 mm gacha kamayadi.
Paketga yig’iladigan arralar soni pressni quvvatiga va pechkani ishchi sig’imiga bog’liqdir. 50 dona arrani Presslashga 50 tonna kuch sarflanadi.
Arrani donalab ishlashda doimiy isitladigan plita yordamida rixtovka qilinadigan moslamadan foydalanish mumkin. Elektr yordamida ishlaydigan ikkita plita oralig’iga 2 ta arra qo’yiladi va xar bir arraga 500 kg xisobidan yuklanish qo’yilib ushlanadi va xavoda sovitiladi.

1-rasm. Paketlarda arralarni termorixtovka qilish
1-opravka; 2-arralar paketi; 3-metal sigimi; 4-pona; 5- qobiq
Arralarni tekislikdan og’ishini tekshirish. Buning uchun arralar o’z ogirligi ta’sirida 1,2+/-0,02 mm o’lchamli tirqishdan o’tkaziladi. Lekin 70-80% arralar tekislikdan ogish talabiga javob bermaganligi tufayli qo’l yordamida tekislanadi.
Xozirgi zamonda arralarni termik yuli bilan tekislash usuli qo’llanilmoqda. Buning uchun dastlab maxsus (1) opravkada 50 arradan yig’ilgan paket (2) tayyorlanib 50 tonna kuch bilan gidravlik pressda siqiladi va bu xolatda pona (4) bilan maxkamlanadi. Shundan so’ng arralar metall idish (3) ga solinadi va chuyak qirrindilar arra tishlarini ortiqcha qizishidan saqlaydi. Shundan so’ng arralar yashik bilan birgalikda t=500 C temperaturagacha qizdirilib shu temperatiragada 8 soat ushlanadi. Bunday usulda arra qayishqoqligi 1-2,5 mm dan 0,4 mm gacha kamayadi.
Qizish natijasida arra qattiqligini kamayishi Rokvel bo’yicha 2-3 birlikni tashkil etadi.
Arrani donalab doimiy isitilgan plitalar yordamida rixtovka qilish mumkin. Bunda elektr yordamida isitilgan ikkita yuklanish quyilib 400 C gacha qizdirilib ishlanadi va xavoda sovutiladi.
Jin-linter arralarini toblash. Ekspluatatsiya jarayonida arra ediriladi, bu esa o’z navbatida dastgoxni unumdorligini kamaytiradi. SHuning uchun arrani uzluksiz ishlash reglament vaqti o’rnatilgan.
Arra tolali materlallar va paxtadagi qattiq qo’shimchalar bilan ishqalanganda, tishlarni o’tkir qirralari edirilib, tolani ushlash qobiliyati pasayib ketadi. Ayniqsa linter arralarini tirnash qobiliyati tishlarni qirralarini o’tkirligiga bog’liqdir. SHuning uchun arrani ishlash vaqtini reglamenti kamdir.
Yuqorida keitirilgandek arrani tayyorlamasini etkazib beruvchi metallurgiya korxonasi termik ishlov o’tkazadi. Varaqli po’lat rulon ko’rinishida bo’lib, qattiqligi HRC 30÷35 birlik atrofidadir. Arra tishlarini edirilishni kamaytirish uchun uni qattiqiigi (HRC 60÷62) yuqori bo’iishi kerak. Lekin buni imkoni yo’q, chunki arrani tayyorlash texnologiyasi murakkablashib, qimmatlashib boradi.
Metallurgiya korxonalarida oldindan o’tkazligan termik ishlov berish arra po’latini ishlov berish qobiliyatini sezilarni darajada kamaytiradi: shtamplovchi asbobni sarfini oshiradi, rulonli po’latni belgilash arra qiymatini keltirib chiqarish bilan birga sezilarli darajada qoldiq ichki kuchlanishni xosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
SHuning uchun po’latli piltaga termik ishlov bermasdan, to’la mexanik ishlov berilgandan keyin tishni faqat eng ko’p ishqalanuvchi kuchga uchraydigan qismini toblash maqsadga muvofiqdir.
Linterlashda chigitdan kalta tolani tirnab ajratishda asosan tishni uch qismini, taxminan uchdan bir qismi, ya’ni uch tomoni ishtirok etadi. Tishni shu qismini toblash yoki qattiqlash orqali arra diskini uzoq ishlash muddatini sezilarli darajada uzaytirish mumkin.

Download 60.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling